@FizikaTermiz Bahodir Davlatov @FizikaTermiz Bahodir Davlatov - 89 - - 89 - 5. Zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistordan va EYKi 6 V, ichki
qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbaidan tuzilgan. Rezistordagi
kuchlanish tushuvi qancha (V)?
A)4 B)8 C)6 D)10
6. EYKi 3,5 V va ichki qarshiligi 0,5 Ω bo‘lgan tok manbaiga
qarshiligi 3 Ω bo‘lgan rezistor ulangan. Rezistor uchlaridagi
kuchlanish nimaga teng (V)?
A)3 B)3,5 C)0,5 D)2,5
7. Elektr yurituvchi kuchi 3 V va ichki qarshiligi 0,6 Ω bo‘lgan
batareyaning qisqichlarini qarshiligi juda kichik bo‘lgan metall
o‘tkazgich bilan tutashtirsak, undan qanday tok kuchi o‘tadi (A)?
A)0,3 B)0,6 C)0,2 D)5
8. Quyidagi qaysi qatorda faqat vektor kattaliklar keltirilgan?
A)maydon kuchlanganligi, EYK, tok kuchi
B)kuch, maydon kuchlanganligi, tok zichligi
C)kuch, EYK, maydon kuchlanganligi
D)kuch, tok kuchi, tok zichligi
9. Quyidagi qaysi qatorda, faqat skalyar kattaliklar keltirilgan?
A)tok kuchi, EYK, zaryad
B)tok kuchi, tok zichligi, maydon kuchlanganligi
C)kuchlanish, zaryad, tok zichligi
D)zaryad, maydon kuchlanganligi, kuchlanish
10. Elektr yurituvchi kuchi 12 V, ichki qarshiligi 1 Ω bo‘lgan
o‘zgarmas tok manbaiga qarshiligi 2 Ω bo‘lgan rezistor ulangan.
Manbadan o‘tayotgan tok kuchini hisoblang (A).
A)12 B)4 C)6 D)3
11. Akkumulyatorga ulangan reostatning qarshiligi
akkumulyatorning ichki qarshiligiga teng. Agar reostat qarshiligi
uch marta kamaytirilsa, undagi kuchlanish necha marta kamayadi?
A)2 B)4 C)1,5 D)3
12. EYKi 10 V bo‘lgan tok manbaiga ulangan 4 Ω li tashqi
qarshilikdagi kuchlanishning tushuvi 8 V bo‘lsa, manbaning ichki
qarshiligini toping (Ω).
A)0,5 B)1 C)1,5 D)2
13. Ichki qarshiligi r bo‘lgan tok manbaiga qarshiligi R=r bo‘lgan
o‘tkazgich ulangan. Agar bu o‘tkazgichga xuddi shunday o‘tkazgich
parallel ulansa, R o‘tkazgichdagi tok kuchi qanday o‘zgaradi?
A)2 marta kamayadi B)1,5 marta kamayadi
C)1,5 marta ortadi D)2 marta ortadi
14. Elektr zanjirning tashqi qarshiligi manbaning ichki qarshiligidan
4 marta katta. Agar manbaning EYK 12,5 V bo‘lsa, tashqi
qarshilikdagi kuchlanishning tushuvini aniqlang (V).
A)10 B)2,5 C)8 D)7,5
15. Elektr yurituvchi kuchi 10 V va ichki qarshiligi 0,2 Ω bo‘lgan
manba qarshiligi 4,8 Ω bo‘lgan o‘tkazgichga ulandi. O‘tkazgichdagi
kuchlanishning tushuvini aniqlang (V).
A)1 B)2,8 C)4,8 D)9,6
16. Zanjirning tashqi qarshiligi ichki qarshiligidan 2 marta katta
bo‘lsa, EYK ε ga teng bo‘lgan manbaning qutblaridagi kuchlanish
nimaga teng?
A)ε B)ε/3 C)ε/2 D)2ε/3
17. Tok manbai qisqa tutashtirilganda 25 A tok hosil bo‘ldi.
Manbaning elektr yurituvchi kuchi 25 V bo‘lsa, uning ichki
qarshiligi toping (Ω).
A)0,5 B)0,05 C)0,2 D)1
18. Manbaning elektr yurituvchi kuchi 1,1 V bo‘lib, undagi qisqa
tutashuv toki 5,5 A ga teng. Ushbu manba 1,8 Ω tashqi qarshilikga
ulanganda, zanjirdagi tok kuchi aniqlansin (A).
A)0,5 B)0,2 C)0,55 D)4,95
19. Elektr yurituvchi kuchi 12 V, ichki qarshiligi 4 Ω bo‘lgan tok
manbai va reostatdan iborat zanjirdagi tok kuchi 0,6 A. Reostatning
qarshiligi 2 marta kamaytirilsa, tok kuchi qancha (A)?
A)1 B)0,9 C)1,2 D)0,75
20. Elektr yurituvchi kuchi 33 V va ichki qarshiligi 1,5 Ω bo‘lgan
manbaga qanday qarshilik (Ω) ulanganda, zanjirdagi tok kuchi 2 A
ga teng bo‘ladi?
A)13,5 B)15 C)135 D)1,35
21. O‘quvchi tok manbaining EYK va ichki qarshiligini aniqlash
uchun tashqi zanjirning ikki xil qarshiligida quyidagi natijalarni
oldi: U
1
=4 V, U
2
=3,5 V, I
1
=1 A, I
2
=1,5 A. Tok manbaining EYK
(V) va ichki qarshiligi (Ω) nimaga teng?
A)6; 0,5 B)4; 4 C)3,75; 1,25 D)5; 1
22. Tok manbai tashqi zanjirga ulangandagi tok kuchi qisqa
tutashuv tokidan 10 marta kichik bo‘lsa, tashqi zanjirdagi
kuchlanish EYK ning qancha qismini tashkil etadi?
A)0,2 B)0,4 C)0,9 D)0,8
23. Ichki elektr qarshiligi 2240 Ω bo‘lgan voltmetr elektr
tarmog‘iga ulanganda, 220 V kuchlanishni ko‘rsatdi. Voltmetrga
qanday qarshilik (Ω) ketma – ket ulansa, u 112 V ni ko‘rsatishini
aniqlang.
A)1120 B)1700 C)2100 D)2160
24. Elektr yurituvchi kuchi 5 V, ichki qarshiligi 0,5 Ω bo‘lgan
akkumulyatorga qarshiligi 19,5 Ω bo‘lgan lampochka ulangan.
Qisqa tutashuv ro‘y bersa, tok kuchi qanchaga teng bo‘ladi (A)?
A)4 B)0,1 C)1 D)10
25. Elektr yurituvchi kuchi 1,5 V bo‘lgan elementga 2 Ω li qarshilik
ulanganda, 0,5 A tok hosil bo‘ldi. Element qisqa tutashtirilgandagi
tokning maksimal qiymatini toping (A).
A)3 B)1,5 C)0,5 D)4,5
26. C/s birlikni javobda keltirilgan birliklarning qaysi birining
o‘rniga ishlatish mumkin?
A)V B)V/m C)V/Ω D)V·m
27. Sxemadagi 1 – va 2 – nuqtalarga ulangan
voltmetr nimani o‘lchaydi? (R>r)
A)elementning EYK ni
B)R qarshilikdagi tok kuchini
C)ichki qarshilikdagi kuchlanishni
D)R qarshilikdagi kuchlanishni
28. Uchta tok manbai va ikkita rezistordan
rasmda ko‘rsatilgandek zanjir tuzildi. Agar
R=12 Ω, r=1,5 Ω bo‘lsa, zanjirning umumiy
qarshiligini toping (Ω).
A