Matn atamasi - "O'zbek tilining izohli lug’ati" da arabcha, eskirgan, kitobiy aynan tekst deb izohlangan (1, 452). 1-sinf "Ona tili" darsligining 39-betida matn xususida nazariy ma'lumot bergan. O'sha ma'lumot: "Matn nutqning yozma shaklidir" (2010-yildagi darslik). Shu bilan birgalikda "matn mazmunan o'zaro bog’langan gaplardan tuzilishi" hamda "matnni qismlarga bo'lish, unga sarlavha qo'yish, reja tuzish mumkin " ekanligi zikr etilgan. Matn - lotincha: to'qma so'zidan olingan bo'lib, qo'yidagi ma'nolarda qo'llanadi: 1.Yozilgan yoki bosilgan asar, nutq, uning biror parchasi.
2.Musqa asrlariga yozilgan so'zlar.
3.Grammatik jihatdan shakllangan gaplarning o'zaro mazmunan birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlik.
4.Matn - biror muallifning nutqi.
5.Matn - keng ma'noda bir butun asar (makrotekst). Matn bo'lish uchun komponent orasida mazmuniy va sintaktik bog’lanish o'lishi shart. Shunday qilib, barcha xususiyatlarni chamlab, quyidagicha umumiy qoida yaratish mumkin. Matn - hamma elementlarni o'zaro zich aloqada bo'lgan va muallif nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan nominativ-estitik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma.
Matnda inson tajribasida umumlashgan fikrlar o'z ifodasini topadi.
Matnlar hajm va tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Matnlar hajm jihatidan uchga bo'linadi: kichik, o'rta va katta. 1. Kichik matnlar: telegramma, ma'lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushitirish xati, hamda vaqtli matbuotda chiqqadigan e'lon va kichik xabarlar, kichik hajmdagi matnlar sanaladi.
2. O'rta matnlar: hikoya, qissa, she'r, doston, poemalar kiradi.
3. Katta matnlar: povest, roman, dramatik asrlar, trilogiyalar kiradi.
Tuzilishiga ko’ra matnlar gap, murakkab sintaktik butunlik, xat bjshi (hoshiya), bo'lim va boblarga bo'linadi. Bu birliklar matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirshda muhim rol o'ynaydi.
Gap. Matnning eng kichik bo'lagi gap hisoblanadi.
Bu o'rinda "gap" atamasi biz odatlanib kelgan "tugal fikr anglatgan, predikativ aloqaga ega bo'lgan til birligi" ma'nosidan keng, ya'ni "gap" nutq birligi sifatida, mustaqil konstruktsiya holatida mavjud bo'lgan grammatik va mazmuniy aloqaga ega bo'lgan birlik deb tushuniladi. Shuning uchun ham istagan so'zlarni biriktirib so'z birikmasi yoki gap tuzib bo'lmagani kabi, har qanday gaplarni biriktirib ham matn tuzib bo'lmaydi. Masalan, quyidagi turtta gapdan bir matn yaratib bo'lmaydi. Dalalar ko'm-ko'k bo'ldi. Ilg’or o'quvchilar mukofotlandimi? Mashina yurdi. Bu gaplar mazmun va jihatdan turlicha bo'lib, ular orasida umumiy mazmuniy boqlanish yo'q. Boshg’acha aytganda, matndagi gaplar bir-biri bilan kontak yoki distant holatda bog’lanishi shart:
Bektemir ko'zlarini ochganda, yomg’ir shiddatli yog’moqda edi.
Halin daraxtlar ham pana bo'lmagan, shinel jig’g’a ho'l;
Yuzidan tomchilar qo'yilib, suv bo'ynidan ichiga ham oqib tushgan. Suyaklari og’riq. qizcha uning bag’riga suqilib, ingrab yotar edi ... (Oybek).
Sintaktik butunliklar. Gapda nisbatan yirik bo'lgan sintaktik tuzilishdir. Sintaktik butunliklar bir necha mustaqil gaplarning yig’indisida iborat bo'ladi. Sintaktik butunliklar tarkibidagi formal jihatdan mustiqllikka ega bo'lgan komponentlar biri. Ikkinchisining mazmunini izohlab, to'ldirib, aniqlab kelishi shartdir.
Sintaktik butunliklar boshxatning bir qismi yoki to'liq boshxatdan iborat bo'lishi mumkin. Sintaktik butunliklarni bir-biridan uzun pauza ajratib turadi.
Sintaktik butunliklar tabiat tasviri, turli personajlarning portiretlarini chizish matnlarida ko'p ishlatiladi:
O'rta bo'yli, qorni katta, buyni kalta va yog’on, boshi ham katta va sego'sht bir odam edi, bo'yning yog’onligi va yuzining sergo'shtligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv to'ldirilgan meshday tekiz ksh o'rinar edi. Agar uning halin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham echib tashlansa, nortuyaning oshqazoniga o'xshab qolar edi, faqat farqi shuki, bu tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizqishroq bo'lib, oy kuni to'lgan semiz, to'lagan, keksa bo'g’oz cho'chqani xuddi o'zi bo'lib qolar edi. Bunday qiyofani ko'rgan hamon mening ko'nglimga ajab emaski, xalq bu odamning qorni kattaligi uchun emas, balki gavdasining yum-yumaloqligi uchun unga, "Ishkamba" laqabini munosib ko'rgan bo'lsa, degan fikr keldi (S. Ayniy).
Xat boshi (abzats). Abzats so'zi nemischa so'z bo'lib, ich tomon, orqa tomon, surmoq degan ma'nolarni anglatadi. Yozma nutq matnida yangi yo'l (qator) dan bir oz joy qoldirib boshlash.
Xat boshi bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo'lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir. Xat boshi bir sodda gapdan yoki qo'shma gapdan tashkil topishi mumkin. Xat boshi biror nutqning alohida shaklga ega bo'lgan maxsus birligi emas, balki yozma nutqning harxil sintaktik butunliklaridan tashkil topgan qismidir.
Monologik nutq o'z xarakteriga ko'ra cho'ziq bir necha gapdan iborat bo'lishi mumkin. Dialogik nutq ham cho'ziq ba'zan birgina so'zdan tashkil topishi va yangi abzatsni tashkil qilishi mumkin.
Do'ppifuro'sh qori Ishkambaning bu gapiga kularekan, mendan:
-Sizga nima kerak? -deb so'radi.
- Do'ppi! (S.Ayniy).
Bo'lim: ilmiy yoki badiiy matning ma'lum bir masalaga bag’shlangan mazmuniy yaxlitlikga ega bo'lgan alohida bir qism.
Bob. Biror asar yoki maqolaning ayrim qismi, fasli. Boblar ma'lum bir qismlardan tashkil topishi yoki bir butun holatda bo'lishi mumkin. Har bir bob o'z mustaqil kompozitsion tuzilishiga ega bo'ladi. Masalan, 1992-yilda qabul qilinga O'zbekiston Respublikasining Konistitusiyasi 26 bobdan iborat. Badiiy matn boblari bir-biri bilan uzviy bog’langan umumiy kompozitsion tuzilishga ega bo'lsa, ilmiy yoki rasmiy matnlarda har bir bob o'z mustaqilligin saqlashi mumkin.