Sanoat binolarining qo’shimcha elementlariga zinalar, parda devorlar, darvozalar, eshiklar, yong’inga qarshi to’siq devorlar, deformatsiya choklari, uskunalar poydevori va hakozolar kiradi.
Sanoat binolarida ishlatiladigan zinalarni ko’p qavatli sanoat binolarida ishlatilib, ularni vazifasi, hamda antresol qavatlariga, xizmat maydonchalariga va etajerkalariga ko’tarilish va kishilarni evakuatsiya qilish uchun mo’ljallangan (turar joy va jamoat binolaridagi kabi) bo’lib, bunda ko’p qavatli sanoat binosi marshi eni 1350, 1500 va 1750mm, ko’tarilish balandligi 1,2m dan 2,1m gacha qabul qilinadi.
Ko’p qavatli sanoat binosi zinalari.
a – ikki marshli (yaxlit marshli); b – uch marshli, aloxida bosqichlari kosourlar ustiga qo’yilgan.
1 – kosour; 2 – qo’l ushlagich (panjara); 3 – balka (to’sin); 4 – lift.
Xizmat zinalari – xizmat (ish) maydoni bilan aloqa qilish uchun, ko’prik kranlar kabinasiga ko’tarilish uchun muhim qurilish konstruktsiyalarini ko’zdan kechirib turish uchun o’rnatiladi. Ularni po’lat konstruktsiyalardan tayyorlanadi.
Yong’in paytida foyydlaniladigan zinalarning asosiy vazifasidan tashqari sanoat binolarining balandliklari har xil bo’lgan joylarda va fonarlarning to’ri qismida o’rnatiladi.
Avariya zinalari kishilarni yong’in va avariya yuz bergan paytda binodan evakuatsiya qilishda, asosiy zinalardan foydalanishning iloji bo’lmay qolgan taqdirda ishlatiladi.
Bunday zinalarni eng uzoq ish joyidan to chiqish joyigacha bo’lgan masofasi 30m dan 100m gacha bo’lib, ishlab chiqarish kategoriyasiga, bino qavatiga, o’tga chidamliligiga bog’liq bo’ladi. Ular po’lat yoki temirbetondan tayyorlanib, bino tashqarisiga ko’p marshli konstruktsiyada o’rnatiladi.
yostiqqa mahkamlanishi; g – g – narvon;
1 – shveller; 2 – list; 3 – po’lat tasma; 4 – har 300mm masofada qo’yiladigan diametri 18mm li sterjen; 5 – o’lchami 100x100x6mm bo’lgan plastina; 6 – burchaklik.
Ko’prik kraniga chiqish uchun mo’ljallangan xizmat zinasining tsex ichki ustunlarida joylashish sxemasi.
Sanoat binosi etajerkasi.
1 – ustun; 2 – ishchi maydon; 4 – texnologik jihozlar.