98
Shuni qayd qilamizki, ushbu sxemaning oxirgi elementi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
harakat qiladigan datchik bo‘lib hisoblanadi.
O‘zgartkichlar tarkibiy datchiklarning bir qismi bo‘lishi mumkin (3.2- rasm).
Masalan, kimyoviy datchik tarkibiga ikkita o‘zgartkich kirishi mumkin, ulardan
biri kimyoviy reaksiyaning energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi, ikkinchisi
– termoelement esa – olingan issiqlikni elektr signaliga aylantiradi. Bu ikkita qayta
o‘zgartkichlarning kombinatsiyasi o‘zida kimyoviy datchikni – kimyoviy
reaksiyaga javob tariqasida elektr signali ishlab chiqaradigan qurilmani taqdim
qiladi. Shuni qayd qilamizki, ko‘rib chiqilgan misolda kimyoviy datchik qayta
o‘zgartkich va yana bitta datchik – harorat datchigidan tashkil topadigan tarkibiy
datchik bo‘lib hisoblanadi. Tarkibiy datchiklarning strukturasiga, qoidaga ko‘ra,
hech bo‘lmaganda bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan datchik va bir nechta
qayta o‘zgartkichlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: