124
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan
oldin boqish uchun hovuzlarga qo‘yiladi. Maydoni tekis 0,5—2 ga
o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan joyga 200—300 dona
zichlik uvuldiriq qo‘yishigacha boqiladi.
Urchitilishda har bir nasl beruvchi baliq inyeksiyalanadi.
Inyeksiyalanuvchi preparat miqdori baliqshunos tomonidan har
bir baliqning vaznidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Inyeksiya
qilishdan oldin baliqlar ehtiyotkorlik bilan tarozida tortiladi.
Baliqni o‘stirish uchun tashkil qilingan hovuzlar: hovuzlarning
o‘lchamlari, chuqurligi 1,5 m dan 2,5 m gacha bo‘ladi. Iliq suvni
sevuvchi baliqlarning hovuz suvi oqadigan yoki sekin oqadigan
holda tashkil qilinadi. Mahsuldorligini ko‘paytirish uchun, omixta
yemlar sifatli hamda organik va mineral moddalarga boy bo‘lishi
kerak.
Shuningdek, yumshoq suv o‘tlari ham bo‘lishi lozim.
Hayvonot olamida ham, biologik xususiyatlari zooveterinariya
qoidalariga asoslangan holda ham baliqlar hayotida ularning o‘sishi
va rivojlanishi davrida har xil yoshdagi o‘zgarishiga qarab sun’iy
hovuzlarni qurish maqsadga muvofiqdir. 1 uvuldiriq qo‘yadigan ho-
vuzlar chuqurligi 0,4—0,5 metrgacha, yuza qismi 100—200 m
2
,
kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanishi kerak. Balchiq bo‘l-
magan, botqoqlashmagan, ko‘payishi uchun eng qulay sharoit
yaratilgan bo‘lishi zarur. Shuningdek, yumshoq maysali o‘tlar
bo‘lmog‘i darkor.
Boshqa joylardan chirigan, har xil o‘sgan maysalarni tashlash
uvuldiriqlarning kasallanishiga olib keladi.
1. Baliqlarning reproduktiv biologiyasi haqida fikr yuriting.
2. Baliqlar hayotining embrionlik davri qaysi bosqichlarni o‘z ichiga
oladi?
3. Qanday holatlarda lichinkalarning chiqishi kechikadi?
Dostları ilə paylaş: