Baliqchilik asoslari


Chipor do‘ngpeshanali baliq



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis).
Chipor do‘ngpeshanali baliq oq do‘ngpeshanani eslatadi.
Biroq ulpor do‘ngpeshananing kallasi birmuncha kattaroq, ta-
nasi kaltaroq va rangi esa olachipor bo‘ladi.
Oyquloqlari va changchilari ham rivojlangan bo‘lib, filtr-
lovchi apparatni hosil qiladi. Lekin elak shaklida qo‘shilib ket-
maydi. Qorinchasidagi qili qorin suzgichlarining asosida joylash-
gan. Oq do‘ngpeshanali baliqlarga nisbatan fe’l-atvoridan farq
qiladi. Shovqin-suron hamda har xil ovoz chiqarilganda suvdan
balandlikka sakramaydi. Bu baliqlarning vazni katta, tez o‘sadi.


52
Urg‘ochilari 4—5 yoshida, og‘irligi 3,5—4,5 kg ga yetganda ta-
nasining uzunligi 55—65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir-
maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. Serpusht bo‘ladi, tabiiy
hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan ko‘proq.
Me’yoriy mahsuldorligi 500 ming uvuldiriqqa teng.
Dastlabki 2—3 hafta mobaynida mayda zooplankton orga-
nizmlar (kolovratkalar), mayda qisqichbaqalar va boshqa
o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tadi. Òo‘da-to‘da bo‘lib suzadi,
bir hovuzdagi baliqlarning aksariyati bir xil kattalikda bo‘ladi.
2 yoshidan boshlab oq do‘ngpeshanaliga nisbatan tezroq o‘sadi.
Keyingi yillarda oq do‘ngpeshanalining ko‘paytirilishi bilan
baliqchilarning chipor do‘ngpeshanaga bo‘lgan e’tibori pasaydi.
Suvda yashaydiganlar ichida baliqlarning o‘ziga xos qator
bog‘liqliklari mavjud bo‘lganligi uchun ularga qulayliklar ishlab
chiqariladi.
Eng asosiy ajralib turadigan belgilardan biri uning jabralari
hisoblanadi. Suvda erigan holdagi kislorodni jabralari orqali
harakatlanishga ishlatadi, terisidagi juda ko‘p bezlarning mav-
judligi sababli, ular o‘zidan shilimshiq moddalarni ajratadi, na-
tijada bular baliqlarning suvda mashq qilishida organizmning
zaiflashib ketishidan saqlaydi. Baliqlar tanasining shakli ortiq
darajada bir-biridan farqlanadi.
Oq amur (Ctenopharyngodon idella)
Vatani Amur va boshqa Uzoq Sharq daryolari hisoblanadi.
Iliq suvni sevadi. Yirik, tez o‘sadigan, tanasi torpedasimon, tan-
9-rasm. Chipor do‘ngpeshanali baliq.


53
gachalari yirik, daryolarda o‘sadiganlari 1 m 22 sm, tirik vazni
32 kg, tabiiy hovuzlarda uzunligi 1 m, og‘irligi 30 kg va undan
ham ko‘proq bo‘ladi.
Jinsiy yetilishi Rossiyaning janubiy viloyatlarida 3—4 yoshida,
Krasnodar o‘lkasida 4—5 yoshida, Moskva viloyatida esa 7—8
yoshida ro‘y beradi. Serpushtligi 2 mln. Ko‘pincha 100000—800000
gacha uvuldiriq beradi, baliqlar uvuldiriqni aprel, avgust oylarida
daryo o‘zaniga tashlaydi. Baliq urug‘i yopishqoq bo‘lmaydi.
O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4—5 yoshida uzunligi 55—
65 sm (dumini hisobga olmasdan) va og‘irligi 3,5—4 kg bo‘-
ladi, erkaklari 1 yil ertaroq yetiladi. Odatda, nasl beruvchilardan
5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Òabiiy hovuzlarda 1 mln ta-
dan ko‘p bo‘ladi. Me’yoriy serpushtligi 500000 uvuldiriqqa teng.
Lichinkalari oldingi 2 hafta mobaynida mayda zooplankton-
lar, eng oldin kolovratkalar bilan, so‘ngra shoxli qisqichba-
qalarning naupliyalari bilan, keyin esa shu qisqichbaqalarning
katta organizmlari va planktonning boshqa organizmi bilan
oziqlanadi.
Oq amur baliqlari, asosan, yuqori o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Hovuzlarda polikultura sharoitidagi katta zichlikda o‘stirishda yoki
o‘simlik oziqasining tanqisligida hovuzga solinadigan omixta
yemdan ham iste’mol qilishi mumkin.
Respublikamizda tovar oq amur baliqlarining 2 yillikdagi
vazni 500—1000 g ni tashkil etadi. 2 yoshga yetganda kunlik oziqa
talab qilinishi me’yor ratsioni tirik vaznining 40 % ini tashkil
etadi. Harorat 11—12 °C bo‘lganda oziqlanishni to‘xtatadi.
10-rasm. Oq amur.


54
11-rasm. Oq do‘ngpeshanali baliq.
Respublikamizda oq amurga bozorda ehtiyoj katta. Oq amur-
ning salohiyatidan tegishlicha foydalanilmoqda. Hanuzgacha
oziqlantirish texnologiyasining mukammal ishlab chiqilmaganligi
sababli katta hovuzlarda oq amurni yagona me’yor asosida
oziqlantirish resepti yo‘q.
Kichik hovuzlarda yetishtirilsa, kelajakda hovuz baliqchiligi-
ning asosiy obyektiga aylantirilishi mumkin. O‘zbekiston olimlari
va mutaxassislari oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri O‘zbekiston
sharoitida yetishtiriladigan o‘simliklar bilan oziqlantirish usul-
larini ishlab chiqarishdan ibora.
Oq amur yaxshi meliorator hisoblanadi. Ular zovurlardagi
o‘tlarni iste’mol qiladi. O‘simliklarning qoldiqlari bilan iflos-
lanishdan saqlashga yordam beradi.
Oq amur yuqori o‘simliklar bilan oziqlanadi, hovuzlarda uni
tezda iste’mol qiladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun hovuz-
larga o‘rilgan o‘tlarni solish talab etiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin