Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti



Yüklə 25,58 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü25,58 Kb.
#139832
  1   2
DETALLARNI JAMLASH (KOMPLEKTLASH) ASOSLARI 7


DETALLARNI JAMLASH (KOMPLEKTLASH) ASOSLARI.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash


muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Akademik texnika fanlari doktori Professor
Yo‘ldoshev Shukrulla Ubaydullayevich


ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada mashinasozlik sohasidagi jarayonlar, Mshinalarning tuzilishi, texnik holatlari va ularning ishlash prinsplari, mexanikasi haqida so‘z yuritilgan. Mashina detallarini jamlash, ularni qo‘llash haqida aytilgan. Mavzu amaliy misollar yordamida asoslangan va tushintirilgan. Sohaga oid atamalar ham izohlangan. Zamonaviy mashinalarda doimiy texnik xizmat ko`rsatish va ularni ta`mirlash, nosoz uzel, mexanizm va detallarni almashtirish, moylash, sozlash kabi jarayonlarni bajarish - majburiy holat, chunki xo`jaliklarda bu mashinalardan butun ish muddati davrida zavoddan chiqarilgandek holatda foydalanish mumkin emas.
KALIT SO‘Z: harakat,detall, ishonchlilik, ko‘rsatkich, sifat, nazorat, mashina, texnika, ishqalanish, yemrilish, usul, yeyilish, ishqalanish kuchi, birlashish,qishloq xo‘jaligi, texnik xavfsizlik, ta’mirlamoq, jarayon.
ABSTRACT: This article talks about processes in the field of mechanical engineering, the structure and technical conditions of machines and their working principles and mechanics. It was told about the collection of machine details and their use. The topic is justified and explained with the help of practical examples. Industry terms are also explained. Regular maintenance and repair of modern machines, replacement of defective components, mechanisms and details, lubrication, adjustment, etc., are mandatory, because these machines cannot be used in farms during their entire working life in the same condition as when they were taken out of the factory.
KEY WORDS: action, detail, reliability, indicator, quality, control, machine, technique, friction, corrosion, method, corrosion, friction force, integration, agriculture, technical safety, repair, process.

Detallarni komplektlash (jamlash) mashinalarni ta'mirlash texnologiyasidagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Komplektlash buyumlarni yig'ish uchun zarur bo‘lgan mos detallarni tanlab butlashdan iborat. Detallarni butlashda quyidagi vazifalar hal etiladi: detallarni, yig'ma qismlarni va butlovchi buyumlarni to‘plash, hisobga olish va saqlash, detallarni nomi va soni bo‘yicha tanlab to‘plash, detallarni o‘lchamlari, vazni va o‘zaro muvozanatlanganligi bo‘yicha tanlash. Dastlabki ikki masala hal etilganda mashinalarni yig'ish uchastkalarini zarur detallar bilan uzluksiz ta'minlash imkoniyati yaratiladi, binobarin buyumlarni ta'mirlash jarayoni bir tekisda boradi.


Detallarni komplektlashda ularni o‘lchamlari bo‘yicha tanlash muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Mashinalarni ta'mirlashda ular uch guruh detallardan yig'iladi: yangi, ta'mirlangan va yeyilgan, lekin keyinchalik yana foydalanishga yaroqli (joiz o‘lchamli) detallar. Bu detallarning hammasida o‘lchamlar turli aniqlikda bo‘ladi, shuning uchun detallarni o‘lchamlari bo‘yicha to‘g'ri tanlab, buyumlarning aniq yig'ilishini ta'minlash ancha murakkab ishdir.
Buyumlarni texnik shartlarga muvofiq aniq va tez yig'ishni osonlashtirish maqsadida detallarni nazorat qilish va tanlashga oid ishlar komplektlash (buyumlarni bekam-ko‘st butlash) deb ataladi. Ma'lumki, mashinalarni ta'mirlashda texnik holati turlicha bo‘lgan (ishlatilgan, lekin keyinchalik yana foydalanishga yaroqli, tiklangan, yangi) detallardan foydalaniladi. Ana shuning uchun ham detallarni komplektlash juda muhim ishdir.
Detallar qator belgilariga qarab: ro‘yxatda ko‘rsatilgan nomlariga (har qaysi yig'ish joyida ishlatiladigan detallar ro‘yxatiga) qarab; o‘lcham guruhlari va ta'mirlash o‘lchamlari bo‘yicha (qo‘shilmalarda zarur tirqish va taranglikni ta'minlash uchun), vazni bo‘yicha (mexanizmlarning muvozanatini ta'minlash uchun); qoldiq ish muddati bo‘yicha (yig'ma qismlarning teng mustahkamligini ta'minlash uchun) tanlanadi. Bu ishlarning hammasi komplektlash bo‘limida amalga oshiriladi. Dvigatellarning ba'zi bir detallari komplektlashda faqat vazni bo‘yicha tanlanadi. Bunday detallarga shatunlar va porshenlar kiradi. Bir dvigatelga o‘rnatiladigan bir xil nomli detallar vaznidagi farq texnik shartlarda ko‘rsatilgan me'yordan oshmasligi kerak.Detallarni komplektlash agregatlar va mashinalarning ayrim qismlarini yig'ishga tayyorgarlik bo‘lib hisoblanadi. Detallarni mashina qismlari va ish joylari bo‘yicha sifatli va o‘z vaqtida komplektlash yig'ish ishlarining sifatli, yig'uvchilar ish unumining yuqori bo‘lishini, ishlab chiqarish siklining tez bajarilishini ta'minlaydi. Ta'mirlash korxonalarida ham yangi, ham ta'mir va joiz o‘lchamli (joiz darajada yeyilgan) detallardan foydalaniladi. Shuning uchun ham detallarni nazorat qilish va tanlash juda zarur ish.
Komplektlashdagi asosiy talab qismlarning aniq yig'ilishini ta'minlashdan iborat bo‘lib, birikmalarning o‘lcham zanjiri texnik shartlarga javob berishi lozim. Bu talablarni quyidagi usullarda bajarish mumkin:
1) to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik usuli. Bu usulda barcha detallarning o‘lchamlari joiz chetlashish chegarasida bo‘lishi lozim. Bu usulni uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida va o‘lcham zanjirlari qisqa (2-3 detallardan iborat) bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi;
2) chala (qisman) o‘zaro almashinuvchanlik usuli.
Bu usul o‘lchamlarning joiz chetlashish chegarasi kengaytirilganda qo‘llaniladi; 3) rostlash usuli. Detallarni yig'ishda yordamchi zveno ishlatiladi. Bu zveno yordamida zarur joiz chetlashish ta'minlanadi. Yordamchi zveno sifatida kiruvchi vtulka, shayba, qistirma kabilardan foydalaniladi;
4) mashinalarni yig'ish. Mashinalarni yig'ish jarayoni muhim ish hisoblanadi va mashinalarni ta'mirlashda, ayniqsa rezbali, taxta- kachlanadigan, oʻqdosh va aylanuvchi birikmalarni yig'ishda ko‘p vaqtni oladi. Birikma bolt, gayka, shplintdan iborat bo‘ladi.
Rezbali birikmalar ma'lum kuch bilan yig'ilishi kerak. Rezbali birikmalarni burab qotirish kuchini aniqlash uchun maxsus asbob dinamometrik (kuch o‘lchagich) kalitlar ishlatiladi.
Komplektlashga yuboriladigan detallar o‘lchamlari, joiz chetla- shishlari va o‘lchamlarning joiz chetlashish chegarasining kengligi jihatidan har xil bo‘ladi. Detallar qator belgilariga: o‘lcham guruhlariga va ta'mir o‘lchamlariga qarab komplektlanadi, bundan maqsad qo‘shilmalarning zarur tirqish yoki taranglik bilan yig'ilishini ta'minlashdan iborat.
Detallarni qo‘shilmalardagi tirqish texnik shartlariga javob beradigan qilib komplektlash kerak. Detallar ta'mir o‘lchamlari va vazni bo‘yicha komplektlanadi:

1) detallarni o‘lchamlari bo‘yicha komplektlash. Masalan, 1-ta'mir o‘lchamli tirsakli val 1 -ta'mir o‘lchamli vkladishlar bilan birga yig'ilishi kerak (bular nominal o‘lchamli, 1, 2, 3 va 4-ta'mir o‘lchamli bo‘ladi). Bundan tashqari, ba'zi detallar joiz chetlashish chegarasi keng qilib tayyorlanadi, shuning uchun ular o‘lcham guruhlari bo‘yicha saralanadi. Masalan, traktor dvigatelining porsheni uchun uchta: M, S, B yoki to‘rtta: M, S, S,, B o‘lcham guruhlari bor. Bu guruhlar o‘zaro 0,02 mm ga farqlanadi. O‘lcham guruhi porshen tubiga tamg'alab yoziladi. Porshen gilza bilan birga komplektlanadi, shu bois gilza uchun ham o‘lchamlar belgilangan. Porshen barmoq bilan komplektlanadi (yig'iladi). Barmoqlarga 0,1, 0,2 yoki 0,3 raqamlari tamg'alanadi;


2) detallar (shatun-porshen guruhidagi detallar) ni vazni boʻyicha komplektlash mexanizmni muvozanat holatda ishlashini ta'minlashda juda muhimdir. Barcha mashina va dvigatellarda aylanadigan detallarbor. Shuning uchun ular titrab va tebranib ishlaydi. Detallar vazni jihatidan muvozanatlanmagan bo‘lsa, titrash va tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Traktor dvigatellarida shatun-porshen guruhi navbatdagi silindrga o‘matiladigan boshqa shunday guruh vaznidan dvigatelning markasi yoki turiga qarab 10-20 g dan ortiq farqlanmasligi kerak;
3) qoldiq ish muddatiga qarab komplektlash;
4) qismlarni yoki mashinalarni yig'ish ish joylari uchun belgilangan detallar ro‘yxati bo‘yicha komplektlash. Bu ishlar maxsus komplektlash uchastkasida bajariladi. Bu uchastka detallarni quyish uchun maxsus uskunalar: stellajlar, tagliklar, koʻchma aravachalar, komplektlash yashiklari va konteynerlar bilan jihozlanadi.
Detallarni tanlashda komplektlash ro‘yxatidan foydalaniladi. Bu ro‘yxatda qism yoki agregatdagi detallar nomeri, nomi va soni ko‘rsatiladi. Tanlashda detallar idishlarga (korzina, yashiklar, komplektlash aravachalariga) solinadi. Bu idishlar detallar komplektini tashish va yig'ish joylarida ishlash uchun qulay bo‘lishi kerak.
Komplektlash bo‘limida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Detallar komplektini ish joyidagi ro‘yxatga qarab tanlash.
2. Detallarni tekshirish va ta'mir o‘lchamlari bo‘yicha tanlash.
3. Detallarni tekshirish va o‘lcham guruhlari bo‘yicha tanlash.
4. Detallarni (shatun-porshen guruhi detallarini) vazni bo‘yicha
tanlash.
5. Filtrlarni tozalash va birikmalarga biroz chilangarlik ishlovi berib, ularni bir-biriga moslash.
6. Shesternyalar komplektini tanlash va chiniqtirish.
7. Komplektlash bo‘limiga keltiriladigan detallarning sifatini
umumiy tekshirish.
8. Komplektlash bo‘limiga keltiriladigan va olib ketiladigan detallarni hisobga olish.
Bu ishlarni bajarish uchun komplektlash bo‘limida mos ish joylari tashkil etiladi. Chilangarlik ishlovini berish-moslash ishlarini chilangarlik-mexanika sexida tashkil qilish mumkin. Bu ishlarni sexda komplektlash bo‘limining ko‘rsatmasi boʻyicha bajarish kerak. Ishlov berib, moslangan detallar komplekti yig'ilgan va belgilangan holda komplektlash bo‘limiga qaytariladi. Komplektlash boʻlimi detallarni va komplektlarni qo‘yish uchun katakli shkaflar (stellajlar) bilan jihozlanadi. Kataklar soni ro‘yxatdagi detallar soniga va ta'mirlash korxonasining ish dasturiga mos bo‘lishi kerak.
Komplektlanadigan detallar uch xil: oddiy, selektiv va aralash usulda tanlanadi.
Oddiy komplektlashda qism yoki agregatning asosiy detaliga, masalan, silindrlar blokiga (yoki silindrlarning gilzalariga) o‘rnatish uchun tanlanadigan porshen diametri gilza-porshen qo‘shilmasida normal tirqish hosil qilish imkonini berishi kerak. Detallarni selektiv tanlashda qo‘shilmadagi ikkala detalning o‘lchamlariga berilgan joiz chetlashishlar maydoni bir nechta bir xil oraliqlarga bo‘linadi, detallar esa shu oraliqlarga binoan o‘lcham guruhlariga ajratiladi. Har qaysi o‘lcham guruhiga haqiqiy o‘lchamlari joiz chetlashishlar maydoni chegaralarida joylashgan detallar kiradi. Qo‘shilmalar detallar o‘lchamiga qarab guruhlarga ajratiladi va albatta raqamlar, harflar, bo‘yoq va boshqalar bilan belgilanishi lozim. Detallar o‘lcham guruhlariga ularning o‘lchamlarini o‘lchab yoki maxsus moslamalar va kalibrlar yordamida tekshirib saralanadi.
Detallarni aralash usulda komplektlashda ikkala usuldan foydalaniladi. Juda muhim qo‘shilmalarning detallari selektiv tanlab, unchalik muhim bo‘lmagan qo‘shilmalarning detallari esa oddiy tanlab komplektlanadi. Ta'mirlash korxonalarida detallarni aralash tanlab komplektlash usuli keng qo‘llaniladi.

Yüklə 25,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin