Baliqchilik asoslari


 Baliqlarning suvdagi boshqa gazlarga



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   152
4.3. Baliqlarning suvdagi boshqa gazlarga
bo‘lgan munosabati
Suvda boshqa gazlar yetarli holda mavjud bo‘ladi. Bulardan
eng muhimi karbonat angidriddir. Bu gazni, asosan, baliqlar-
ning terisi ajratib chiqaradi. Chunonchi, eshvoybaliq terisi or-
qali tanasidagi karbonat angidridning 90 foizidan ortig‘ini chi-
qarib tashlaydi. Bu gaz ba’zan baliqlarga ovqat va boshpana bo‘-
ladigan o‘simliklarning hayot manbayidir. Qolaversa, o‘simlik
yorug‘lik ta’siri ostida karbonat angidriddagi kislorodni ajratib
chiqaradi. Binobarin, o‘simliklar suvda kislorod manbalaridan
biri hisoblanadi.
Barcha hayvonot olami o‘simliklar hisobiga kun kechiradi,
chunki «ovqatlanish zanjiri» naqadar uzun bo‘lmasin, uning bosh
halqasi hamisha o‘simlikdir. Shunday qilib, kislorod o‘simliklar-
dan paydo bo‘lgan va eng qadimgi sodda o‘simliklardan modda
almashinuviga ta’sir etishi tufayli hayvonot va oliy o‘simliklarning
tadrijiy rivojiga yo‘l ochgan.
Suvda zararli gazlar ham bo‘lishi mumkin. Agar vodorod sulfid
gazi bir litr suvda 15 sm
3
miqdorda mavjud bo‘lsa, zog‘orabaliq
kabi baliqlar darhol halok bo‘ladi. Bir litrda 0,001 sm
3
vodorod
sulfid gazi bor suvda gulmohi 10 daqiqada o‘ladi, tovonbaliq
yoki erinchoqbaliqlar bir litrda 0,1 sm
3
vodorod sulfid bo‘lgan
suvda 3 soat tutib turilsa, 8—10 kundan keyin halok bo‘lishadi.


42
4.4. Òuzning baliqlarga ta’siri
Suvda gazlardan tashqari erigan tuzlar ham bor. Xususan,
dengiz suvi tarkibida turli xil tuzlar borligi bilan xarakterlidir.
Ayni vaqtda tuzning tarkibi turli dengizlarda turlicha bo‘ladi.
Chunonchi, qizil dengizning 1000 hissa suvida 45 hissa tuz
bo‘lganidan unda hayotning turli shakllari mavjud. Eng oz tuzli
suv Botnik qo‘ltig‘iniki — uning 1000 hissa suvida uch hissa tuz
bor, xolos. Kaspiy dengizining Qorabo‘g‘ozgo‘l qo‘ltig‘ida
1000 hissa suvda 200 hissa tuz bo‘lgani sababli uning tubida hech
qanday hayot yo‘q.
Umuman, baliq chuchuk suvdan tortib to 1000 hissa suvga
70 hissa va undan ham ko‘proq tuz to‘g‘ri keladigan suvda yashay
oladi. Ba’zi baliqlar tuz miqdorining o‘zgarishiga juda sezgir bo‘-
ladi. Chunonchi, Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan qilquyruq
va felbo‘yin chuchuk suvli daryolarda yashashga moslashgan,
ular suvda ozgina tuz sezilsa ham halok bo‘ladilar. Ba’zi baliqlar
esa tuzga nihoyatda chidamli, masalan, buqabaliq 0,27 foizdan
to 38 foizgacha sho‘r bo‘lgan suvda yashayveradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin