B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Kyuri nuqtasidan 
yuqori bo‘lgan haroratda kristallitlarda dipol 
momenti bo‘lmaydi. Piroelektriklarni tayyorlash pyezoelektriklarni ishlab 
chiqarish bilan bir xil bo‘ladi. 
4.12- rasm. Piroelektrik datchik


168 
Nima uchun haroratning o‘zgarishi piroelektrik effektga olib kelishini 
tushuntiradigan bir nechta mexanizmlar mavjud. Haroratning o‘zgarishi alohida 
dipollarning uzayishi yoki kaltarishiga olib kelishi mumkin. Dipollarning 
qaratilishiga ularning haroratning ortishidan qo‘zg‘alishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bu hodisalar 
birlamchi piroelektrlik 
nomini olgan. SHuningdek 
ikkilamchi 
piroelektrlik 
ham mavjud, uni soddalashtirilgan ko‘rinishda pyezoelektrik 
effektning oqibati deb hisoblash mumkin (masalan, issiqlikdan kengayish 
natijasida materialda kuchlanish vujudga kelishi). 4.12-rasmda hajmning har 
qanday nuqtasida bir xil 
T
0
haroratga ega bo‘lgan piroelektrik datchik ko‘rsatilgan. 
Elektr qutblangan bo‘lib qolganidan keyin dipollar shunday qaratilishga ega 
bo‘ladiki, materialning bir tomoni musbat zaryadlangan, ikkinchi tomoni esa – 
manfiy zaryadlangan bo‘lib qoladi. Biroq statsionar sharoitlarda erkin zaryad 
eltuvchilar (elektronlar va tuynuklar) qutblanish natijasida vujudga kelgan 
zaryadlarni neytrallaydi, elektrodlar va piroelektrik bilan hosil qilingan 
kondensator esa razryadlanadi (4.9D- rasm), bu datchikning chiqishida nolinchi 
zaryadning paydo bo‘lishiga olib keladi. Issiqlik sensorga issiqlik nurlanishi 
ko‘rinishida kirib kelishi mumkin, u pastki elektrod tomonidan yutiladi va issiqlik 
o‘tkazuvchanlik mexanizmidan foydalanish bilan piroelektrik bo‘ylab tarqaladi. 
Pastki elektrod ba’zan qoraytirilgan oltin yoki organik bo‘yoqdan tayyorlangan 
issiqlikni yutadigan qatlam bilan qoplanadi. Issiqlikni yutish natijasida sensorning 
pastki qismi qiziydi (uning yangi harorati 
T
ga teng bo‘lib qoladi), bu uning 
kengayishiga olib keladi, va o‘z navbatida datchikning bukilishini chaqiradi. Hosil 
bo‘lgan deformatsiya mexanik kuchlanish vujudga kelganligini, va shundan kelib 
chiqqan holda, dipollarning qaratilishi o‘zgarganligini bildiradi. Sensorning 
materiali ham pyezoelektrik xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli uning 
kuchlangan holati elektrodlarda qarama-qarshi belgili zaryadlarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi piroelektrik effektni 
hodisalarning quyidagi ketma-ketligi bilan tasvirlash mumkin: 
issiqlik nurlanishi 
issiqlikning yutilishi 
issiqlik bilan induksiyalangan 
mexanik kuchlanish elektr zaryadi. 


169 
Hajmiy piroelektrik datchikning 
M
dipol momentini quyidagi ifoda bo‘yicha 
topish mumkin: 
M = μAh
(4.32) 
Bunda μ – hajm birligiga to‘g‘ri keladigan dipol momenti
A
– datchikning 
maydoni, 
h
– uning qalinligi. Elektrodlarda to‘plangan 
Q
a
zaryad mateirallarda 
quyidagi dipol momentining paydo bo‘lishiga olib keladi: 
M

= Q
a
h
(4.33) 
M = M

bo‘lishi mumkin. Shu sababli: 
Q

= μAh
(4.33) 
Harorat o‘zgarishi sababli dipol momenti ham doimiy bo‘lib qolmaydi, bu 
zaryad induksiyalanishiga olib keladi. 
Yutilgan issiqlik miqdorini dipol momentining o‘zgarishi orqali ifodalash 
mumkin, bunda μ 
T
a
haroratga ham, material tomonidan yutilgan issiqlik 
energiyasining 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin