46
baliqlar ham bor. Bulardan tashqari, issiqsevar baliqlarga misol
qilib laqqasimonlarni, karpsimon baliqlar oilasining ko‘pgina va-
killarini keltirish mumkin.
Shunday qilib, baliqlar suvning haroratiga bo‘lgan muno-
sabatlariga qarab
evritermli, ya’ni haroratning o‘zgarishiga chi-
damli hamda
stenotermli, ya’ni haroratning salgina o‘zgarishiga
ham chiday olmaydigan baliqlar guruhlariga bo‘linadi. Evritermli
baliqlarga olabug‘a, cho‘rtan kabilar, stenotermli baliqlarga qutb
zonasi va tropik mintaqalarda tarqalgan baliqlar kiradi. Dengiz
baliqlari chuchuk suv baliqlariga nisbatan suv haroratining o‘z-
garishiga ancha chidamsiz.
Suv havzalarida ba’zan yuz beradigan tabiiy ofatlar, chunonchi,
kuchli dovullar va sovuq oqimlarning o‘zgarishi kabi hodisalar
tufayli suvning harorati o‘zgarishi natijasida baliqlar ko‘plab ha-
lok bo‘lib ketadi. Bu xil voqea fanda va baliqchilik amaliyotida
ma’lum bo‘lib, mamlakatimizda ham tez-tez ro‘y berib turadi.
O‘rta mintaqada yashaydigan issiqsevar baliqlar qishda so-
vuqdan saqlanish uchun suv ostidagi kamarlarga to‘planadi, usti
shilimshiq modda bilan qoplangan holda karaxt bo‘lib yotadi,
bunday joylar baliq «o‘ra»lari deb ataladi. Bu ularning sovuqqa
moslashishidagi ekologik xususiyatlaridir. Qishda ana shu holda
karaxt bo‘lib yotadigan baliqlarga oqcha, zog‘orabaliq, torta, laqqa
kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: