B a yonnomas I



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə14/14
tarix18.05.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#127083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
мурожаатнома педкенагш кенгаш ноябр

Qadrli yurtdoshlar!
Mana, sizlar bilan birgalikda 2023 yil uchun ulkan maqsad va vazifalarni belgilab oldik. Albatta, dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda bu vazifalarni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Lekin biz o‘tgan davrda katta bilim va tajriba to‘pladik. Eng muhimi, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.
Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hyech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz.
Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz.
Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan, barcha sinovlarni mardona yengib, o‘zining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan mard va olijanob, bag‘rikeng xalqimizga yana bir bor ta’zim qilaman.
Barchangizni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yaratganning o‘zi barchamizni, O‘zbekistonimizni panohida asrasin!
Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin