B. A. Nazarbayeva


Potensiometrik datchiklar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Potensiometrik datchiklar. 
Bu datchiklar reagentning konsentratsiyasi 
elektrokimyoviy yacheykaning elektrod-elektrolit chegarasida sodir bo‘ladigan 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining muvozanatiga asoslanadi. Bu chegarada 
elektr potensiali quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin bo‘lgan kimyoviy reaksiya 
tufayli vujudga keladi: 
Ox + Ze = Rel
(5.36) 
Bunda 
Ox – 
oksidlovchi, 
Rel – 
qaytaruvchi. 


321 
Bu reaksiya elektrodlardan birida bo‘lib o‘tadi (berilgan holatda – katodda) va 
yacheyka yarmining reaksiyasi deb ataladi. Termodinamik kvazimuvozanat 
sharoitlarida Nernst tenglamasini qo‘llash mumkin: 
E = 

(5.37) 
Bunda 
va 
- qaytaruvchi va oksidlovchining konsentratsiyalari;
- elektronlar soni; 
G‘ 
– Faradey doimiysi; - gaz doimiysi
T – 
absolyut harorat; 
- elektrodning boshlang‘ich potensiali.
Potensiometrik datchiklarda reaksiya bir paytning o‘zida ikkita elektrodda 
bo‘lib o‘tadi. Biroq tahlil qilinadigan reagentlar ulardan faqatgina bittasida ishtirok 
etadi. 
Konduktometrik datchiklar. 
Elektrokimyoviy o‘tkazuvchanlik datchiklari 
elektrokimyoviy yacheykadagi elektrolitning o‘tkazuvchanligining o‘zgarishini 
o‘lchaydi. Elektrokimyoviy datchiklarning impedansi sig‘imli bo‘lishi mumkin, bu 
elektrodlarning qutblanishi va ionlarning tashib o‘tilishi bilan bog‘lanadi. 
Gomogen elektrolitik eritmalarda 
G
elektrolitning o‘tkazuvchanligi (Om) 
elektr maydoni bo‘ylab elektrodlar o‘rtasidagi 
L
masofaga teskari proporsional va 
elektr maydoniga perpendikulyar bo‘lgan elektrokimyoviy yacheykaning 
A
bo‘ylama kesimiga proporsional bo‘ladi: 
G = 

(5.38) 
Bunda (Om
1

sm
-1
) – elektrolitning solishtirma o‘tkazuvchanligi, ionlarning 
zaryadlarining konsentratsiyasi va kattaligi bilan belgilanadi. Elektrolitning 
solishtirma o‘tkazuvchanligining mol/l yoki boshqa har qanday birliklarda 
ifodalanadigan S konsentratsiyaga bog‘lanishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Λ = 

(5.39) 
Bunda β – elektrolitning tavsifi
- cheksmz eritishda elektrolitning 
ekvivalent o‘tkazuvchanligi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin