Diskretlashtirish - bu muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida
qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash qadamini doimiy qilishga harakat
qilinadi.
Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz qiymatlarini X
n
diskret
qiymatlarning to‘plami bilan almashtirish hisoblanadi. Kattalikning uzluksiz
qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan
almashtiriladi.
Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda ifodalangan sonli
qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o‘lchash asbobining asosiy xatolik
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o‘ziga
yarasha xatoliklar kiritadi.
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o‘lchash asboblarining
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.
1.5. Nazorat savollari, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar uchun topshiriqlar Nazorat savollari 1. O‘lchash vositasiga ta’rif keltiring.
2. O‘lchash vositalarning qanday turlari bor?
3. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday?
4. Raqamli o‘lchash asboblarda o‘lchash signalini qanday o‘zgartirishlar
qilinadi?
5.
Raqamli o‘lchash asboblarining ishlashini tushuntiring.
6.
Raqamli va analogli o‘lchash asboblari nima bilan farqlanadi?
7.
O‘z sohangizga tegishli, zamonaviy o‘lchash tizimlari haqida nimalarni
bilasiz?
8.
Sun’iy ong (intellekt) deganda nimani tushunasiz?
9.
Zamonaviy o‘lchash tizimlarini qanday tasavvur qilasiz?
26
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini o‘rganish va ularni hisoblashga
oid masalalar yechish.