O‘g‘itlash. Ko‘chat o‘tkazilgach, ikkinchi yildan boshlab har yili qish oldidan ishlov berishda go‘ng va superfosfat solinadi. Bir, ikki, uch yoshli o‘simlik tagiga 10 kg go‘ng, 20 g dan azot va fosfor hamda 10 g kaliy o‘g‘iti solinadi, meva beruvchi tuplar tagiga esa 20–25 kg. dan go‘ng va 80–100 g fosfor (tuplarining yoshi kattalashgan sari solinadigan o‘g‘itlar miqdori ortib boradi), 80–120 g azotli va 40–60 g kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Bunda mineral o‘g‘itlarning 50 foizi fevralda va qolgan qismi may oxiri-iyun boshlarida – mevalari shakllanganidan keyin solinadi.Bundan tashqari, limon tuplari birinchi marta qishda vegetatsiya boshlangungacha, ikkinchi marta gullash oldidan va 3–4 marta tugunlar to‘kilganidan keyin va mevalar o‘sishi davrida 20–25 kun oralatib go‘ngli sharbat bilan sug‘oriladi. Go‘ngli sharbat sigir, qo‘y-echki va parranda go‘ngini (2:1:1) ariq suvida yaxshilab ezib, sug‘orish egatlariga quyiladi. Yozda go‘ngli sharbat kechqurun va ertalab beriladi.Shox-shabbalarini kesish va shakllantirish. Yuqori va mo‘l hosil olish uchun tuplarning faqat me’yorda oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishi bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. O‘sib ketgan va shakllangan novdalarni daraxt yoshiga munosib ravishda siyraklash, chilpish va butash yo‘li bilan muntazam parvarishlash juda zarur. Bunda tupning o‘sishi va meva berishi yaxshilanadi.Handak va issiqxonadagi limon o‘simligi shox-shabbasiga shakl berishda ajratilgan joydan oshib o‘smaydigan, shox-shaxbbasi bir tekis rivojlangan, ixcham, mayda shoxchalari ko‘p va serbarg, past bo‘yli o‘simliklar yetishtirishga asosiy e’tibor beriladi. Ularning asosiy shoxlari va tanasi kalta 40–45 sm. dan oshmasligi kerak. Shakl berish va butashdagi asosiy ishlar novdalarni chilpish, so‘ng kesish va hali yog‘ochlanmagan ortiqcha navdalarni kesib olib tashlashdan iborat. Ba’zan yon shoxlari, shuningdek qurigan, singan, shox-shabbani qalinlashtirib yuboradigan shoxlar va novdalar kesib tashlanadi. O‘simliklar har yili yetarli miqdorda yangi novda chiqarsa, ular to‘xtovsiz hosil beradi.Pakana (pastak) shakl berilganda dastlab uch asosiy tartib shoxlarning uzunligi 20–25 sm, o‘rtacha bo‘yli shaklda 35–40 sm. li bo‘ladi.Shakl berilgan standart ko‘chatning 8 tanasi va 3–4 ta pishishi kerak. Standart bo‘lmagan ko‘chatlar o‘tqazilganda 25 sm. dan ortiq qismi (pastan) kesib tashlanadi va 3–4 ta bo‘lajak asosiy shoxi qoldiriladi. Birinchi tartibdagi shoxlar bir-biridan 5–8 sm, oraliqda joylashgan bo‘lishi kerak. Qolgan shoxlar va novdalari kesib tashlanadi. Limon o‘simliklariga pastak shakl berishda birinchi tartib novdalarning uzunligini taxminan 25 sm. ga yetganda, uchi 2–3 ta bargi bilan kesib tashlanadi. Shundan so‘ng bir hafta o‘tgach, novda bir oz uzayib, yog‘ochlashganda, 20 sm uzunlikda qoldirib, ichki tomondagi kurtagigacha kesib tashlanadi. Keyin har bir birinchi tartib shoxda 2 ta ikkinchi tartib, ularning har birida 2 tadan uchinchi tartib shox qoldirib kesiladi. Ba’zan bitta yoki uchta shox qoldiriladi. Qoldiriladigan keyingi tartib shoxlari soni ularning boshqa shoxlar orasida mavjudligi va joylashishiga, oldingi tartib shoxlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Qoldirilgan novdalar har xil barg bo‘g‘imlarida joylashgan bo‘lishi kerak. Bitta barg bo‘g‘imidan bir nechta novdadan faqat bittasini qoldirib, boshqalari kesib tashlanadi. Qoldirilgan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi tartib novdalar har doim bo‘yi 25 sm. ga yetganda uchi chilpib tashlanadi. Taxminan bir haftadan keyin, ular yog‘ochlashganda 20 sm. dan ortig‘i kesib tashlanadi. Bunda, odatda, ikkinchi tomondagi yon kurtagigacha kesiladi.Dastlabki 3–4 ta tartib shoxlar tanlanganda ularning bir tekis joylashishiga alohida e’tibor berish kerak, chunki shox-shabbalarning asosiy qismi keng, novdalarni yon tomoniga o‘sishiga yordam beradigan, shox-shabbaning o‘rtasidan yuqoriga qarab o‘sishni tezlashtirmaydigan bo‘lishi zarur. G‘ovlab ketgan novdalarning hammasi kesib tashlanadi. Handak va issiqxonalarda o‘stiriladigan Meyer nav limonning shox-shabbasiga ham ana shunday shakl beriladi.Limon o‘simligining novdasi o‘sish sur’ati jixatidan bir-biridan farq qiladi, ba’zilari yo‘g‘on, boshqalari mayda, nozik bo‘lganligi bois har doim ham shakl berish uchun yetarli bo‘lmaydi, natijada bu ish ikkinchi yili ham davom ettiriladi. O‘sayotgan novdalar o‘z vaqtida chilpib, pishgandan keyin kesilsa, shox-shabbaga kerakli shakl berish mumkun bo‘ladi. Chilpib tashlangan novdalar, odatda, bittadan yangi novdalar chiqararadi. Ko‘proq shoxlash uchun bu novda pishgandan keyin kesib qisqartiriladi. Agar faqat bitta kurtak o‘sib chiqsa, yana ikkinchi marta pastroqdan kesiladi. Lekin, ikkinchi marta kesish ko‘pincha o‘zini oqlamaydi. Ko‘p kesilsa ma’lum miqdordagi shox va barglar kesilib ketadi va o‘simlik nimjonlashib qoladi. Shuning uchun chilpish va kesish shox shabbaning holatiga mos ravishda olib borilishi kerak. Chilpigandan keyin tez o‘sib ketadigan novdalar kesib qisqartiriladi. Kuchli o‘sadigan novdalar va shoxlarning yon shoxlari kesiladi.Asosiy shoxlardagi serbarg kalta shoxchalar qoldiriladi, chunki ular ayniqsa birinchi yili o‘simliklar yaxshi o‘sishini ta’minlaydi. Novdalar butun vegitatsiya davrida chilpib kesilaveradi, buning uchun har oyda o‘simliklar 2–3 marta kuzatib turiladi. Bu tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish maqsadga muvofiqdir.O‘simlik agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda parvarish qilinsa birinchi yili kamida ikki tartib shox chiqaradi. Ekilgandan 2–3 yil o‘tgach chiqqan 4–5-tartib novdalar gullab meva tugadi. Shuni aytish kerakki, tegishli tartibdagi novdalar limon o‘simliklarning hosilga kirish qobilyatini to‘liq belgilamaydi, bu juda ko‘p omillarga bog‘liq. O‘simliklar hosilga kirganda ham ularga shakl berish ishi davom ettiriladi, bunda ularning shox-shabasi mo‘ljallangandan katta bo‘lib ketmasligi kerak. Ayrim shoxlar novdasining o‘sishi tartibga solinadi, kesiladi. Hosilga kirgan o‘simliklarni butash, odatda, eng serhosil bo‘lgan o‘rtacha uzunlikdagi shoxlarni chiqarishga qaratilgan. Keyingi yilarda mamlakatimizda sitrus o‘simliklarga har xil shakil berish bo‘yicha olib borilgan tajribalar handaklar va issiqxonalarda pastak va yarim pastak shakl bilan bir qatorda, vertikal so‘ri usulida shakl berish ham yuqori samara berishini ko‘rsatdi. Shpaler (sim bag‘az) usulida shakl berilganda shox-shabba ichiga yorug‘lik yaxshi tushadi va ular yaxshi ozuqlanadi, hosildorligi ortadi, handak va issiqxonada ularni parvarish qilish onsonlashadi, har gektariga ko‘proq ko‘chat ekish mumkun bo‘ladi. Bunday shakl berilganda sitrus o‘simliklarni eng yuqori agrotexnika darajasida parvarish qilish, ularning eng yaxshi o‘sishini ta’milaydigan sharoit yaratish kerak. Umuman olganda, sim bag‘az usulida shakl berilganda limon o‘simligi hosildorligining ortish evaziga sarflangan xarajatni to‘la qoplaydi.Issiqxona va handaklardagi limon o‘simliklari uchun ham tokzorlardagi kabi sim bag‘az qilinadi, ya’ni ko‘chatlar qatorining har 6 metriga temir-beton ustun o‘rnatilib, ularga 50 sm kenglikdan uch qator sim tortiladi. Sim bag‘azlarda o‘stiriladigan sitrus o‘simliklarga, odatda, palmetta (simbag‘azlarga bog‘lash) usulida shakl beriladi.Simbag‘azlarga shakl berib o‘stiriladigan ko‘chatlar o‘tqazishdan oldin 35 sm dan ortig‘i kesib tashlanadi. Eng yaxshi rivojlangan yuqorigi uchta novdasi qoldirib, boshqalari olib tashlanadi. Ikkita yon novdasi 70–75 sm. ga yetganda simning pastki qatoriga gorizantal holida bog‘lanadi. Bu novdalar birinchi yarusni hosil qiladi. Uchinchi novda ikkinchi, keyin uchinchi yarus hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Asosiy shoxlardan chiqqan novdalarning uzunligi 25 sm. ga yetganda uchi chilpib tashlanadi, keyin uchinchi va undan yuqori tartib novdalar chiqishi uchun kesiladi. Tarvaqaylab chetga qarab o‘sayotgan novdalar simbag‘azga bog‘lab qo‘yildi. Simbag‘azlar oralig‘i 1,2–1,4 m. Keyingi parvarish ishlari pastak shakl berilishidagi kabi bajariladi. Uch-to‘rt yildan keyn bo‘yi 2 m va undan oshadigan yaxlit limon o‘simliklar devori hosil bo‘ladi. Keyingi ishlar o‘simliklarning skletining asosini saqlash, shox-shabbasini qalinlashtirib yuboradigan ortiqcha shoxlarni kesib tashlash, novdalarning o‘sishini tartibga solish va hokazolardan iborat.Doim yashil o‘simliklarning bargi zapas oziq moddalar to‘planadigan joydir, butash paytida barglarning ko‘plab olib tashlash o‘simliklarning hayoti foliyatiga salbiy ta’sir etadi. Butashda ana shuni e’tiborga olish kerak. Kesilgan shoxlarda vegetativ o‘sish, chilpilgan shoxlarda generativ o‘sish ustunlik qiladi. Shunga ko‘ra, vegetatsiya davrida o‘simliklarni doim kuzatib borish zarur.Handak va issiqxonalar o‘lchamining cheklanganligi, sitrus o‘simliklarining o‘ziga xos biologik xususiyatlari ayniqsa hosil shoxlarining yuqori qismi ko‘proq rivojlanishi shoxlarni kesish uzunligi ma’lum talablar qo‘yadi. Qancha kesish kerakligi o‘simliklar hosil novdalarning uzunligiga bog‘liq. Masalan, Meyer limonining novdalari o‘rtacha 15–20 sm uzunlikda kesiladi. Sitrus o‘simliklar hosilga kirgan davrda asosan qishda, ya’ni shonalaguncha va novdalari o‘sgunicha butaladi. Qurigan, singan, chirmashib, qalinlashib ketgan shoxlar kesib tashlanadi, ishlashga xalaqit beradiganlari qisqartiriladi. Hosil berib bo‘lgan shoxlari meva tugilgan joyining pastrog‘idan kesib tashlanadi. Yuqoridagi tadbirlarni yil davomida 3–4 marta o‘z vaqtida o‘tkazsh lozim. Bir galgi muddatda kesilmay qolsa, keraksiz novdalar ko‘p o‘sib chiqib, novdalari chiqishi va rivojlanishi susayib ketadi. Kech kesilsa ham vegetativ massasi va unga sarflangan ozuq moddalar bekor ketib, o‘simliklar noziklashib qoladi, hosildorlik pasayadi.Meyer limoni novdalarining taxminan 20 sm dan ortig‘i chilpib tashlanadi, chunki yangi novdalar asosan 15–20 sm li shoxlardan chiqadi. Chilpilgandan keyin novda ancha o‘sib, dastlabki bo‘ynining 30 foizgacha yetadi. Odatda, sitrus o‘simliklari novdasi 10–12 ta barg chiqarganda chilpiladi. Bu jarayon odiroq o‘tkazilsa, hosil novdalarning o‘sib chiqishiga salbiy ta’sir etadi. Chilpilgan o‘simliklarning novdasi vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi. Bunda faqat eng yuqori kurtak o‘sadi, tana va shoxlar o‘smaydi. Shuning uchun, novdaning 2–3 ta bargli uchi chilpib tashlangach, bir haftadan keyin shu novdalar kesib qisqartiriladi. Yon tomondagi va gorizantal joylashgan novda hamda shoxlarni chilpilsa bas, kesmasa ham bo‘ladi, chunki ular ildizning tez yoki sekin o‘sishiga ta’sir etib, meva tugilishini jadalashtiriladi. Shox-shabbaning pastki shoxlarini soyalab qo‘yadigan vertikal o‘sgan novdalarini halqalash yoki ko‘proq kesish kerak. Chunki yuqori qismidagi novdalar kuchli o‘sadi, lekin hosil barmaydi. Odatda, hosildor novdalar shoxlarning uchidan chiqadi, shunga ko‘ra shoxlar kesilsa, hosil birmuncha kamayashi mumkun. Shuning uchun chilpish bilan birga hali yog‘ochlanmagan novdalar kesib tashlandi, agar shakl berish uchun zarur bo‘lsa, faqat kuchli o‘sgan novdalari kesib qisqartiriladi. Dastlabki novdaning har biridan keyin o‘sib chiqqan novdalaridan ikkitadan qoldiriladi. Qolganlari ko‘klaganda kesib tashlanadi. Shoxning yoki novdaning har bir bo‘g‘imidan bittadan novda o‘sib chiqsa bas, qolganlarini olib tashlansa xam bo‘ladi.Hosil beradigan shoxlaridan yangi novda chiqarish mumkun: buning uchun hosil terib olingandan keyin ular kesib qisqartiladi. Limon o‘simligi asosan oldingi yillari o‘sib chiqqan bahorgi novdalarida meva tugadi. Yozgi va kuzgi novdalari bilan kesilsa, hosildorlikka uncha ta’sir etmaydi. Kuzgi novdalar, odatda hilpilmaydi. Bachki novdalarni o‘sib chiqishi bilan olib tashlanaveradi yoki halqa shaklda kesiladi. Ba’zan shox-shabbasining bo‘sh joylarini to‘ldirish uchun ulardan foydalanish mumkun. 7–8 yoshli limon o‘simligi ko‘proq butiladi. shox-shabbaning yuqori qismidagi baquvvat o‘sgan keyingi ikkinchi-uchinchi tartib novdalar halqa shaklda kesiladi, ba’zan ikkinchi-uchinchi tartib asosiy shoxlar yangilanadi. Shox-shabba orasidan o‘sib chiqqan novdalar va shoxlar kesib tashlanadi. O‘simliklarni yoshi oshgan sari uning tanasi kattalashadi, novdalar shox-shabbaning chetlariga tomon kamroq o‘sadi. Bunda yoshartirish uchun butash zaruriyati tug‘iladi, bu ish qishki tinim davrida amalga oshiriladi. Shu maqsadda 3–4 tartib shoxlangancha bo‘lgan hamma asosiy shoxlar kesib tashlanadi. Kesilgan joyiga bog‘ malxami surib qo‘yiladi. Yangi novda chiqqandan keyin shox shabbani shaklantirish uchun zarur miqdordagi novdalar qoldiriladi. Vegetatsiya davrida yangi tartib novdalar chiqadi. Limonzorlarda hosildor daraxtlar bilan bir qatorda kam hosilli, baquvvatlari ham bo‘ladi. Bunday tuplar handaklarda limon yetishtirish samaradorligini ancha pasaytiradi. Bunday ko‘chatlarning har bittasi o‘rniga yangi ko‘chat o‘tqazish befoyda, chunki uning yon-atrofidagi o‘simliklar uni soyalab qo‘yadi, natijada u o‘sishda va meva tugishda orqada qoladi. Ushbu hollarda limon hosilini har xil usullar bilan oshirish kerak bo‘ladi; bunday usullarning eng yaxshisi hosilsiz daraxt shoxiga hosildor daraxtning kurtaklarini payvandlashdir. Bir-ikki, uch yillik novdalarga kurtak payvand qilinadi, bunday novdalar hosil bo‘lishi uchun o‘simliklar ko‘pincha bahorda butaladi. Avgustning oxiri sentyabrning birinchi yarmida kurtak payvand qilgan ma’qul. Ikki yillikdan ortiq yoshdagi shoxlarda kurtaklarning hammasi yaxshi tutmaydi. Bir tup daraxtdagi 10–12 ta kurtak payvandlanadi, ular 1–2 yildan keyin hosilga kiradi. Ba’zan hosilga kirmaganlariga qaytadan qalamcha payvand qilinadi.Limon o‘simligining hosilga kirishini tezlashtirish va hosildorlikni oshirish maqsadida tupni yoki ayrim shoxlarni maxkam bog‘lash va halqalash usuli qo‘llaniladi, lekin bu usullar kurtak payvandga nisbatan kam samara beradi. Bu usullarning foydasi faqat bir mavsum davomida seziladi. Agar iyun oyida bog‘lansa, uning ta’siri keyingi yili namoyon bo‘ladi. Shoxlarini egib, gorizontal tortilgan sim bog‘lab qo‘yilganda ham hosil ko‘p tugiladi. Halqalash va mahkam bog‘lash oziq moddalarning barglaridan pastga – ildiz tomon harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi, kurtaklar, gul, tuguncha va mevalarning yaxshi rivojlantirishiga yordam beradi. Daraxtlarni tanasi va shox-shabbasi halqalanganda po‘stloq bilan lub 0,3–0,5 sm kenglikda o‘tkir pichoq bilan kesib olib tashlanadi. Vegetatsiya davrida kesilgan joyning yuqorisida bo‘qoq hosil bo‘ladi. Bu usul har yili hosil terib olingandan keyin takrorlanadi. Uning natijasi ikkinchi yili nomoyon bo‘ladi.Tup yoki shoxlar esa iyun oyida bog‘lanadi. Bunda ularga ikki qavat qalin qog‘oz bilan o‘ralib, ustidan sim bilan mahkam bog‘lanadi. Shoxlar o‘sishi natijasida bog‘langan joyda chuqurcha hosil bo‘lmaguncha sim yechilmaydi. Bu jarayon, odatda bir mavsum davom etadi. Keyin sim va qog‘oz olib tashlanadi. Halqalangan va siqib bog‘langan shoxlar ko‘p gul chiqaradi, mo‘l meva tugadi. Mevalarning kimyoviy tarkibi va ta’mi o‘zgarmaydi. Zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish. Limon daraxti issiqxona va handaklarda ko‘pincha yumshoq soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi Omayt (10 l suvga 3–4 g), Danadin (10 l suvga 10 g), Niguol, Altikor (10 l suvga 1,5 g) Vertemeks preparatini 0,5–0,8 foizli qilib sepsa ham bo‘ladi. Preparatlar o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa barglarining pastki tarafidan purkaladi.O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun o‘tkaziladi. Qora kuyasimon zumburuglar va oq chirish kasaliklar barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1 foizli Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasini qo‘shimcha purkalganda xolos etadi.O‘simlik tanasi gommoz yelim oqish bilan kasallanganida, kasallikning ilk bosqichida shikastlangan po‘stloq qismi va yog‘ochi sog‘lom qatlamgacha kesib tashlanadi. Bundan so‘ng tozalangan joy 3 foizli mis kuporosi bilan dizenfeksiya qilinadi va bog‘ katroni bilan shuvaladi. Katron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mo‘miga (2:1) oz miqdorda mol yog‘i qo‘shib eritiladi. Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib yondiriladi, turog‘i esa 1 foizli formalin eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi. Ozuqa moddalarining yetishmasligi Azot yoki fosfor barglarning barchasi och-yashil yoki sarg‘ish-yashil tus oladi, daraxt o‘sishi sekinlashadi, hosil kamayadi. Azot yetishmasligi geografik tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi.Kaliy mevalar kichik, ularning qobig‘i yupka va g‘ayrioddiy sillik bo‘lib qoladi.Kalsiy boshqa tashqi belgilar mavjud bo‘lmagan holda, daraxt o‘sishi juda sekinlashadi va hosil kamayadi.Mis yosh novdalar keragidan ortik uzayib, barglar kattalashib ketadi; poyada yelim hosil bo‘lishi va novdalar uchidan boshlab nobud bo‘lishi mumkin. Kasalliklarga qarshi ekinga tarkibida mis bo‘lgan fungitsidlar purkaladigan joylarda mis yetishmasligi kuzatilmaydi. Temir avval yosh, keyin boshqa barglarda yaqqol xloroz kuzatiladi – barglar och-yashil yoki sarik, barg tomirlari esa to‘q-yashil tus oladi. Temir yetishmasligi daraxt ildizi suv ostida qolib, shikastlanganida, nematodalar bilan zararlanganida yoki ekin mis bilan zaharlanganida yuzaga chiqadi. Daraxtlar neytral yoki ishqoriy tuproqlarga ko‘ra nordon tuproqlarda temirni yaxshiroq o‘zlashtiradi. Temir yetishmasligining oldini olish yoki buning salbiy oqibatlarini yo‘qotish uchun tuproqqa temir xelati solinadi.Magniy yetishmasligi qumoq tuproqlarda tez-tez uchraydi. Bu oson aniqlanadi barglarda, oldin chetlaridan boshlab, xloroz rivojlanadi va barglarning ko‘p qismini egallaydi, faqat barg asosida delta shaklli yashil qismi saqlanadi.
Marganets barglar tomirlari yashil rangini sqlab qoladi, ammo ular orasidagi to‘qimalarda chipor dog‘lar hosil bo‘ladi. Molibden yetishmasligi nordon tuproqlarda uchraydi, bunda kattaroq barglarning har ikki tarafida tomirlari oralarida xira-sariq, katta dog‘lar hosil bo‘ladi. Bor yetishmasligi: yaqqol va xarakterli belgilari – mevalar kichik, qattiq, qobig‘i kalin bo‘lib qolishi, shaklini yo‘qotishi va ba’zan qobig‘ida yelim hosil bo‘lishidir.Oltingugurt yetishmasligi kam kuzatiladi; uning belgilari azot yetishmasliginiki bilan bir xil, ammo ular faqat yosh barglarda uchraydi.Rux yetishmasligi tarqalishi bo‘yicha azot yetishmasligidan keyingi o‘rinni egallaydi. Bunda (avval yosh) barglarda xloroz hosil bo‘ladi, barglar kichik va novda bo‘g‘in oralari kalta bo‘lib qoladi. Xloroz tomir oralarida tarqaladi, barglar juda och-yashil bo‘lib qoladi. Surunkali rux yetishmasligi novda va shoxlar nobud bo‘lishiga olib keladi.Bor zaharliligi. Barglar uchidan boshlab sarg‘ayadi, keyin sarg‘ayish barg chetlari orqali pastki qismlariga tarkaladi. Zararlangan to‘qimalar keyinroq nobud bo‘ladi. Zararlangan barglarning ostki tomonida yelim hosil bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi ortiqcha bor ekinni yaxshilab sug‘organda yoki kuchli yomg‘ir yoqqanda yuvilib, chiqib ketadi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha elementlar yetishmasligining oldini olish yoki yetishmaslikni davolash uchun, tuproq nordonligini tartibga solgan holda, tegishli elementlarni tuproqqa kiritish yoki ularning eritmalarini barglarga purkash lozim.
Savollar:
|