Bakteriologik (Biologik) qurol. Bakteriologik qurolga ta’rif. Qo‘llanish tarixi. Bakteriologik qurolning jangovor jihatlari va tavsifi. Bakterial retsepturalar, ularni guruhlash, qo‘llash usullari va etkazish vositalari



Yüklə 43,96 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü43,96 Kb.
#125156
  1   2
Nozim M2


Bakteriologik (Biologik) qurol. Bakteriologik qurolga ta’rif. Qo‘llanish tarixi. Bakteriologik qurolning jangovor jihatlari va tavsifi. Bakterial retsepturalar, ularni guruhlash, qo‘llash usullari va etkazish vositalari. Sun’iy ravishda keltirib chiqarilgan epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va namoyon bo‘lish darajalari.


Bakteriologik qurol - bu kasallik chaqiruvchi mikroblar va
ularning toksinlari yordam ida aholi orasida ommaviy kasallanish holatlarini yoki insonlar, hayvonlar va o‘simliklarning halok bo’lishini keltirib chiqaruvchi quroldir. Bunda mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari turli jangovor o‘q-dorilarga joylashtirilgan holda yoki sepuvchi qurilmalar vositasida mo’ijallangan hududlarga tarqatiladi. Bundan tashqari, bakteriologik qurollar kasallik chaqiruvchi qo‘zg’atuvchilar bilan zararlangan bo‘g‘im oyoqlilar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlar vositasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlaming bir necha yuz turlari ma’lum, biroq ularning barchalarini ham jangovor sharoitlarda qo‘shinlar orasida ommaviy zararlanishlami keltirib chiqarish uchun yaroqli deb bo‘lmaydi.
Bakteriologik qurol uchun eng yaroqli deb hisoblanishi uchun qo‘zg‘atuvchilar quyidagi talabalarga javob berishlari lozim:
1. Insonlar uchun juda xavfli (epidemiya darajasida kasallik chaqirishi, o’lim bilan davom etuvchi jarayonga ega bo’lishi).
2. Juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarila olinishi.
3. Tashqi muhitda o‘ta chidamli bo’lishi.
4. Aerozol holatida saqlanish va tarqatilish xususiyatiga ega bo’lishi.
5. Muayyan, aniq mo’ljallarga, talablarga mos bo’lishi.
Har bir keltirilgan talablar bir qator sharoit va omillar bilan bog’liq . Masalan, qo‘zg‘atuvchilarning insonlar uchun xavfliligi haqida gapirilganda chet ellik mualliflar birinchi galda qo ‘zg‘atuvchilar chaqiradigan kasalliklam ing xarakteri va o g ‘irligini, yuqumliligini hisobga oladilar.
Alohida e ’tiborni turli xil qo‘z g ‘atuvchilarda turlicha bo’lgan, yuqumlilik darajasiga qaratadilar. Ba’zi q o ‘zg‘atuvchilarda eng kam (minimal) yuqish dozasi bir necha o ‘n mikrob tanachasini tashkil etsa, boshqalarda bir necha yuz minglab mikrob tanachasini tashkil qiladi.
Qo‘zg ‘atuvchilaming xavflilik darajasini baholashda yana ularning antigenlik strukturasining o'zgarishi va antibiotik hamda boshqa davolovchi preparatlarga nisbatan chidam liligi yuqori bo’lgan shtammlarning olinishi mumkinligi ham hisobga olinadi.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, bakteriologik qurol sifatida shunday qo‘zg‘atuvchilar ishlatiladiki, ularga qarshi maxsus profilaktik vositalar yo‘q yoki borlarining ham samarasi kam bo’ladi. Bakteriologik qurollar suyuq yoki quruq retsepturalar holatida qo’llanilish i mumkin. Bu retsepturalar tarkibida qo‘zg‘atuvchilarni tutishlaridan tashqari, turli to’ldiruvchilar (ko‘pincha bu mikroorganizmlar o‘stiriluvchi ozuqa muhitlari qoldiqlari bo‘lishi mumkin) va stabilizatorlarni ham saqlaydi, bundan maqsad qo‘zg‘atuvchilam ing tashqi muhitga nisbatan chidamliligini oshirishdir. Bakteriologik qurollarni ishlatish usullari quyidagilardan iborat:
1. Atmosferaning yerga yaqin qismida aerozol bulutlarini hosil qilish, boshqacha aytganda, yerdagi havoni zararlash;
2. Zararlangan (zaharlangan) kemiruvchilar va bo‘g‘im oyoqlilarni qo’llash va atrof-muhitda uzoq muddatlarga kasallik o'choqlarini hosil qilish.
3. Diversiya yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlarini yoki ichimlik suvlarini zaharlash, bundan tashqari, odamlar ko'plab to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarni (metro stansiyalari, temir yo’l vokzallari, aeroportlar, teatrlar va h.k.) zararlash.
Bundan maqsad, odamlar orasida sarosimaga tushish holatlarini keltirib chiqarish va kishilar ruhiyatini “sindirish”dir. Bunday maqsad uchun turli xildagi bakteriologik vositalar qo‘llanilishi mum kin. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, masalan, 20 mln. litr ichim lik suvini zararlash va bunda har 20 ml suvda insonlami halok qiluvchi (letal) bir doza - 1 mkg - botulizm toksini b o iish i uchun 240 g “A ” tipidagi toksinli retseptura yetarli bo‘lar ekan.
11-sentabr 2001-yilda AQSHda terroristik akt sodir etilishi natijasida Manxetten shahrida ikkita juda ulkan bino qulab tushdi. Buning ketidan e sa yana A Q SH ichiga kuydirgi sporalaridan iborat kukun solingan xaltalar oqim i kirib kela boshladi, bu esa butun jahon ommasini tashvishga solib qo'ydi. Terroristlar tomonidan yuborilayotgan bunday “nomalar” (oq kukunli xaltalar) boshqa mamlakatlar va Rossiya shaharlariga ham kirib kela boshladi. Amerikaga kirib kelgan bunday “karomatli” xatlarning aniq miqdorini baholash juda qiyin. Afsuski, ana shu jo ‘natilgan xatlar tufayli kishilarning kasallanishlari, hattoki o iim holatlari ham qayd etildi.
Bakterial vositalami kerakli manzilga eltish uchun (bakteriologik qurol diversión usulda qo‘llaailganda) diversión
guruhlardagi maxsus tayyorlangan kishilardan ham foydalanishlari mumkin. Bakterial vositalar turli usullar va turli yo'llar orqali qo’llanilganda, biologik zaharlanish va zararlanish o ‘chog‘i paydo bo’lishi mumkin.

Yüklə 43,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin