B sayfullayev



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.01.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#122667
1   2
xrpt 6av8ispnb97mhp0ngxescr18pibrxmsrneoxx7ay58bcnbpvzve2c5ztc1a1dthryxdkse9mcao

UO‘K: 615.89 (575.1) 
KBK 85.3ya722 
Mas’ul muharrir: 
Teshaboy Bayandiyev – san’atshunoslik fanlari doktori, professor 
Taqrizchilar: 
Mamatqul Jо‘rayev – filologiya fanlari doktori, professor; 
Saodat Yо‘ldosheva – filologiya fanlari nomzodi, professor. 
 
ISBN 978–9943–4345‒6‒1 
 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014. 


3
 
Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning 
tarixi, о‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri 
holda tasavvur etib bо‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, 
madaniy boyliklar, kо‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan 
biri bо‘lib xizmat qiladi
1

Islom KARIMOV 
 
 
KIRISH 
Respublikamizda kechayotgan izchil tarixiy jarayonning tadrijiy 
rivoji, xalqimiz salohiyatini yanada takomillashtirish va shaxs ijodiy 
imkoniyatlarini faollashtirishning dolzarb muammolarini kun tartibiga 
qо‘ymoqda. Mustaqillik sharoitidagi yangi tafakkurning umuminsoniy 
ahamiyatga molik istiqbollari milliy istiqlol mafkurasini yaratish, 
jamiyatimizning har bir a’zosi ongiga milliy g‘oyani, chuqur 
singdirish, inson ijtimoiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirish 
borasida islohotlar olib borilmoqda. Binobarin, insonga о‘z ijodiy 
iqtidorining mohiyatini tо‘la namoyon qilish imkoniyati berilmas 
ekan, alohida olingan muayyan shaxs faoliyatida ham, jamiyat 
hayotida ham tanglik holati yuzaga keladi. 
Hukumatimiz milliy qadriyatlarni tiklash, badiiy an’analarni 
taraqqiy ettirish, ayniqsa, teatr san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor 
berib, doimiy rahnamolik qilib kelmoqda. Prezidentimizning 1995-yil 
20-oktabrdagi «О‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoni, 1998-yil
26-martdagi «О‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida»gi 
Farmoni, 1998-yil 22-mayda «О‘zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish 
birlashmasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida»gi Farmoni, 2001-yil 
21-sentabrda «Hamza nomidagi О‘zbek davlat Akademik drama 
teatriga «Milliy teatr» maqomini berish tо‘g‘risida»gi Farmoni,
2012-yil 4-iyundagi «О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat 
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – B.29-30. 


4
institutini tashkil etish tо‘g‘risida»gi Qarori, 2014-yil 22-yanvardagi 
«О‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini 
nishonlash tо‘g‘risida»gi Qarori, shuningdek, 2010-yilda Buxoro 
shahrida qad kо‘targan «Boqiy va navqiron Buxoro» monumenti 
hamda Buxoro davlat teatri yangi binosining ishga tushirilishi 
mamlakatimizda ma’naviy taraqqiyotga davlat miqyosida e’tibor 
qaratilayotganligining yorqin isboti hamda olib borilayotgan 
islohotlarning ijobiy natijasidir.
Bu islohotlar ichida har tomonlama yetuk, barkamol avlodni 
tarbiyalab voyaga yetkazish, ya’ni inson kamoloti va uning ma’naviy-
ma’rifiy tarbiyasi alohida о‘rin tutadi. San’at insonni gо‘zalikka 
chorlovchi, ezgu an’analarni birlashtiruvchi ma’naviy vosita bо‘lib, 
о‘z janr va mohiyatiga kо‘ra shunday bir ijtimoiylikki, uning bosh va 
oliy maqsadi barkamol shaxs tarbiyasidir. Binobarin, Prezidentimiz-
ning «Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham 
inobatga olish kerak. Lekin yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu 
maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug‘orilgan asarlar yaratish – 
barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bо‘lishi 
tabiiy. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste’dodli dramaturg va 
rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish, ayniqsa, 
dolzarb ahamiyat kasb etadi»
1
, – deb ta’kidlagan fikrlarida san’atning 
ayniqsa, sahna san’atining yuksak kuchga egaligi, bu sohani yuksal-
tirish uchun yoshlarga e’tibor qaratish kerakligi kunning muhim 
vazifasi ekanligini qayd etib, soha bо‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini 
isloh etish kabi masalalarni kun tartibiga qо‘ymoqda. Bu masalaning 
yechimi sifatida 2012-yil 4-iyunda muhtaram Prezidentimiz I.A.Kari-
mov xalqimiz, millatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shuvchi 
«О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish 
tо‘g‘risida»gi 1771-sonli Qarorga imzo chekdilar.
Avvalo, mazkur qarordan kо‘zlangan maqsad Respublikamizda 
madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini 
rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora 
ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob 
beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda 
sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek, mazkur 
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – B.145. 


5
yо‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-
texnik bazadan yanada samarali foydalanishdir. Shuningdek, san’at va 
madaniyat sohasidagi ijodkor kuchlarini birlashtirib, katta ijodiy 
muhitni paydo qilish hamda ijodiy jarayonni yuzaga keltirish, san’at 
va madaniyatning saviyasini yanada kо‘tarish va albatta, О‘zbekiston 
san’ati va madaniyatini dunyoga yanada kengroq yoyishdan iboratdir. 
Bu haqda Prezidentimizning shunday sо‘zlari bor: «Har qaysi xalq 
yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, о‘ziga xos urf-odat va 
an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bо‘lmaydi. 
Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, kо‘hna 
tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bо‘lib xizmat qiladi»
1
.
Institut professor-о‘qituvchilari «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun, 
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» doirasida о‘quv ishlari va 
mashg‘ulotlarida quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratmoqda: 
–teatr san’ati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablar-
ga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va 
rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlarini qо‘llay 
oladigan, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan 
yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlashga; 
–talabalarni vatanparvar, milliy istiqlol g‘oyalari asosida 
tarbiyalashga;
–о‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan keng 
foydalanib, dars mashg‘ulotlarini noan’anaviy tarzda samarali 
о‘tishga: 
–xorijiy til, jumladan ingliz tilini qunt bilan о‘rgatishga; 
–axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot re-
surslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim 
jarayonining yuqori darajada olib borilishiga; 
–rejissyorlik, aktyorlik va milliy qо‘shiqchilik borasida mavjud 
ijodiy maktablar ta’limoti bо‘yicha mashg‘ulotlar olib borish va asosiy 
e’tiborni sifatga qaratish; 
–kurs ijodiy dasturlarida о‘zbek va jahon mumtoz asarlarini, 
zamonaviy dramaturgiya namunalarini sahnalashtirishga, zamonaviy 
qahramon obrazini yaratish muammolarini yechishga harakat qilish;
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – B.29.


6
–madaniyat va san’at kollejlari, akademik litseylar bilan ham-
korlik о‘rnatilib, tajribali pedagoglar tomonidan tashkil etilayotgan 
«Mahorat sinfi» mashg‘ulotlarini yuksak darajada о‘tkazishga; 
–madaniyat va san’at sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirishda tajribali pedagoglarni jalb etish va h.k. 
Institutda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-
iyuldagi 4456-sonli «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomil-
lashtirish tо‘g‘risi-da»gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda professor-
о‘qituvchilar ilmiy tadqiqot, ilmiy-ijodiy ishlar kо‘lamini kengaytirish, 
yuqori malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish, talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot 
ishlarini tizimli ravishda tashkil etish borasida ishlar olib borilmoqda. 
Shuningdek, о‘quv rejasida kо‘rsatilgan fanlarni yangi avlod darsliklari 
bilan ta’minlash maqsadida, tajribali pedagoglar tomonidan lotin 
alifbosida yangi darslik va о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar tayyorla-
nayotganligi tahsinga sazovordir. Mazkur о‘quv qо‘llanma ham ushbu 
maqsadlarni amalga oshirish maqsadida tayyorlangan bо‘lib tomosha 
san’ati tarixi va nazariyasi bо‘yicha ma’lumot beradi. 
Milliy istiqlol tufayli qadriyatlarimiz tiklanib, qadimiy va ezgu 
an’analar rivoj topayotgan bugungi kunda teatrlashgan ommaviy 
tomoshalar g‘oyat muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Mamla-
katimizning ma’naviy-madaniy hayotida alohida о‘rin tutadigan 
teatrlashgan tomosha san’ati milliy bayram va sayillarimizning asosiy 
mohiyatini о‘zida mujassamlashtirgan. Milliy san’at, sport, adabiyot, 
xoreografiya, an’anaviy xalq tomoshasi elementlarining bugungi 
talqinlari о‘ziga xos rejissurasi bilan alohida ajralib turadi. Bu 
madaniy hodisa kо‘p sonli ishtirokchilar ommasining qatnashishi 
hamda bayramona kayfiyatning hukm surishi bilan xarakterlanadi. 
Bugungi teatrlashgan tomosha san’ati xalq ommasining о‘z ijodiy 
imkoniyatlarini erkin namoyish etmoqda. Unda san’atning turli soha 
va yо‘nalishlari tadbir ssenariysining bosh g‘oyasiga bо‘ysundiriladi 
hamda tabiiy hayotiy sahna asari sifatida sahnalashtiriladi.
О‘zbek xalqining madaniy merosi tizimida ajdodlarimiz tomo-
nidan ijod qilingan hamda katta ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega 
bо‘lgan turfa xil bayramlar, ommaviy о‘yinlar, tomoshalar alohida 
о‘rin tutadi. Ular ijtimoiy va ma’naviy hayotning barcha tomonlarini 


7
о‘z ichiga qamrab olgan sinkretik hodisadir. Kishilik hayotining 
hamma qirralarini о‘zida mujassamlashtirgan tomosha va bayramlar 
ma’naviy targ‘ibotning tarixan shakllangan an’analaridan sanaladi. 
Ularning barqarorligi, ommaviyligi va an’anaviyligini keng rivojlan-
tirish takroriylik, davomiylik va uzluksizlikka asoslanadi. Tarix 
sinovidan о‘tgan bayram va tomoshalar kishilarning о‘zaro ijtimoiy 
munosabatlaridagi yaxshi fazilatlarni, chinakam xalqchil va ezgu 
qarashlarni, umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiradi. 
Xususan, asrlar bо‘yi shakllanib, ajdodlarimiz badiiy-estetik 
tafakkurining eng mukammal jihatlarini о‘zida singdirgan holda 
muttasil taraqqiy etib kelgan Navrо‘z bayrami ana shunday ulug‘vor 
bayramlarimizdan biridir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganlaridek, «Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va 
mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va 
eng milliy bayram – sharqona yangi yil bо‘lmish Navrо‘z ayyomi 
misolida, ayniqsa, yorqin namoyon bо‘ladi. Barchamiz doimo orziqib 
kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan о‘tkazadigan Nav-
rо‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va 
cheksiz saxovatining, kо‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-
odatlarimizning betakror ifodasi bо‘lib kelmoqda»
1

Milliy istiqlol sharofati bilan umumxalq shodiyonasi sifatida 
keng nishonlanayotgan Navrо‘z bayrami g‘oyat muhim ijtimoiy-
ma’naviy mohiyat kasb etishi bilan bir qatorda, an’anaviy xalq 
tomosha san’atining ham noyob yodgorligidir. An’anaga kо‘ra sayil 
sifatida nishonlanadigan bu bahoriy bayramda xalq о‘yinlari, an’a-
naviy tomoshalar, qо‘g‘irchoqbozlik, askiyabozlik, qiziqchilik, xalq 
milliy qо‘shiqchiligi, sozandalik, qandolatchilik, hunarmandchilik, 
folklor qadriyatlari, milliy о‘yin folklori, bolalar folklori va nomoddiy 
madaniy merosning boshqa shu kabi nodir namunalari о‘z aksini 
topadi. Shuning uchun ham teatrlashgan maydon tomoshalari rejissu-
rasi va dramaturgiyasi xususida tо‘xtalganda Navrо‘z bayramining
mustaqillik yillarida qadamba-qadam tiklanishi, Navrо‘z bayrami 
tantanalarini tashkil qilish va uni о‘tkazish bо‘yicha tо‘plangan ijodiy 
tajribalar, Navrо‘z bayrami rejissurasining о‘ziga xosligi kabi 
masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim. 
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – B.14.


8
Istiqlol yillarida xalqimizning asrlar davomida yaratilgan va 
badiiy jihatdan sayqallangan ezgu an’analari, shu jumladan, bayram 
va sayillaridagi an’anaviy tomosha san’ati elementlari ham qayta 
tiklandi. Erkin va obod yurtimizdagi farovon hayot, yurtdoshlarimiz-
ning ma’naviy kamoloti va badiiy-estetik zakovatini о‘zida mujassam-
lashtirgan yangi bayramlar va tomoshalar silsilasi yuzaga keldi. 
Ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy meros zamirida shakllangan ana 
shunday ezgu qadriyatlar orasida xalqimizning о‘ziga xos rivojlani-
shiga zamin bо‘lgan istiqlol tantanasi – «Mustaqillik bayrami» tanta-
nasi alohida ahamiyatga ega. An’anaga kо‘ra, har yili mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy islohot-
lar mohiyatini о‘zida aks ettiradigan g‘oya asosida о‘tkazilayotgan 
«Mustaqillik bayrami» tantanalari hozirgi zamon teatrlashgan maydon 
tomoshasi san’atining mukammal namunasi darajasiga kо‘tarildi. 
Milliy istiqlol baxsh etgan surur, mamlakatimizda amalga oshirilgan 
ulug‘vor о‘zgarishlar, jahon hamjamiyatida о‘zining munosib о‘rnini 
topayotgan ona О‘zbekistonimizdagi о‘ziga xos taraqqiyot mohiyatini 
aks ettiruvchi lavhalar, kuy-qо‘shiqlar, teatrlashtirilgan chiqishlar va 
adabiy-musiqiy kompozitsiyalar bunday bayramlar negizini tashkil 
etadi. Ana shunday muhtasham milliy qadriyatimiz rejissurasining 
о‘ziga xos jihatlarini о‘rganish asosida hozirgi zamon maydon 
tomoshalari san’ati mohiyatini yanada chuqurroq idrok etish mumkin 
bо‘ladi. 
Ma’lumki, necha-necha avlodlar orzusi bо‘lgan mustaqillik 
bizga milliy qadriyatlarimizni tiklash huquqini berishi bilan bir 
qatorda, yurtimizning farovonligi, tinchligi, daxlsizligi, ilmiy-ma’rifiy, 
adabiy-tarixiy va ma’naviy kamoloti yо‘lida fidoyilik kо‘rsatgan ulug‘ 
bobokalonlarimizning muborak nomlarini ham qaytarib berdi. Ular 
tomonidan yaratilgan bebaho asarlar nashr etildi, buyuk tarixiy 
siymolar xotirasi e’zozlandi. Binobarin, «har qaysi xalq milliy 
qadriyatlarini о‘z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy 
taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksal-
tirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi tо‘laqonli ravishda 
tiklangan, xalq bosib о‘tgan yо‘l о‘zining barcha muvaffaqiyat va 
zafarlari, yо‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va 
haqqoniy о‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bо‘ladi. Biz bu 


9
masalaga ana shunday ilmiy asosda yondashib, qadimiy tariximizni 
о‘rganish va baho berishda uning biror-bir davri yoki jabhasini e’ti-
bordan chetda qoldirmaslikka harakat qildik. Jumladan, mustamlaka-
chilik va sovet davridagi ommaviy qatag‘onlar paytida zulm va 
zо‘ravonlik qurboni bо‘lgan, istiqlol yо‘lida jon fido etgan 
ajdodlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qо‘yish, ularning el-yurt 
ozodligi yо‘lidagi ishlari, qoldirgan merosini izlash va о‘rganishni 
aynan ana shunday ma’naviy negizda yо‘lga qо‘yganimizni qayd etish 
zarur»
1
.
Vatanimiz hududida ulkan madaniyatning bunyod etilishiga 
beqiyos hissa qо‘shgan ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur, о‘z asarlari 
bilan jahon badiiy tafakkuri taraqqiyotida о‘chmas iz qoldirgan 
Alisher Navoiy, ona diyorimiz daxlsizligi va hurligi yо‘lida jon fido 
etgan ulug‘ sarkarda Jaloliddin Manguberdi, shuningdek, ulug‘ alloma 
Ahmad al-Farg‘oniy, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy, fiqh ilmi 
sohiblari Burhonuddin Marg‘iloniy va Moturidiy singari buyuk tarixiy 
shaxslarning yubiley tantanalariga bag‘ishlab teatrlashtirilgan bayram 
tomoshalari tashkil etildi. Bunday bayramlar ssenariysi xalqimizning 
tarixiy, ilmiy va adabiy-ma’naviy ulug‘lash hamda jahon taraqqiyoti-
dagi о‘rnini kо‘rsatib berishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Ana 
shu tipdagi bayram tadbirlari materiallari teatrlashgan maydon 
tomoshalarining mazmunan rang-barangligi va funksional talqinining 
xilma-xilligini kо‘rsatuvchi muhim manbadir. 
Mamlakatimiz hududida bundan bir necha ming yillar muqad-
dam ulkan madaniy meros yaratib, dunyodagi eng qadimiy shahar-
sozlik an’analariga asos solgan xalqimiz dahosining ulug‘ligi Xiva, 
Buxoro, Toshkent, Samarqand, Qarshi, Marg‘ilon kabi qadimiy sha-
harlarimizning yuzaga kelish tarixi bilan bog‘liq sanalarga bag‘ishlan-
gan bayram tadbirlarida yaqqol aksini topdi. Sanasi nishonlanayotgan 
shaharning tarixi va о‘sha joyda bо‘lib о‘tgan shonli voqea-hodisa-
larni badiiy talqin qilish asosida yaratilgan bayram ssenariylarining 
maydondagi talqini teatrlashgan tomosha san’ati rivojida о‘ziga xos 
bosqich bо‘ldi. 
Shuningdek, mamlakatimizda yaratilgan «Avesto», «Alpomish» 
kabi olamshumul adabiy yodgorliklarning yubiley tantanalari hamda 
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – B.45-46.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/74
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/74
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/74

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin