Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   152
3.3. Baliqlarning rangi
Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga,
boshqa ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘-
liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida rangini o‘zgartiradi, bu esa
baliqning hayotida katta ahamiyatga ega.
Baliqning rangi bilan tana shakli uni dushmandan muhofaza
etadi. Chunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni xaspo‘shlab,
dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘-
chitib qochiradi, qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini
dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan to‘ldirib, tikanli
sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at
etolmaydi. Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun


25
tanasi suvo‘tlar orasida uni begona ko‘zdan pana qiladi. Bundan
tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga
qarab ham o‘zgaradi.
Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar
rangi muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va
qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m-ko‘k, qorin va qisman yonlari
kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham
tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi.
Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi suvo‘tlar orasida
yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib,
orqa va qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki
sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida bir talay yo‘llari bo‘ladi.
Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil.
Kambala kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga
munosib.
Gala bo‘lib yuradigan baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘-
ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum tomonga
suzishlariga yordam beradi. Bunday nishonlarning shakli turli-
chadir. Chunonchi, katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining
nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora yo‘ldan iborat,
taxirbaliqning dumi va yelka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala
hosil qiladigan pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta
qora xoli bo‘ladi.
Kambala, buqabaliq, skorpena kabilar yashaydigan joyining
rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Shuningdek,
yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas.
Masalan, losos, gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi
ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari yo‘qolib ketadi.
Òikanbaliq, losos kabilarning erkaklarida urchish davrida rang
o‘zgarishidan iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. Shuningdek,
baliqlarda tana shakli va tuzilishining o‘zgarish hodisasi ham ularni
xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. Chunonchi, Amazonkada
yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan
bargga o‘xshaydi, Sargasso dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlar-
dan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish xusu-
siyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir.


26

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin