B. A. Nazarbayeva


 Elektr zaryadlari, maydonlar va potensiallar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

4.1. Elektr zaryadlari, maydonlar va potensiallar 
Quruq iqlimda yashaydigan odamlar ko‘pincha ishqalanish yoki gilamda 
yurishdan uchqunlar vujudga kelishi hodisasiga duch keladilar. Bu hodisa 
elektrostatik effekt yoki matolarning bir-biriga ishqalanishi, havoning turbulentligi, 
atmosferaning elektrlanishi va hoazolar tufayli vujudga keladigan elektr 
zaryadlarining ozod bo‘lish jarayoni deb ataladi. Zaryadlarning ikkita turi mvvjud. 
O‘xshash zaryadlar bir-birini itaradi, qarama-qarshi zaryadlar esa – bir-biriga 
tortiladi. Benjamin Franklin (1706-1790) boshqa xizmatlari bilan bir qatorda 
birinchi Amerikalik fizik bo‘lgan. Aynan u zaryadlarning ikkita tipiga nom bergan 
– biri 
musbat
, boshqasi 
manfiy 
zaryad deb atala boshlagan. Bu nomlanishlar 
hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Franklin momaqaldiroq paytida uchadigan 
havo iloni bilan juda ajoyib, atmosferaning elektrlanishi ishqalanish kuchlarining 
ta’siri natijasida paydo bo‘lishini tasdiklaydigan tajriba o‘tkazgan. Tajribani 
o‘tkazish paytida uning judayam omadi kelgan – bu tajribani takrorlashga uringan 
va yashindan olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lgan boshqa bir qancha evropalik 
tadqiqotchilardan farqli o‘laroq – u tirik qolgan.
Elektrostatik effekt zaryadlarning mexanik qayta taqsimlanishi natijasida 
vujudga keladi. Masalan, shisha sterjen ipak mato bilan ishqalanganda uning 
yuzasidan elektronlarning olib ketilishi sodir bo‘ladi va natijada unda musbat 
zaryadlar oshiqcha bo‘lib qoladi, bu uni musbat zaryadlangan qilib qo‘yadi. Shuni 
qayd qilish lozimki, elektr zaryadlari emirilmaydiyam, yaralmaydiyam – ular 
faqatgina bir joydan boshqa joyga ko‘chishi mumkin. Masalan, “manfiy 


137 
zaryadning uzatilishi” degan jumla elektronlar bir obyektdan olinishi va 
boshqasiga ko‘chirib o‘tkazilishini bildiradi, bu – obyektni manfiy zaryadlangan 
qilib qo‘yadi. Elektronlarini yo‘qotgan obyekt musbat zaryadlangan bo‘lib qoladi.
Elektrostatik effekt obyektdagi zaryadlangan zarrachalarning umumiy soniga 
nisbatan elektronlarning unchalik ko‘p bo‘lmagan soni bilan vujudga keladi. Har 
bir obyektda zaryadlarning real soni juda katta bo‘ladi. Buni namoyish qilish 
uchun 1sent qiymatga ega bo‘lgan amerika mis tangasidagi elektronlar sonini 
sanaymiz (to‘g‘ri, hozirgi kunda 1sentlik tangalar rux qotishmasidan quyiladi va 
galvanik usulda mis bilan qoplanadi, biroq 1982 yilgacha ular sof misdan bo‘lgan). 
Tanga 3,1 g og‘irlikka ega, shu sababli uning tarkibiga kiradigan atomlarning 
umumiy soni 2,9 

10
22 
ga teng bo‘lishini tekshirib ko‘rish qiyin emas. Mis 
atomining yadrosi 4,6 

10
18 
Kl musbat zaryadga ega, elektronlar ham huddi 
shuncha – biroq manfiy qutbli zaryadga ega. Tanganing tarkibiga kiradigan barcha 
elektronlarning 
q
yig‘indi zaryadi (4,6 

10
18 
Kl/atom) 

(2,9 

10
22 
atomlar) yoki
1,3 

10

Kl ga teng bo‘ladi, bu juda katta kattalik bo‘lib hisoblanadi. Faqat bitta 
tangadan olingan bunday elektron zaryadi 0,91 A tokning manbai bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin, u 100 vattli lampochkani 40 soat davomida oziqlantirishga etadi.
Elektr zaryadiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra materiallarni uchta guruhga 
ajratish 
mumkin: 
o‘tkazgichlar, dielektriklar va yarim o‘tkazgichlar. 
O‘tkazgichlarda elektr zaryadlari (elektronlar) materialning ichida erkin ko‘chadi, 
dielektriklarda esa ular bunday qila olmaydi. Garchi tabiatda ideal dielektriklar 
mavjud bo‘lmasada, turli materiallarning izolyasion tavsiflari bir-biridan sezilarli 
darajada farq qiladi (masalan, kvars va misda ular 10
25 
marta farq qiladi), shu 
sababli ko‘pgina materiallar juda yaxshi dielektriklar bo‘lib hisoblanadi. Yarim 
o‘tkazgichlar o‘zining elektr zaryadlarini o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 
o‘tkazgichlar bilan dielektriklarning orasida joylashadi. Kpemniy va germaniy eng 
yaxshi yarim o‘tkazgachlar bo‘lib hisoblanadi. Yarim o‘tkazgichlar ma’lum bir 
elementlarning unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdori bilan legirlanganda, ularning 
elektr o‘tkazuvchanligi keskin ortadi, bu maqsadlar uchun ko‘pincha mishyak va 
bor qo‘llaniladi.


138 
4.1A- rasmda 
q
musbat zaryadga ega bo‘lgan obyekt ko‘rsatilgan. Agar bu 
obyektning atrofiga unchalik katta bo‘lmagan musbat test zaryadi kiritilsa, unga 
itaruvchi elektr kuchlari ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Agar obyekt manfiy 
zaryadlangan bo‘lsa, u test zaryadini torta boshlaydi. Itarish yoki tortish kuchini 
vektor formada 

vektor bilan (qora qilib ajratib ko‘rsatish bu kattalik vektor 
kattalik bo‘lib hisoblanishini bildiradi) ifodalash mumkin. Kuch test zaryadiga 
zaryadlar o‘rtasida fizikaviy kontakt bo‘lmaganda ta’sir ko‘rsatishi fakti ularning 
o‘rtasidagi kenglikda 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin