B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

2.
 
Amaliy dasturlovchilar yuqori malakaga ega bo‘lib, loyihalash 
metodologiyasi va algoritmlar bilimlari bo‘yicha maxsus DT ini, umumiy DT idan 
foydalanib yarata oluvchilar hisoblanadi.
 
3.
 
Loyihalovchilar – loyihalash sohasi mutaxassislari hisoblanib, ALT ning 
imkoniyatlaridan foydalanib, avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaradilar.
 
ALT larni DT ni yaratish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1.
Xotira hajmini iqtisod qilish va dastur bajarilishining tezkorligigi qarab 
olinadigan samara; 
2.
 
Ishlatilishga qulayligi;
 
3.
 
Ochiqligi;
 
4.
 
Mobilniyligi (mobilniy deb shunday dastur vositalariga aytiladiki, bu 
dasturlarni boshqa turdagi EHM ga o‘zgartirishsiz o‘tkazish mumkin bo‘ladi);
 
5.
 
Kuzatib borish uchun qulay vositalar borligi (kuzatib borish deb DT ni 
doim ishchan holda saqlab turishga va yangi modifikatsiyalarni kiritish jarayoniga 
aytiladi);
 
6.
 
Puxtalik va to‘g‘rilik.
 
DT dagi maxsus xususiyatlar deb, yaratilayotgan vositaga bo‘lgan talablardan 
tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Maxsus xususiyatlar ekspluatatsion va funksional 
bo‘lishi mumkin. Ekspluatatsion maxsus xususiyatlar DT ning tezkorligi, sarf 
qilingan xotira, puxtalik, kerakli texnik vositalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. 
Funksional maxsus xususiyatlar matematik va texnik xarakterga ega bo‘lishi 
mumkin. Matematik va texnik xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Matematik maxsus 
xususiyatlar hisoblash jarayonlarini aniqlaydi. ALT lar uchun texnik xarakterdagi, 
ya’ni loyihalanilayotgan obyektni ishlash qobiliyatini, uning tezkorligini va 
murakkabligini aniqlovchi maxsus xususiyatlar ham muhim hisoblanadi. 
Yaratilgan 
dastur, 
matematik 
xarakterdagi 
maxsus 
xususiyatlarni 
qanoatlantiruvchi algoritmlarni xatosiz bajara olsa, bu dastur to‘g‘ri deyiladi. Agar 
dastur texnik xarakterdagi maxsus xususiyatlarni qanoatlantirsa bu puxta deyiladi.


407 
ALT ni dastur ta’minoti, ish jarayonida doimo yoki vaqti-vaqti bilan 
ishlatiladigan dasturlar yig‘masidan iborat. DT ikki qismdan iborat: tizimli va 
amaliy 
Tizimli dasturlash – bu, EHM ishlash jarayonini ta’minlash uchun, EHM turli 
tuzilmalari ishlashini tartibga soluvchi, EHM bilan foydalanuvchi orasidagi 
muloqatni tashkil etuvchidir. U foydalanuvchiga yangi dasturlarni ishlab chiqish 
uchun yordamni ta’minlash va boshqa funksiyalarni bajarish uchun zarur. Bu EHM 
apparat vositalarini davom etuvchisidir. Ichki tizimli matematik ta’minotni 
funksional ta’minlovchini, ishlatilishi bo‘yicha va ishlatiladigan uslublar bo‘yicha
ikki tizimga bo‘lish mumkin: operatsion va dasturlash tizimi. 
Operatsion tizim – nosoz qismlar diagnostikasi, foydalanuvchi topshirig‘i 
bo‘yicha masalalar echimini rejalashtirish, xotirada saqlash, protsessorlar, kanallar, 
pereferiy qurilmalar kabi tizim zahiralarini taqsimlash kabi boshqaruv dasturlari 
yig‘masidir. Operatsion tizim quyidagi masalalarni echish uchun mo‘ljallangan. 
Operatsion tizim quyidagilarga mo‘ljallangan: 
1)
bir masaladan ikkinchi masalaga avtomatik holda o‘tkazish imkoniyatini 
oshirish, zahiralar tizimidagi bir necha masalalar bo‘yicha zaxiralarni samarali 
taqsimlash, kirgizish, chiqarish operatsiyalarini bajarish; 
2)
tizimni echimga ta’sirini kamaytirish (natijasini olish va ishlov berish 
vaqtlari), bu esa inson bilan EHM orasidagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri avtomatik aloqalarni 
o‘rnatish va olingan natijalarga ishlov berishni boshqarishni cheklash bilan amalga 
oshiriladi. 
3)
dastur tuzuvchiga EHM ni ishlatishdagi yordam , bu esa ko‘p ishlatiladigan 
dasturlarga oson kirish uchun til vositalari bilan muloqat qilish tizimi orqali 
erishiladi. 
4)
moslashuvchanlik - ishlatish doirasini kengaytirish yo‘nalishida tizimni 
tartibli o‘sishi va moslashuvchanligini ta’minlaydi, bu esa operatsion tizimni 
modulli tuzish va dasturlashni turli vositalar mavjudligi orqali ta’minlanadi.
Hozir foydalanuvchi dasturi operatsion tizimga murojaatni o‘z ichiga oladi. 
Buning uchun esa operativ (tezkor) xotirada saqlashni xajmi zarur. 


408 
Dasturlash tizimi – bu dasturlarni yo‘lga qo‘yish va loyihalashni 
avtomatlashtirishni taminlovchi vositalarning yig‘masi. Bu dasturlash tillari, biror 
bir algoritmik tilda yozish translyatorlari, maxsus dastur texnik dasturlarni 
avtomatik o‘tkazish,sintaktik xatolarni aniqlash va bosish uchun yordamchi 
dasturlar, standart dasturlar kutubxonasidir. Ko‘p xollarda kutubxonaga - 
redaktorlangan dasturlar, ko‘p ishlatiladigan son uslublari va algoritm dasturlari, 
matritsadagi murojaat, tizimli chiziqli-differensial tenglamalar echimi, nochiziq 
integral, differensial tenglamalarni sonli echimi, funksiyaning ekstremalini 
aniqlash va boshqalar kiradi.
Tizimli dastur tuzish orqali hisob texnikasi vositalarini samarali ishlatish 
bo‘yicha sharoit yaratishadi, lekin foydalanuvchi qo‘ygan masalalarini aynan echib 
beradi. Bular yordamchi dasturlar, ya’ni aniq masalalarni echishga qaratilgan 
dasturlardir. 
Berilganlarni qayta ishlash asosini alohida dasturlar emas, balki amaliy 
dasturlashni ishlatish va aniqlash uchun zarur hujjatlar bilan birgalikdagi dasturlar 
majmuasidir. 
Qayta ishlovchi dasturlar dasturli-amaliy dasturlashni EHMda ishlatish uchun 
tayyorlashga xizmat qiladi va berilgan dasturlarni uzatish, ular tekshirish va 
kiritishni o‘z ichiga oladi. Berilgan dasturlar algoritmik tillarning birida yozib 
olinadi va loyiha dasturidan mashina tiliga o‘tkaziladi. 
Operatsion tizim dasturlaridan farqli foydalanuvchi dasturlari amaliy yoki 
muammoli dasturlar deb ataladi. Demak, operatsion tizimga nisbatan ALT ning 
maxsus dasturlash ta’minotining hamma dasturlari amaliy hisoblanadi. 
Operatsion tizim ikki gurux dasturlarini o‘z ichiga oladi: 
1) qayta ishlovchi dasturlarni tayyorlovchi tizimni yoki tashqi dasturlash 
ta’minotini o‘z ichiga oladi; 
2) boshqaruvchi dasturlarni bajarish guruxini yoki ichki dasturlash ta’minotini 
o‘z ichiga oladi. 


409 
Maxsus DT 
DT ning strukturaviy sxemasi: 
Haqiqiy modul 
Kutubxona moduli 
Ishchi dastur
.
7.8-rasm. DT ning struktura sxemasi 
Mavjud operatsion tizim universal (har tomonlama), ya’ni turli masalalarni 
yechishga qaratilgan hisoblanadi. Ko‘p ishlatiladigan masalalar - bu iqtisodiy 
axborotga ishlov beruvchi masalalardir. Lekin bunday universallik tizimlarni aniq 
belgilangan masalalarni echishdagi optimallik nuqtai- nazardan uzoqlashtiradi. Bu 
ma’noda mavjud operatsion tizim ALT da ishlatish uchun optimal hisoblanmaydi. 
ALT T ning umumiy dasturiy ta’minlashni yaratish uchun ikki xil amaliy
imkoniyati bor: 
1. Universal OT (operatsion tizim) o‘rniga muammoni echishga qaratilgan 
OTni tuzish; 
2. Ierarxik satxdagi qurilgan universal OTni dasturli ta’minlashni, eng yuqori 
satxda va keyingi satxlarda bo‘ysingan «kiritilgan» OTlarda ishlatish. 
Умумий ДТ
Operatsion tizim 
Boshqaruvchi tizimlar 
Ishlov beruvchi dasturlar 
Dasturli-amaliy dasturlash 

Kompilyator dasturlar 
Kutubxona moduli 


410 
Birinchiga yondashishda quyidagicha yondashish mumkin: 
a) OT ishlashi uchun ketadigan xotira sarf-xarajatlarini va FIK ni oshirish; 
b) OT taqdim etgan va masalalarni boshqarishdagi til vositalarida ko‘rsatilgan 
xizmatlar turi va hajmini optimallashtirish;
d) loyihachilarga zarur bo‘lgan avtomatik ish joylariga mulьti yondashishni 
amalga oshirish.
Lekin bunday yirik va universal bo‘lgan operatsion tizimni narxi juda kata. 
Shuning uchun bunday paytda ikkinchi yondashuv qo‘llaniladi, bu xolda universal 
OT da taqdim etilayotgan hamma xizmatlar va imkoniyatlar saqlanib qolinadi, bu 
esa ALT da uchrab turadigan nostandart holatlarda qulaydir. ALT uchun taalluqli 
bo‘lgan umumiy dasturlash ta’minoti talablari ALT monitor tizimini – «kiritilgan» 
OT yaratishda qoniqtiriladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin