Badiiy asarlarni o‘qitishda integratsiyon yondashuvda “Taqdimot” usuli ham samaralidir. Ushbu usulda ma’lum bir badiiy asar yakunida o‘tkaziladigan takrorlash darslarini tashkil qilish mumkin. Bunda o‘quvchilar yakka tartibda, juftlikda yoki guruhlarda ishlab, berilgan mavzu bo‘yicha mustaqil izlanib, materiallar to‘playdi, ularni saralaydi, asosiylarini tanlab olib taqdimot qiladi. Masalan “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida taqdimot darsi o‘tkazilganda o‘quvchilarni avvaldan guruhlarga bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimot qilish topshiriladi:
1-guruh. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatini xronologik jadval asosida tushuntiring.
2-guruh. Alisher Navoiy ijodini “Klaster” usuli asosida tushuntiring.
3-guruh. Alisher Navoiy lirikasini “Kungaboqar” usuli asosida tushuntiring.
4-guruh. Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini konseptual jadval asosida tushuntiring.
Har bir guruh berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumot to‘playdilar va slayd yoki chizmalar orqali taqdimot qiladilar.
“Taqdimot” darslari orqali o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga erishish mumkin:
-o‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish;
-axborot manbalaridan foydalana olish, zarur ma’lumotlarni izlab topish, tahlil qilish, saralash orqali ma’lumotlar bazasini yarata olish;
-o‘qib o‘rganish, bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish, o‘zini nazorat qila bilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
- sinfda va jamiyatda o‘z o‘rnini anglay olish va boshqalar.
Namuna:
1-guruh taqdimoti
Xronologik jadval
2-guruh taqdimoti
“Klaster” usuli
Alisher Navoiy ijodi
Musobaqa tashkil qilish:
1. “Ifodali o`qish” musobaqasi. Hikoyaning bir qismi ifodali o`qitiladi.
2. “Eng yaxshi hikoyachi” tanlovi. Asar matniga yaqinlashtirib qayta hikoyalash.
Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: “Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”. Badiiy asar tahlilida fanlararo integratsiyadan foydalanish oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish gʻoyasi yotadi. Badiiy asar tahliliga bunday yondashuvni ifodalashda yagona qoida asosida ya‘ni shakldan mazmun tarzida ish koʻrish zarur. Shunday qilinganda asar mazmuni va jozibasiga putur yetmaydi. Umumta‘lim maktablarda Boburning hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganishga bagʻishlangan darslarni uch qismga boʻlib, ya‘ni kirish mashgʻuloti, badiiy matn tahlili va yakunlovchi mashgʻulotga bo‘lib oʻtish mumkin. Boburning hayoti va ijodi haqida bizning davrimizda yaratilgan tarixiy, adabiy, san‘at asarlaridan foydalanish bu boradagi ijobiy yutuqlarga yoʻl ochadi. Bunda alohida olingan she‘r, hikoya, rasmlardan boshlab, audio va video imkoniyatlarini qoʻllash mumkin.
Bobur gʻazallari bilan aytiladigan qoʻshiqlarning CD disk yoki kompyuter variantidan (“Sochining savdosi tushdi boshima boshdin yana”, “Qaro zulfing firoqida parishon roʻzgʻorim bor”, “Kim koʻrubdur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshilig‘”) foydalanish oʻquvchilarning adib asarlarini emotsional qabul qilishlari uchun ham muhim vosita vazifasini bajarishi tabiiydir. Bilamizki, Bobur nozik didli soʻz san‘atkori boʻlish bilan bir qatorda umrining ma‘lum qismini sarsonu sargardonlikda, jangu jadallarda oʻtkazgan, taqdir hukmi ila ―oʻz yurti qolib, oʻzga yurtlarda shoh boʻlgan - buyuk tarixiy shaxs. Shunga koʻra shoir lirikasining asosiy mavzusi - Vatan, Vatan sogʻinchi; yetakchi gʻoyasi - vatanparvarlik, adolatpeshalik, samimiyatga boy mehr-muhabbat, sadoqat tarannumi.
Uning bir umr talpinib yetolmagan, halovati, oromini oʻgʻirlagan, yuragiga bitmas ogʻriq solgan, ―gul yuzi hajrida sargʻaytirgan”, “oyogʻiga xazon bargidek toʻkilib yolbortirgan”, “tole’idan nolitgan” berahm ma‘shuqasi - Vatan; tomirida oqayotgan qoni, boʻgʻzidan otilayotgan nafasi - Vatan sogʻinchi. Adib umrining har daqiqasida Ona yurti ishqida yonib yashadiki, bu otashin qalbdagi muhabbat harorati, sogʻinch iztirobi har bir gʻazal satriga singib kirdi. Shoir ijodining ayni xususiyatlarini chuqur anglagan, uning alam-iztiroblarini yurakdan his qila olgan kitobxon nazdida Bobur bilan bir vaqtda Vatan tushunchasi gavdalandi, Vatan tuygʻusi, muhabbati kamolga yetadi. Buni biz shoirning quyidagi gʻazali misolida koʻrib oʻtamiz.
Xazon yafrogʻi yangligʻ gul yuzing hajrida sargʻardim,
Koʻrib rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim.
Sen, ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog‘inggʻa tushib, bargi xazondek muncha yolbordim
Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,
Men archi dahr bogʻidin xazon yarpogʻidek bordim.
Xazondek qon yoshim sorigʻ yuzumdin el tanaffurda,
Bahar rangi, bihamdilloh, ulusdin oʻzni qutqordim.
Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.
Ulusning ta’n-u, ta’rifi menga, Bobur, barobardur,
Bu olamda oʻzimni chun yamon-yaxshidin oʻtkardim.
Ushbu gʻazalda ma‘shuqaga Boburona murojaat yaqqol aks etib turganini ilgʻash qiyin emas. Chunki har bir she‘rida ma‘shuqaga turli tuman ifodalar bilan murojaat qilish shoir lirikasining yetakchi xususiyatlaridan biri. Boburning ushbu gʻazalida kuz manzarasi ta‘rifi orqali lirik oshiq sifatida ma‘shuqaga murojaat qilar ekan, birinchi va ikkinchi bayt mazmun mohiyatidan kelib chiqqan alohida-alohida tasviriy iboralar qoʻllaydi. Birinchi baytda “ey lola rux”, ikkinchi baytda “ey gul”, murojaat shakllarini ya‘ni undalmani kuzatish mumkin. Gʻazalning uchinchi baytida qoʻllangan: gulshan, gul, bogʻ, yafroq singari uyadosh soʻzlardan ustalik bilan foydalanib Bobur tanosub sanʻatini yaratgan. Bu esa gʻazal jozibasini yana bir pogʻona koʻtaradi. Oshiq bemuruvvat ma‘shuqadan hech xafa boʻlmaydi. Aksincha, bir umr uni shu goʻzallik, joziba tark etmasligini aytadi. Toʻrtinchi baytga murojat qiladigan boʻlsak, bu baytda Bobur kuzning sariq– qizil ranglarini ifodalovchi sifatlarni yuz va koʻz yoshga koʻchirib, oʻzining ayanchli holatini koʻrgan elning nafratidan oʻzini bir amallab qutqargani uchun Ollohga shukronalar aytadi. Beshinchi baytida yana shoir axtari (yulduz), falak soʻzlari yordamida tanosub san‘ati orqali oʻz baxt yulduzini topolmaganligi sababini anglolmay hayronalar boʻladi. Gʻazalning soʻnggi baytida shoir oshiqning holatini yorqinroq ifodalash, uning ma‘shuqa vasliga yetishish uchun har qanday toʻsiqlarni yengishga qodirligi, oʻz e‘tiqodiga sadoqatli, ochiq koʻngil, tanti va joʻmardligi yana zid ma‘noli ta‘na-ta‘rif, yaxshi-yamon soʻzlarni qoʻllab tazod sanati orqali oʻz e‘tiqodiga sadoqatini namoyon boʻladi.
XULOSA K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim javobdir. Shunday ekan, tahlildan ko`zlangan maqsad va uni amalga oshirish yo`li aniq bo`lmog`i lozim.
Xulosalaringizni misollar bilan asoslang.
“Yovvoyi yo‘rg‘a”, “Oqbo‘yin” va “Alpomish” dostonlarida fanlararo aloqa nuqtayi nazaridan umumiy jihatlar nimalardan iborat ekanini va ularning integratsiyasi qay jihatdan o‘rganilishini o‘qituvchingiz bilan birgalikda aniqlang
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullaeva Q.A, Safarova R.g`, Bikbaeva N.U, Baxramov.
2. Boshlang`ich ta‘lim Konsepsiyasi. Boshlang`ich ta‘lim jurnali № 6-1998 y.
3. Abdullaeva q. Ochilov M., K.Nazarov, S.Fuzailov, N.Bikbaeva «Boshlang`ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari. T.: 1999.
4. Adizov B.R. Boshlang`ich ta‘limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati. T.: 2003-y.
5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993 y. – 224 b. 184-185 betlar.