B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

3.5.9 
To‘yinish
 
Har bir datchik o‘zining ishchi tavsiflarining chegaralariga ega bo‘ladi. U 
hatto chiziqli bo‘lib hisoblangan taqdirda ham, tashqi ta’sirning ma’lum bir 


120 
darajasida uning tashqi signali keltirilgan chiziqli bog‘lanishga javob bera olmay 
qoladi. Bunday holda datchik nochiziqlilik zonasiga yoki to‘yinish zonasiga kirdi 
deyiladi (3.6 rasm). 
3.6.- rasm. To‘yinishga ega bo‘lgan uzatish funksiyasi 
3.5.10
 
Qayta yaratuvchanlik 
Qayta yaratuvchanlik – 
bu datchikning bir xil shart-sharoitlarga amal 
qilinganda bir xil natijalarni bera olish qobiliyatidir. Natijalarning qayta 
yaraluvchanligi datchikning kalibrlashning ikkitassiklida olingan chiqish 
qiymatlarining maksimal farqi bo‘yicha aniqlanadi (3.7A- rasm). U odatda kirish 
signalining (FS) maksimal qiymatidan foyizlarda ifodalanadi: 
δ

=
x 100% (3.17) 
Natijalarning yomon qayta yaralishining sabablari ko‘pincha quyidagilar 
bo‘lib hisoblanadi: issiqlik shovqini, yuzadagi zaryadlar, materiallarning plastikligi 
va hokazolar. 
O‘lik zona – 
bu kirish signallarining ma’lum bir diapazonida datchikning 
sezmasligidir (3.7B-rasm). Bu zona oralig‘ida chiqish signali deyarli o‘zgarmas 
bo‘lib qolaveradi (ko‘pincha nolga teng bo‘ladi). 


121 
3.7.-rasm. A – qayta yaratuvchanlik xatoligi: xuddi o‘sha bitta chiqish signaliga 
turli tashqi ta’sirlar mos keladi. B – uzatish funksiyasidagi o‘lik zon 
 
3.5.11
 
Yechish qobiliyati 
Yechish qobiliyati 
– o‘lchanadigan kattalikning datchik seza oladigan minimal 
o‘zgarishini xarakterlaydi. Tashqi ta’sir o‘lchanadigan qiymatlar diapazoni 
oralig‘ida uzluksiz o‘zgarganda datchiklarning chiqish signallari, hatto shovqinlar 
bo‘lmagan taqdirda ham, har doim ham mutlaqo silliq bo‘lmaydi. Ularda har doim 
unchalik katta bo‘lmagan zinalar ko‘zga tashlanib turadi. Bu ayniqsa 
potensiometrik datchiklarda, hududni nazorat qiladigan to‘rsimon niqobli infraqizil 
datchiklar va ularda chiqish signallari faqatgina tashqi ta’sirning ma’lum bir 
o‘zgarishlarida o‘zgaradigan boshqa qurilmalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunga 
qo‘shimcha ravishda har qanday signalni raqamli kodga aylantirishda uning mayda 
zinalarga bo‘linishi sodir bo‘ladi, bu zinalarning har biriga konkret qiymat to‘g‘ri 
keladi. Kirish signalining ma’lum bir sharoitlarda datchikning chiqish signalida 
minimal zina paydo bo‘lishiga olib keladigan o‘zgarish kattaligi datchikning 
yechish qobiliyati deb ataladi. Masalan, hududni nazorat qiladigan infraqizil 
datchik uchun yechish qobiliyatining quyidagicha ta’rifini berish mumkin: 


122 
“yechish qobiliyati – obyekt 20 sm ga ko‘chganda obyektni 5 m masofadan aniqlay 
olish qobiliyatidir”. Burchaklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan simli 
potensiometrik datchik uchun yechish qobiliyati – bu aytaylik, 0,5
o
ga teng bo‘lgan 
minimal burchakdir. Ba’zan yechish qobiliyati FS to‘liq shkaladan (kirish 
signalining maksimal qiymatidan) foyizlarda aniqlanadi. Masalan, o‘lchanadigan 
kattaliklarning to‘liq diapazoni 270

ga teng bo‘lgan burchaklarni o‘lchash datchigi 
uchun 0,5
o
yechish qobiliyatini G‘S dan 0,181% sifatida taqdim qilish mumkin. 
Shuni qayd qilish lozimki, zinaning o‘lchami o‘lchanadigan kattaliklar 
diapazonining ichida o‘zgarishi mumkin, shu sababli, qoidaga ko‘ra, yechish 
qobiliyati yoki o‘rtacha kattalik sifatida, yoki eng yomon kattalik sifatida 
aniqlanadi. Raqamli chiqish signallariga ega bo‘lgan datchiklarning yechish 
qobiliyati ko‘pincha ma’lumotlarning bit so‘zlar soni bilan beriladi. Masalan, 
tasvirlanishda datchikning yechish qobiliyati 8 bitga teng degan informatsiya 
bo‘lishi mumkin. Bundan yoki kirish signallarining to‘liq diapazonini olish, yoki 
kichik bildiruvchi razryadning kattaligini baholash mumkin. Agar chiqish signalida 
farqlasa bo‘ladigan zinalarni aniqlab bo‘lmasa, u holda datchik 
cheksiz katta 
yechimga ega 
deyiladi. “Cheksiz yechim” atamasi xato bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin