B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Tashqi ta’sir
deganda obyektning miqdoriy tavsifi, uning 
qabul qilish va elektr signallariga qayta shakllantirish zarur bo‘ladigan xossalari va 
xususiyatlari tushuniladi. Ba’zi bir kitoblarda ushbu maqsadlar uchun xuddi 
shunday qiymatga ega bo‘lgan 
o‘lchanadigan kattalik 
atamasidan foydalaniladi, 
biroq bu atamada sensor funksiyasining miqdoriy tavsifiga urg‘u beriladi.
Datchiklarning vazifasi
– ma’lum bir tashqi fizikaviy ta’sirga reaksiya 
ko‘rsatish va uni o‘lchash sxemalari bilan tutashtirish mumkin bo‘ladigan elektr 
signallariga aylantirishdan iborat. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, aytish 
mumkinki, datchik – bu fizikaviy kattalikni (ko‘pincha elektr kattalik bo‘lmagan) 
elektr signallariga aylantiradigan qurilmadir. 
Elektr signali 
deganda elektron 


96 
qurilmalar yordamida o‘zgartirilishi, masalan, kuchaytirilishi yoki uzatuvchi 
liniyalar bo‘ylab uzatilishi mumkin bo‘lgan signal tushuniladi. Datchiklarning 
chiqish signallari kuchlanish, tok yoki zaryad bo‘lishi mumkin, ular quyidagi 
tavsiflar bilan tasvirlanadi: amplituda, chastota, faza yoki raqamli kod. Bu tavsiflar 
jamlanmasi 
chiqish signalining formati 
deb ataladi. Shunday qilib, har bir datchik 
kirish parametrlari jamlanmasi (har qanday fizikaviy tabiatga ega bo‘lgan) va 
chiqish elektr parametrlari jamlanmasi bilan xarakterlanadi.
3.1-rasm.Suv sathini nazorat qilish tizimi 
3.2
 
Datchiklarni qo‘llash doirasi 
Har qanday datchik energiyani o‘zgartkichi bo‘lib hisoblanadi. O‘lchanadign 
kattalikning tipidan qat’iy nazar, tadqiq qilinayotgan obyektdan datchikka energiya 
uzatilishi sodir bo‘ladi. 
Datchikning ishlashi
– bu informatsiyani uzatishning 
o‘ziga xos holatidir, axborotning har qanday uzatilishi esa energiya uzatilishi bilan 
bog‘lanadi. SHu narsa aniq-ravshan ma’lumki, energiya uzatilishi ikkita 
yo‘nalishda sodir bo‘lishi mumkin, ya’ni energiya obyektdan datchikka, yoki 
aksincha, datchikdan obyektga uzatilishi mumkin. Energiya nolga teng bo‘ladigan 
vaziyat alohida holat bo‘lib hisoblanadi, biroq bunday holda aynan ana shunday 
o‘ziga xos holatning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot uzatiladi. Masalan, 


97 
infraqizil harorat datchigi obyekt datchikka qaraganda issiqroq bo‘lganda musbat 
kuchlanish ishlab chiqaradi (infraqizil nurlanish datchik tomonga yo‘naladi), 
obyekt datchikka qaraganda sovuqroq bo‘lganda esa manfiy kuchlanish ishlab 
chiqaradi (infraqizil nurlanish datchikdan obyektga qarab yo‘naladi). Datchik bilan 
obyekt bir xil haroratga ega bo‘lganda infraqizil oqim nolga teng bo‘ladi, va 
chiqish kuchlanishi ham nolga teng bo‘ladi. Bu vaziyatda axborot datchik bilan 
obyektning haroratlari tengligidan iborat bo‘ladi.
Datchik 
tushunchasini 
o‘zgartkich 
tushunchasidan farqlash zarur. O‘zgartkich 
bir tipdagi energiyani boshqasiga konvertatsiyalaydi (yangi, boshqa xolat, sifatga 
aylantirish, o‘zgartirish), datchik esa tashqi ta’sirning har qanday tipidagi 
energiyasini elektr signaliga aylantiradi. O‘zgartkichga misol bo‘lib akustik 
to‘lqinlarni shakllantirish uchun elektr signalni o‘zgaruvchan magnit maydoniga 
konvertatsiyalaydigan ovoz kuchaytirgich xizmat qilishi mumkin. Bu o‘rinda gap 
qandaydir tashqi axborotni qabul qilish to‘g‘risida bormaydi (shuni qayd qilish 
lozimki, agar ovoz kuchaytirgich kuchaytiradigan qurilmaning kirishiga ulansa, u 
xuddi mikrofon kabi ishlaydi. Bu holda uni akustik datchik deb atash mumkin). 
O‘zgartkichlar shuningdek 
yuritmalar 
funksiyasini ham bajarishi mumkin. 
Yuritmani datchikka qarama-qarshi qurilma sifatida ta’riflash mumkin, chunki u 
elektr energiyasini, qoidaga ko‘ra, noelektr energiyaga aylantiradi. Yuritmaga 
misol bo‘lib elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan elektromotor 
xizmat qila oladi.
3.2-rasm. Datchik bir nechta o‘zgartgichlardan tarkib topishi mumkin:
e
1

e
2
, ... – energiyaning har xil turlari.


98 
Shuni qayd qilamizki, ushbu sxemaning oxirgi elementi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
harakat qiladigan datchik bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zgartkichlar tarkibiy datchiklarning bir qismi bo‘lishi mumkin (3.2- rasm). 
Masalan, kimyoviy datchik tarkibiga ikkita o‘zgartkich kirishi mumkin, ulardan 
biri kimyoviy reaksiyaning energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi, ikkinchisi 
– termoelement esa – olingan issiqlikni elektr signaliga aylantiradi. Bu ikkita qayta 
o‘zgartkichlarning kombinatsiyasi o‘zida kimyoviy datchikni – kimyoviy 
reaksiyaga javob tariqasida elektr signali ishlab chiqaradigan qurilmani taqdim 
qiladi. Shuni qayd qilamizki, ko‘rib chiqilgan misolda kimyoviy datchik qayta 
o‘zgartkich va yana bitta datchik – harorat datchigidan tashkil topadigan tarkibiy 
datchik bo‘lib hisoblanadi. Tarkibiy datchiklarning strukturasiga, qoidaga ko‘ra, 
hech bo‘lmaganda bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan datchik va bir nechta 
qayta o‘zgartkichlar kiradi.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin