37
tashlanadi. O‘ljani ko‘rganda qo‘zg‘alish zog‘orabaliqning ko‘-
rish nervi bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga
boradi va darhol
harakatlantiruvchi nervlar bo‘ylab undan mushaklarga qaytadi.
Zog‘orabaliqning o‘ljasi tomon suzib boradi va uni tutib oladi.
Organizmning ta’sirlanishiga ana shunday javob qaytarish me-
xanizmi tug‘madir, bunday reflekslar
shartsiz refleks deb ata-
ladi. Bir turdagi hamma hayvonlarda shartsiz reflekslar bir xil
bo‘ladi. Ular tug‘ma bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi.
Agar akvariumdagi baliqlar biror ta’sir (sharoit) ostida oziq-
lantirilsa, masalan, lampochka yoqilsa yoki oynasi taqillatilsa,
bir qancha vaqt o‘tgandan keyin,
baliqlar oziq berilmaganda
ham bunday signalga javoban o‘z-o‘zidan harakatga keladi.
Baliqlarda shunga o‘xshash signallarga shartli reflekslar, ya’ni
ma’lum sharoitda paydo bo‘ladigan reflekslar kelib chiqadi.
Baliqlar o‘zining biologik
xususiyatidan kelib chiqib,
tashqi
ko‘rinish jihatidan turlichadir.
Òurli tipdagi baliqlarning tashqi ko‘rinishi 7-rasmda berilgan.
1. Baliqlarning og‘iz va tish tuzilishini bayon eting.
2. Baliqlarning tana va suzgichlari qaysi xususiyatlarga bog‘liq holda
tuzilgan?
3. Suzgichlar baliqlarga qanday maqsadda xizmat qiladi?
4. Baliqlarda qanday turdagi tangachalar uchraydi? Ularni izohlang.
Dostları ilə paylaş: