85
4. Kechki kassalarning faoliyati; pul tushumlarini inkassatsiya qilish
tartibi va hisobi.
Hozirgi kunda mijozlar tomonidan bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd
pul tushumi inkassatorlar tomonidan shartnomaga
asosan belgilangan vaqtda
inkassasiya qilinadi va bankka topshiriladi.
Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablaglari solingan
inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul
qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni
ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki
kassa tomonidan yuk xati
asosida tayyorlangan kirim ro’yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga,
ikkinchi nusxasi esa bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu
kirim ro’yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va
hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo’lsa:
Debet 19903 – «Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar»
Kredit 20200 Hisobvarag‘ nomerini mustaqil ko‘rsating
b) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul
va hisob-kitob cheklari bo’yicha mablag‘lar boshqa bank
yoki bankning boshqa
filiali mijoziga tegishli bo‘lsa:
Debet 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Kredit 29804 – “Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari
va cheklari”
Bankning qayta sanash kassasida inkassatorlar tomonidan olib kelingan naqd
pullar tegishli tartibda qayta sanaladi. Qayta sanash vaqtida naqd pullarning to‘g‘ri,
ortiqcha yoki kam ekanligi aniqlanadi. Qayta sanash kassasida inkassatorlik
qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lgandan keyin, naqd pul
mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya
o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit
19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida naqd pul mablag‘larining
ortiqcha
ekanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi:
Debet
10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit
29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari
ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet 29816 – “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar”
Kredit 20200
– (Har bir mulkchilik shakli bo‘yicha).
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari
boshqa bank mijoziga tegishli bo‘lsa, shartnomaga asosan 29804 – “Boshqa bank
mijoz larining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvarag‘iga
orqali
boshqa bankka o‘tkazib beriladi.
86
Qayta sanash kassasida naqd pullar sanalganda kamomad aniqlanishi
mumkin. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kam chiqqanligi
aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib,
quyidagi buxgalteriya
o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19935
– “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha
kamomadlar”
Kredit 19903 – “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar”
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank
mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijoz bilan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan
undirib olinsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirildi.
Debet.
Kredit 19935- «Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomad
Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar
qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order
shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi
orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.
Pul mablag‘lari bank aylanma kassasidaga lektron to‘lov tizimi yopilgandan
keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul
mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘kazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: