42
4.4. Òuzning baliqlarga ta’siri
Suvda gazlardan tashqari erigan tuzlar ham bor. Xususan,
dengiz suvi tarkibida turli xil tuzlar borligi bilan xarakterlidir.
Ayni vaqtda tuzning tarkibi turli dengizlarda turlicha bo‘ladi.
Chunonchi, qizil dengizning 1000 hissa suvida 45
hissa tuz
bo‘lganidan unda hayotning turli shakllari mavjud. Eng oz tuzli
suv Botnik qo‘ltig‘iniki — uning 1000 hissa suvida uch hissa tuz
bor, xolos. Kaspiy dengizining Qorabo‘g‘ozgo‘l qo‘ltig‘ida
1000 hissa suvda 200 hissa tuz bo‘lgani sababli uning tubida hech
qanday hayot yo‘q.
Umuman, baliq chuchuk suvdan tortib to 1000 hissa suvga
70 hissa va undan ham ko‘proq tuz to‘g‘ri keladigan suvda yashay
oladi. Ba’zi baliqlar tuz miqdorining o‘zgarishiga juda sezgir bo‘-
ladi. Chunonchi, Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan qilquyruq
va felbo‘yin chuchuk suvli daryolarda yashashga moslashgan,
ular suvda ozgina tuz sezilsa ham halok bo‘ladilar. Ba’zi baliqlar
esa tuzga nihoyatda chidamli, masalan, buqabaliq 0,27 foizdan
to 38 foizgacha sho‘r bo‘lgan suvda yashayveradi.
Dostları ilə paylaş: