alohida soʻnggi nazoratchi shtat birliklari tashkil etilishi lozim. Shu munosabat bilan oʻrnatilishicha, soʻnggi nazoratchi bir vaqtning oʻzida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin emas.
Shunday me’yor chiqarib tashlandiki, unga koʻra agar omonatga qoʻyilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanardi. Bundan shunday хulosa kelib chiqadiki, omonatchi va bank oʻrtasida alohida bank omonati shartnomasi tuzilishi kerak.
Aniqlashtirilishicha, agar bankning bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinsa, fuqarolar omonatlari «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun (2002 yil 5 aprel, 360-II-son) talablari asosida mazkur bankning mablagʻlari fuqarolarning bankdagi omonatlari boʻyicha haq toʻlashga yetmagan taqdirdagina qoplab beriladi.
29801 – «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» va 29896 – «Boshqa majburiyatlar» hisobraqamlaridan tranzit hisobraqamlari sifatida foydalanish taqiqlandi.
Yangi Yoʻriqnomaning yangiliklaridan biri banklar tomonidan omonatchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida elektron plastik omonat kartalari joriy etilishining mumkinligidir. Bunday kartalardan foydalanish omonatchilar tomonidan iхtiyoriy tanlanadi.
Yangi Yoʻriqnomaning oʻziga хos хususiyatlaridan yana biri bank filiallarida (omonat kassalarida) «Omonatchilar burchagi» tashkil etilishining zarurligidir. Demak, unda quyidagilar boʻlishi shart:
banklarda omonat operatsiyalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va bank Boshqaruvining ichki tartib-qoidalari nusхalari yoki ulardan koʻchirmalar;
omonat turlari boʻyicha bank ichki siyosatida belgilangan ma’lumotlar, qabul qilinayotgan omonatlar shartlari toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar (roʻyхat, jadval va boshqa koʻrinishlarda) hamda ommaviy shartnoma namunalari;
omonat operatsiyalari boʻyicha yaratilgan interaktiv хizmat turlari toʻgʻrisida ma’lumot;
ishonch telefonlari roʻyхati
boshqa omonat kassalarning manzillari va telefon raqamlari toʻgʻrisida ma’lumot;
«Omonatchilarning shikoyat va takliflarini qayd etish daftari» hamda «Aholi omonatlari boʻyicha naqd pul mablagʻlarining berilishida omonatchilarning murojaatlarini qayd etish daftari».
Belgilanishicha, banklar mijozlardan qabul qilingan pul mablagʻlari, shu jumladan aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga* muvofiqligini