SAMARQAND SHAHAR
64 – UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTAB GEOGRAFIYA FANI
O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA
SHOXISTA SHOMURODOVNANING
6 – SINFLARDA O’TKAZGAN
“BILIMLAR BELLASHUVI”
TADBIRINING ISHLANMASI
“BILIMLAR BELLASHUVI”
(6-sinflar uchun darsdan tashqari tadbir)
Tadbirning maqsadi: 6-sinf o’quvchilari o’rtasida geografik topshiriqlar asosida bellashuv tashkil etish, ularni geografiya faniga qiziqtirish, ularning faolligini oshirish, amaliy ishlarni mustaqil bajarish xususiyatlarini rivojlantirish.
Jihozlar: Tarqatma materiallar, yozuvsiz xarita, boshqotirma, kompyuter, monitor.
Tashkiliy qism: 6-sinf o’quvchilari orasidan tadbirda qatnashuvchi o’quvchilar tanlab olinadi. O’quvchilar tadbir shartlari bilan tanishtiriladi.
Tadbir shartlari:
-
“Aqliy hujum”.
-
Amaliy mashg’ulot.
-
Boshqotirma yechish.
-
Yozuvsiz xaritada topshiriq bajarish.
-
Geografik topishmoqlar.
-
“Kim ko’p yozadi” o’yini.
1-ishtirokchiga savollar:
-
Bo’yi eng uzun hayvon?
-
Eng katta cho’l?
-
Yerning suv qobig’i?
-
Eng baland cho’qqi?
-
Eng kichik materik?
2-ishtirokchiga savollar:
1. Geografiya fanining asoschisi kim?
2. Qaysi olim dunyoning birinchi xaritasini tuzgan?
3. O`rta Osiyolik olimlardan qaysi biri Yerning sharsimonligi haqida VIII-IX asrlardayoq aytgan edi?
4. Yer yuzida nechta materik bor?
5. “Toshkent globusining bo`yi qancha? (2,5 m.)
3-ishtirokchiga savollar
-
1821-yilda rus dengizchi sayyohlari qaysi materikni kashf etdilar?
-
Yerning tabiiy yo`ldoshini ayting.
-
Yangi Oy ufqning qaysi tomonida ko`rinadi?
-
G`arbning azimuti nechaga teng?
-
Bir sutka qancha vaqtdan iborat?
4-ishtirokchiga savollar:
-
“Geografiya” so`zi qaysi tildan olingan?
-
Bundan necha ming yil ilgari odamlar Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilganlar?
-
O`rta Osiyodan kim birinchi bo`lib ulkan globus yasagan?
-
1492-yilda qaysi dengizchi-sayyoh Amerikani kashf etgan?
-
Yerning tosh qobig’i?
5-ishtirokchiga savollar:
-
Eski Oy ufqning qaysi tomonida ko`rinadi?
-
Janubiy g`arbning azimuti qanchaga teng?
-
Ufq tomonlarini kechasi nimaga qarab aniqlash mumkin?
-
Yer o`z o`qi atrofida qancha vaqtda bir marta to`liq aylanadi?
-
Yerning belbog`i nima?
6-ishtirokchiga savollar:
-
“Geografiya” so`zining ma’nosi?
-
Geografiya fani rivojlanib bоrgan sari nechta tarmoqqa bo`linadi?
-
Qaysi yunon olimi eramizning II asrida Dunyoning xaritasini yaratgan va daraja to`ridan foydalangan?
-
“Toshkent globusi”ning og`irligi qancha?
-
Kim boshchiligidagi ekspeditsiya dunyoni g`arbdan sharqqa tomon birinchi bo`lib aylanib chiqqan?
7-ishtirokchiga savollar:
-
Oy necha kunda to`lin Oy bo`ladi?
-
Sharqning azimuti nechaga teng?
-
Xaritalarda Shimoliy va Janubiy qutblarni tutashtiruvchi yarim aylana chiziqlar qanday nomlanadi?
-
Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib turadi?
-
Yerning hayot qobig’i?
8-ishtirokchiga savollar:
-
Qaysi materik ikki qit`aga ajralgan?
-
Xaritalar masshtabiga ko’ra necha xil bo’ladi?
-
Yer yuzining kichraytirilgan tasviri nima?
-
Birinchi globus kim tomonidan yasalgan?
-
Yerning havo qobig’i?
9-ishtirokchiga savollar:
-
Eng katta okean?
-
Shimolning azimuti qanchaga teng?
-
Masshtab necha xil bo’ladi?
-
Xaritalarning albom shaklidagi to’plami nima?
-
Yer yuzidagi eng uzun daryo?
II topshiriq. Amaliy mashg’ulot.
Quyidagi sonly masshtablarni nomli masshtabga, nomli masshtablarni esa sonli masshtabga aylantiring.
-
1: 40 000 000 ____________________________________
-
1: 50 000 _____________________________________
-
1: 650 000 000 ____________________________________
-
1 sm da 5 km ____________________________________
-
1 sm da 800 m ____________________________________
-
1 sm da 1000 km ____________________________________
III topshiriq. Bu o’yinda ishtirokchilarga “Geografiya” boshqotirmasi beriladi.
1.Yer sharining kichraytirilgan modeli. 2. Geografiya fanining asoschisi. 3. Tinch, Atlantika, … . 4. Yerning suv qobig’i. 5. Yer yuzidagi barcha notekisliklar. 6. Yer yuzidagi eng uzun tog’. 7. Shamol yo’nalishini aniqlaydigan asbob. 8. Ob-havoning bir joyga xos bo’lgan ko’p yillik rejimi. 9. Yerning markazida nima bor?
-
G
|
L
|
O
|
B
|
U
|
S
|
E
|
R
|
A
|
T
|
O
|
S
|
F
|
E
|
N
|
O
|
K
|
E
|
A
|
N
|
G
|
I
|
D
|
R
|
O
|
S
|
F
|
E
|
R
|
A
|
R
|
E
|
L
|
Y
|
E
|
F
|
A
|
N
|
D
|
F
|
L
|
Y
|
U
|
G
|
E
|
R
|
I
|
Q
|
L
|
I
|
M
|
YA
|
D
|
R
|
O
|
IV-topshiriq. Yozuvsiz xaritada topshiriq bajarish.
Bu shartda o’quvchilar 5 daqiqa ichida yozuvsiz xaritaga materiklar va okeanlarni tushirib berishlari kerak. Birinchi bo’lib to’g’ri va aniq bajargan o’quvchi g’olib hisoblanadi.
V-topshiriq. Geografik topishmoqlar.
Bu o’yinda ishtirokchilarga geografik topishmoqlar beriladi. Har bir to’g’ri javob bir balldan hisoblanadi.
1-ishtirokchiga:
-
Unga o’simliklar yuzini burar, qumursqalar inin og’zini qurar, “Avstraliya” so’zi unga taqalar, bu tomonning nomi qanday atalar?
-
Yer sharini qoq ikkiga bo’laman, parallelga men parallel bo’laman?
-
Bir fasl bor: issiq, soz, Quyosh tig’idamiz …?
2-ishtirokchiga:
-
Sayohatda asqotor, asbob nomin kim topar?
-
Kurramizni tasvirlab, kattaligin ham o’lchab, darslikni nomlagan, xotiralarni jamlagan?
-
Yerning tabiiy yo’ldoshi, oydindagi so’z boshi?
3-ishtirokchiga:
-
To’g’ri rang bersang unga, axborot berar senga?
-
Xaritada yashil rang, qanday joy ekan qarang?
-
U rasmga qarindosh, xaritaga yaqinroq, Yerning shakl-modeli, cho’zinchoqmas, yumaloq?
4-ishtirokchiga:
-
Qizaradi, so’nmaydi, usiz giyoh unmaydi?
-
Silkitar u Yer po’stin, nima ekan bu, do’stim?
-
Uning bag’ridadir hatto suv qobiq, yuzin silab turar ham havo qobiq.
Tabiat bergandir qattiq fazilat, qora boyliklarga limmo-lim, qat-qat?
5-ishtirokchiga:
-
Uni vulqon otadi, tosh ustida qotadi?
-
“Qorlar manzili”, dunyoning tomi, bahaybat bu tog’ning nomini ayting?
-
Palaxsa muz suvda turar, muz tog’ bo’lib kezib yurar?
6-ishtirokchiga:
-
Uch tomonim suv erur, quruqlik bir yonimda, orolga o’xshashroqman, ham orol bor nomimda?
-
Qani aytchi sen Kamol, eng katta qaysi orol?
-
Rang bor-u, shakli yo’q, uningsiz hayot ham yo’q?
7-ishtirokchiga:
-
Suvlar unga mehmondir, u beshinchi ummondir?
-
Ko’zga ko’rinmas qobiq, bug’dan yasabdi momiq?
-
Qani ayt sen Mamlakat, eng katta qaysi davlat?
8-ishtirokchiga:
-
U bug’doy, paxtaga kon, siz-u bizgadir makon?
-
To’rt tomoning aniqlab berar, darajada joylar aks etar, osmondami, suvda, o’rmonda, sayohatda ko’p asqotar?
-
Uning sahni sayyoramda keng, hech qaysi ko’l kelolmaydi teng?
VI topshiriq. “Kim ko’p yozadi” o’yini.
Bu o’yinda o’quvchilar sayyoramizdagi dengiz, daryo, ko’l va tog’lardan beshtadan yozib berishlari kerak. 5 daqiqa vaqt beriladi. Birinchi bo’lib to’g’ri bajargan o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Masalan:
-
Dengizlar
|
Daryolar
|
Ko’llar
|
Tog’lar
|
Arabiston
|
Nil
|
Kaspiy
|
Pomir
|
Boltiq
|
Amazonka
|
Baykal
|
Tyanshan
|
Filippin
|
Volga
|
Viktoriya
|
And
|
Yapon
|
Amur
|
Orol
|
Turkiston
|
Qizil
|
Missisipi
|
Jeneva
|
Kavkaz
|
Tabdirni yakunlash, g’olib o’quvchini aniqlash va rag’batlantirish.
Dostları ilə paylaş: |