B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 
5.5
 
Holat, ko‘chish va sath datchiklari 
Fizikaviy obyektlarning holati va ularning ko‘chishlarini aniqlash ko‘pgina 
avtomatlashtirilgan tizimlarning asosiy funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. U amalda 
barcha transport oqimini boshqaradigan avtomatlashtirilgan tizimlar, qo‘riqlash 
tizimlari uchun zarur, usiz birorta ham robot ishlay olmaydi. Fizikaviy obyektning 
holatini aniqlash 
deganda uning berilgan nuqtaga nisbatan koordinatalarini 
(chiziqli yoki burchak) topish tushuniladi. Obyektlarning 
ko‘chishi 
deganda 
ularning bir holatdan birinchi holatdan ma’lum bir masofada yoki ma’lum bir 
burchak ostida joylashgan ikkinchi holatga siljishi tushuniladi. Boshqacha qilib 
aytganda, ko‘chish har doim obyektning boshlang‘ich holatiga nisbatan aniqlanadi.
Ikkita obyekt o‘rtasidagi xavfli masofalarni aniqlash uchun odatda 
yaqinlashish 
detektorlari qo‘llaniladi. Bunday detektorlar, mohiyatiga ko‘ra, 
obyektning holati datchiklari bazasida amalga oshirilgan ostona qurilmalari bo‘lib 
hisoblanadi. Holat datchigi – bu, qoidaga ko‘ra, uning chiqish signallari obyekt 
bilan tayanch nuqta o‘rtasidagi masofaga mos keladigan chiziqli qurilma bo‘lib 
hisoblanadi. Yaqinlashish detektorlari anchagina oddiy qurilmalar bo‘lib 
hisoblanadi, ularning chiqishida signallar faqatgina obyektgacha bo‘lgan masofa 
kritik bo‘lgan holatda paydo bo‘ladi. Masalan, avtomatlashtirilgan tizimlarning 


266 
ko‘pgina robotlari va harakatlanuvchi mexanizmlarida juda oddiy, biroq juda 
ishonchli yaqinlashish datchigi – oxirgi o‘chirgich qo‘llaniladi, uning tarkibiga bir 
juft yoki normal tutashgan, yoki normal ajratilgan kontaktlar kiradi. Obyekt 
harakatlanganda bu kontaktlarni mexanik tarzda tutashtirsa yoki ajratsa, oxirgi 
o‘chirgich boshqarish qurilmasiga signal yuboradi. Bu signal obyekt o‘zining 
oxirgi holatiga etib kelganligini ko‘rsatadi. Biroq kontaktli o‘chirgichlar bir qator 
kamchiliklar – harakatlanuvchi obyektlarga ko‘rsatiladigan yuqori mexanik 
yuklama, gisterezis va hokazolarga ega.
Ko‘chish detektorlari ko‘pincha ular uchun harakatlanayotgan obyektlarni 
topish – signalni qayta shakllantirish jarayonining bir nechta bosqichlaridan biri 
bo‘lib hisoblanadigan murakkab datchiklar tarkibiga kiradi. Bunday tarkibli qayta 
shakllantirgichga bosim datchigi misol bo‘la oladi, unda bosim diafragmaning 
siljishiga olib keladi, diafragmaning siljishi esa, o‘z navbatida, chiquvchi elektr 
signalining o‘zgarishini chaqiradi. Keltirilgan misolardan ko‘rinib turibdiki, 
ko‘chish datchiklari faqatgina o‘zlari mustaqil tarzda qo‘llanilib qolmasdan, 
boshqa ko‘plab detektorlarning tarkibiga ham kiradi.
Aksariyat holat va ko‘chish datchiklari statik qurilmalar bo‘lib hisoblanadi, 
ularning tezkor ishlashi, qoidaga ko‘ra, tizimning ishchi tavsiflariga o‘z hukmini 
o‘tkazmaydi. Biroq bunday datchiklarni ishlab chiqaruvchilar hujjatlarda maksimal 
reaksiya ko‘rsatish tezligining kattaligini ko‘rsatadilar.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin