91. Elektromagnit induksiya qonuni. Induksion EYK 1. Kuchlanish birligi Voltning o‘rniga javoblarda keltirilgan
birliklarning qaysi birini ishlatsa bo‘ladi?
A)Vb/s B)Vb C)H/s D)H·s
2. Metalldan yasalgan halqa ichiga magnit janubiy qutbi bilan
kiritila boshlaganda, halqa magnitga tortiladimi, itariladimi?
A)tortiladi B)tortilmaydi ham, itarilmaydi ham
C)itariladi D)tortilishi ham, itarilishi ham mumkin
3. Magnitning shimoliy qutbi o‘tkazgich halqaga kiritilayotganda,
halqa magnitga tortiladimi, itariladimi?
A)tortiladi B)tortilmaydi ham, itarilmaydi ham
C)itariladi D)magnitning halqaga kitish tezligiga bog‘liq
4. O‘ramlar soni 75 ta bo‘lgan tokli g‘altakda induksiya EYKi 60 V
bo‘lsa, magnit induksiya oqimining o‘zgarish tezligi nimaga teng
(Vb/s)?
A)0,75 B)0,8 C)1,33 D)0,48
5. Konturni kesib o‘tuvchi magnit oqimi 2 s da bir tekisda 22 dan 2
Vb gacha kamaydi. Konturda hosil bo‘lgan induksiya EYK ni
toping (V).
A)10 B)8 C)4 D)2
6. Sim ramka bir jinsli magnit maydonda aylanmoqda. Induksiya
EYKi nolga teng bo‘lganda, magnit induksiya chiziqlari ramka
tekisligiga nisbatan qanday joylashgan bo‘ladi?
A)perpendikulyar B)parallel C)30º li D)45º li
7. 1 Ω qarshilikka ega bo‘lgan sim ramka bir jinsli magnit
maydonda aylantirilganda, ramkani kesib o‘tuvchi magnit oqimi
Φ=0,5cos60t (Vb) qonun bo‘yichi o‘zgaradi. Ramkada hosil
bo‘ladigan tokning maksimal qiymati qancha (A)?
A)60 B)30 C)6 D)0,1
8. Magnit oqimining o‘zgarish tezligi 0,24 Vb/s bo‘lganda,
g‘altakda 60 V elektr yurituvchi kuch hosil bo‘lsa, g‘altakdagi
o‘ramlar soni qancha?
A)300 B)250 C)260 D)200
9. Uzunligi 0,2 m bo‘lgan to‘g‘ri o‘tkazgich magnit maydonni 30º
burchak ostida 6 m/s tezlik bilan kesib o‘tadi. O‘tkazgichda
induksiyalanuvchi EYK 3,6 V teng bo‘lsa, maydonning magnit
induksiyasi qanday bo‘ladi (T)?
A)6 B)2 C)3 D)4
10. Magnit induksiyasi oqimining o‘zgarish tezligi 40 mVb/s
bo‘lganida g‘altakda uyg‘onuvchi EYK 12 V bo‘lsa, g‘altakdagi
o‘ramlar soni qancha bo‘ladi?
A)200 B)300 C)2500 D)2000
11. Elektr qarshiligi 10
–2
Ω bo‘lgan kontur orqali o‘tuvchi magnit
oqimi 1 s da 2,4·10
–2
Vb ga tekis o‘zgarganda konturda hosil
bo‘ladigan tok kuchini toping (A).
A)0,6 B)2,4 C)0,1 D)1,2
12. Uchta to‘g‘ri magnit vertikal ravishda bir xil balandlikdan
tushmoqda. 1 – magnit erkin tushadi, 2 – magnit tushayotib ochiq
(uchlari o‘zaro ulanmagan) solenoiddan o‘tadi, 3 – magnit berk
(uchlari o‘zaro ulangan) solenoiddan o‘tadi. Magnitlarning tushish
vaqtlarini taqqoslang.
A)t
1
=t
2
=t
3
B)t
1
=t
2
3
C)t
1
2
3
D)t
1
2
=t
3