N:
|
Umumiy metodlar
|
Xususiy metodlar
|
1
|
Og`zaki bayon
|
Tushuntirish, hikoya, o`quvchining o`qib berishi. Taqqoslash, savol-javob, suhbat, ma’ruza
|
|
Kartografik qo`llanmalar bilan ishlash
|
Topografik karta, umumgeografik karta, mavzuli karta, yozuvsiz karta. Kartasxema, globus bilan ishlash. Geografik nomlarni o`rganish, karta bo`ylab sayohat, karta ko`chirish, kartogrammalar tuzish va x.k.
|
3
|
Darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
|
Izohli o`qish, mavzu reja tuzish, darslik matnini mustaqil o`qish, darslikdagi mashq va topshiriqlarni bajarish. Darslikdagi karta, rasmlar bilan ishlash, vaqtli matbuot, yangiliklarni o`qish, xrestomatiya ma’lumotlaridan, badiiy adabiyotdan mavzuga oid parcha o`qish.
|
4
|
Ko`rgazmali qo`llanmalar bilan ishlash.
|
Rasmlar bilan ishlash. Texnika vositalari, xajmli qo`llanmalar bilan ishlash, grafik tasvirlar, sxema, di agramma. Profil, turli chizmalar bilan ishlash, turli hisob-kitoblar qilish.
|
5
|
Kuzatish
|
Ob’yekt va hodisalarni bevosita kuzatish, depozitivlar, kinofilmlarni kuzatish, geografik, astronomik, gidrologik, geomorfologik, fenologik kuzatishlar, ekskursiyalar va tajribalar.
|
6
|
Birlamchi manbalar
|
Davlat hujjatlari, geografik matnlar, gazeta, jurnallar, badiiy adabiyotlar bilan ishlash.
|
Ta’lim metodlari o`qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog`liq. Ta’lim metodlari ko`p hollarda o`quvchilarning ruhiyati va xususiyatlarini e’tiborga olishni ta’lab qiladi.
Ta’lim me’todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o`quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga e’tiqod, his-tuyg`u qarashlariga ta’sir ko`rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog`liq;
Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo`lsa, shunchalik ravshan va aniq bo`ladi. Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak.
To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik ob’yektni ilgari o`rganilgan ob’yekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’yektga xos bo`lgan ob’yekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz kartaga geografik ob’yektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y.
2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y
3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001
4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y
5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y
6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y
Dostları ilə paylaş: |