Baholash ishi va investitsiyalar


-MAVZU. O'ZBЕKISTONDA MULK QIYMATI BAHOSI VA NARXI SHAKLLANISHINING SHAROITLARI VA XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə67/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
baholash 1

11-MAVZU. O'ZBЕKISTONDA MULK QIYMATI BAHOSI VA NARXI SHAKLLANISHINING SHAROITLARI VA XUSUSIYATLARI


REJA:



  1. O'zbekistonda mulkchilik shakllari va tizimini shakllanishining asoslari, sharoitlari va xususiyatlari.

  2. O'zbekistonda mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining makroiqtisodiy siyosatga bog’liqligi.



1. O'zbekistonda mulkchilik shakllari va tizimini shakllanishining asoslari, sharoitlari va xususiyatlari

Globallashuv sharoitida taraqqiyotning “o'zbek modeli” asosida davlat tomonidan bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doirasida turli mulkchilik shakliga asoslangan samarali mulkichilik tizimi, iqtisodiyot, mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori shakllantirildi, bularning barchasini faoliyat mexanizmlari uchun zarur qonuniy-huquqiy baza va sharoitlar yaratildi. Mulkchilik munosabatlari va ularning huquqiy asoslarini mujassamlashtirgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g’risida”, “Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish to'g’risida”, “Baholash faoliyati to'g’risida”, “Rieltorlik faoliyati to'g’risida”, “Xususiy mulkni himoyalash to'g’risida” qonunlarini va ulardagi tizimli ravishda uyg’unlashtirilgan terminologik apparat va mulkiy munosabatlar mexanizmini keltirish mumkin. Ularga ko'ra, mulk shahsiy, xususiy, davlat, munitsipal, tijoratiy-jamoa (birgalikdagi yoki sherikchilikka asoslangan), ijtimoiy-jamoa (partiya va siyosiy harakatlarga, diniy tashkilotlarga, nodavlat va notijorat tashkilotlarga, jumladan xayriya fondlariga, tegishli) shakllarda bo'lishi mumkin. Umumiy mulk bo'linmas va bo'linuvchi bo'lib, xususiy mulk huquqi mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan iboratdir. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Fuqarolar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo'lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar. Mulkdor o'z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.


Tijoratiy-jamoa shaklidagi mulkchilik turlicha yo'llar bilan shaklanishi mumkin: faqat xususiy mulklar (jumladan mulkiy huquqlar, shaxsiy nomulkiy huquqlar) birikmasi yoki faqat davlat mulki yohud davlat (jumladan munitsipal) va xususiy mulklar birikmasi yaratilishi yo'llari bilan.
O'zbekistonda mulkning bozor qiymati va narxini alohida olganda har biri o'zida omillar ta'sirini o'zgacha namoyon qilishiga qaramasdan ularning bir-biriga bevosita bog’liqligi mavjud. Umuman olganda, “ne'mat-fantom-mulkdor” triadasining modeli 1.1.1-rasmda ko'rsatilganidek shakllangan.
Mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori bog’liqligini 8.2.1-rasmdagi modelga asosan shartli ravishda fuqarolik huquqlari ob'yektlarining qiymati (V - value) va narhi (P - price) o'zaro ekvivalent bog’liqlikda shartli virtual tarzda shakllanuvchi hayolan (gipotetik) yaxlit shakldagi indikativ bozor deb qabul qilish mumkin. Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat siyosati doirasida mulkdorlar tomonidan harakatga keltiriladi. Bunda davlatning siyosati mulkchilik tizimi va MQNBning samaradorligiga qulay (V-P)-muhitni yaratish asosida erishilishiga qaratilgan.
2.4-ma'ruzada keltirilgan omillar O'zbekiston sharoitida MQNBni shakllantirilishi jarayoniga ta'siri shaklan va mazmunan o'ziga hos tarzda kechgan. Bunda barcha omillarning ta'siri xarakterini shakllanishida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yaratilgan, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan taraqqiyotning “o'zbek modeli” va uning asosida davlat tomonidan samarali amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy va ko'p shakldagi mulkchilik tizimini rivojlantirish siyosatlari makro omillar sifatida muhim rol o'ynaydi.
Ushbu indikatorlar o'sish dinamikasi kontekstida uy xo'jaliklarining aktivlari (11.1.2-jadval) sezilarli o'sgan. Bundan ko'rinib turibdiki, uy xo'jaliklari mulkiy munosabatlarining salohiyatli institutlaridan biri bo'lib kelmoqda. Ularning aktivlarini xususiy biznes maqsadida ishlatilishiga keng imkoniyatlar berilgan. Bunga sabab, xususiy mulkdorlarning hamda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub'yektlarining huquqlari va manfaatlari davlat tomonidan mustahkam himoyalanganligidadir.
O'zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga katta ahamiyat berilgan. Masalan, “O'zbekiston Respublikasida 2009-2015 yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari” nomli dastur choralari (Davlat mulki Qo'mitasi kollegiyasining 2009 yil 26 avgustdagi 01/19-21 sonli qarori bilan tasdiqlangan) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g’risida”gi №843-sonli qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshirildi. Buning natijasida mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori ham mos ravishda rivojlandi (14.11-14.12-jadvallar).
O'zbekistonda mulk qiymati va narxi bozori va milliy real iqtisodiyotni (MRI) davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini 8.3.1-rasmda keltirilgan tuzilmaviy model shaklida makroregulyatorsiz shakllangan.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin