Detallarni vazni bo‘yicha tanlash. Dvigatel ishlayotgan krivoship- shatun mexanizmi dinamik nomuvozanat holatda bo‘lmasligi uchun bir komplektdagi porshen va shatunlar vazni bir dvigatelga o‘rnatiladigan boshqa porshen va shatunlar komplektining vaznidan juda kam (ko‘pi bilan) farqlanishi lozim. Shuning uchun barcha porshenlar va shatunlar o‘z qopqoqlari, boltlari va vkladishlari bilan birgalikda vazni jihatdan guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh korxonada qabul qilingan belgilar bilan belgilanadi.
Detallarni radial va yonlama tepish qiymatiga, shuningdek shovqinsiz ishlashiga qarab tanlash. Shesternya maxsus valga tig'iz kiygiziladi; val markazlarga yoki prizmaga o‘rnatiladi; shesternya tishlarining orasiga toblangan rolik joylashtiriladi, bu rolik indikator oyoqchasiga tekkizib qo‘yiladi. Rolikni bitta-ikkita tishdan keyin qayta joylashtirib va valni burab, indikatorning ko‘rsatishidagi tafovut aniqlanadi. Shesternyalarning diametrning har 100 mm ga 0,03-0,04 mm radial tepishi ruxsat etiladi. Shesternyalarning yonlama (tores) tepishi indikatorning oyoqchasini tishli gardishning yon sirtiga urintirib, uni 360° ga burib aniqlanadi. Shesternyalar diametrining har 100 mm ga 0,06-0,08 mm yonlama tepishi ruxsat etiladi. Agar tepish qiymati ruxsat etilgan chegara qiymatdan katta bo‘lsa, shponka o‘rnatiladigan ariqchali shesternya almashtiriladi, shlisli shesternyalar esa shu valning o‘zida yangi holatda qayta o‘rnatiladi. Maxsus moslamaga o‘rnatilgan juft shesternyadan eshitiladigan shovqin birdek bo‘lishi kerak. Shovqin o‘zgarsa, shesternyalar noto‘g'ri tanlangan bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. SHishkin V.P., Zakuraev V.V. Osnovы proektirovaniya stanochnыx prisposobleniy. Teoriya i zadachi. Moskva 2010 g.
Bez’yazыchnыy V.F. Raschet rejimov rezaniya. Rыbinsk 2009 g.