307
Foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va
9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob
schyotidan berilgan ko‘chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal -
orderda yuritiladi.
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida
aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «YAkuniy moliyaviy
natija» schyoti ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona
faoliyatining yakuniy
moliyaviy natijasini shakllanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun
tayinlangan.
YAkuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy
faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan
daromad va favquloddagi foyda summasi qo‘shiladi va shu faoliyatlardan sodir
bo‘lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi.
9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo‘lib
aktiv - passiv
schyotlarga mansubdir. Debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha - korxonaning
foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini
solishtirish yo‘li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
Bir hisobot davrining oxirida 9910- «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining
debet va kredit tomonlari ko‘rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi
hisoblab chiqariladi. Hisoblab topilgan saldo hisobot
davrida soliqqa tortilgunga
qadar bo‘lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko‘rsatadi.
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»,
9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarida
foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni
tuzishda oxirgi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig‘imlar
summasi, ilgari aytilganidek, quyidagicha hisobdan chiqariladi: Dt 9910-
«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha
xarajatlar» yoki Kt 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
308
9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar)
summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi:
Sof foyda summasiga - Dt 9910-«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 8710-
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar
summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
Korxona faoliyatining boshidan yig‘ib kelingan
va hisobot davrida sodir
bo‘lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining
harakati to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-
«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-
«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy
jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo‘lishi
mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin.
Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori
bo‘yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib
tashlangandan qolgan xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatini
boshidan boshlab
olgan sof foydasidir.
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
schyotida
korxonaning
hisobot
yili
bo‘yicha
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan
so‘ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg‘arilgan
foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o‘tkaziladi.
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan
zararlari va to‘langan dividendlari ko‘p bo‘lsa, Debet saldoga ham ega bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg‘arilgan
foydani kamaytirishga o‘tkaziladi: Dt 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan
zarar)», Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)» schyoti.
309
Taqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi.
Bunda
quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
Dt
8710-«Hisobot
davrining
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt
8520-Zaxira
kapitali»
schyoti.
Taqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyoti debetlanib,
6610- «To‘lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. dividendlar to‘langanda,
6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar
kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. pul mablag‘lari bilan yoki 9010-
«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti
- sotish bahosida ishlab
chiqarilgan mahsulot bilan to‘lansa, shu bilan birga natura shaklida to‘langan
mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi»
schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti -
dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining
sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish
uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob
schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko‘chirmasi va boshqa hujjatlar
hisoblanadi. CHorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va
yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: