Baliqchilik asoslari


Suv haroratining baliqlarga ta’siri



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
Suv haroratining baliqlarga ta’siri. Suvning harorati ba-
liqlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qilib qolmasdan, balki
kasalliklarning paydo bo‘lishiga va kechishiga ham ta’sir ko‘rsa-
tadi, ya’ni eng past harorat (0,1—0,2 °C) bilan birgalikda eng
yuqorisi (30 °C dan yuqorisi) karp baliqlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, boshqa turdagi baliqlar uchun harorat u yoki bu
tomonga o‘zgarishi mumkin.
Har xil zotli baliqlarning rivojlanish davrlarida (uvuldiriq,
lichinka, chavoq va h.k.) suv harorati ma’lum darajada bo‘lishi
shart.
Suvning past harorati baliqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, pe-
riferik qon tomirlarining qisilishiga, nafas olishning susayishiga,
ozib ketishiga, modda almashinuvining buzilishi natijasida gli-
koliz, keyinchalik esa autoliz jarayonining rivojlanishiga hamda
asta-sekinlik bilan baliqlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Suv haroratining o‘zgarishi faqat baliqlarga ta’sir qilib qol-
masdan, balki har xil parazitlarning rivojlanishini kuchaytirib,
kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.


44
Suvning harorati qanchalik tez o‘zgarib tursa, har qaysi ri-
vojlanish bosqichida baliqning harorati shunchalik kam o‘zga-
radi. Baliq suv haroratining o‘zgarishiga o‘zining biologik hola-
tiga qarab turlicha javob qaytaradi. Chunonchi, sulaymonbaliq-
ning uvuldirig‘i 0 dan 12 °C gacha bo‘lgan issiq haroratda ri-
vojlanishi mumkin. Ammo katta sulaymonbaliqlar manfiy ha-
roratdan boshlab 23 °C va undan ortiq issiqda ham yashaydi.
Zog‘orabaliq esa sovuqdan to 20 °C va undan ortiq issiq sha-
roitgacha hayot kechiradi. Lekin +8, +10 °C dan pastroq haro-
ratda ovqatlanadi, +15 °C dan past haroratda urchimaydi.
Suv havzasidagi gaz rejimining baliqlarga ta’siri. Suv at-
mosferadan azot, kislorod va karbonat angidrid olib, baliqlar-
ning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zoogigiyenik muhit
yaratadi hamda suvdagi gaz miqdorining oshib ketishi yoki
kamayishi baliqlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vodorod
sulfid va metan gazining mavjudligi esa suv havzasining anti-
sanitariya holatda ekanligidan dalolat beradi, bunday suvlarda
har xil kasalliklar xuruji kuchayib, baliqlarning ko‘plab o‘limiga
sabab bo‘ladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin