@FizikaTermiz Bahodir Davlatov @FizikaTermiz Bahodir Davlatov - 114 - - 114 - 28. Sindirish ko‘rsatkichi 2 bo‘lgan muhitdan absolyut sindirish
ko‘rsatkichi 1,5 bo‘lgan muhitga o‘tishda yorug‘likning to‘lqin
uzunligi qanday o‘zgaradi?
A)3 marta kamayadi B)3 marta ortadi
C)4/3 marta kamayadi D)4/3 marta ortadi
29. Nurning sinish burchagi tushish burchagidan katta bo‘la
oladimi?
A)hamma holda katta bo‘ladi
B)nur optik zichligi kichikroq muhitdan optik zichligi kattaroq
muhitga o‘tsa
C)nur vakuumdan muhitga o‘tsa
D)nur optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichikroq muhitga
o‘tsa
30. Yorug‘lik nuri α burchak ostida ikki muhit chegarasiga
tushganda, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga
nisbati n ga teng. Agar tushish burchagini 4 marta oshirsak shu
nisbat qanday bo‘ladi?
A)n/2 B)n C)2n D)
n
2
31. Yorug‘lik nurining ikki muhit chegarasiga tushish burchagi α
bo‘lganda, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga
nisbati n ga teng bo‘ladi. Agar tushish burchagi ikki marta kamaysa,
bu nisbat nimaga teng bo‘ladi?
A)2n B)
n
2 C)n D)n/2
32. Yorug‘lik nuri optik zichligi kichikroq bo‘lgan bir muhitdan
optik zichligi kattaroq bo‘lgan ikkinchi muhitga sinib o‘tsa…
A)sinish burchagi tushish burchagidan kattaroq bo‘ladi
B)sinish burchagi tushish burchagidan kichikroq bo‘ladi
C)sinish burchagi tushish burchagiga teng bo‘ladi
D)javob tushish burchagiga bog‘liq
33. Havoda to‘lqin uzunligi 600 nm bo‘lgan yorug‘lik nurining
shishadagi to‘lqin uzunligi qancha (nm)? Shishaning sindirish
ko‘rsatkichi 1,5 ga teng.
A)400 B)300 D)150 D)200
34. Yorug‘lik to‘lqini qandaydir vaqt davomida vakuumda 45 cm
masofa o‘tsa, biror suyuqlikda shuncha vaqtda 30 cm masofani
o‘tadi. Bu suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi nimaga teng?
A)1,1 B)1,5 C)1,4 D)1,3