Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти


Surunkali dizenteriyaning uzluksiz



Yüklə 32,6 Kb.
səhifə4/4
tarix04.01.2022
ölçüsü32,6 Kb.
#55976
1   2   3   4
Surunkali dizenteriyaning uzluksiz davom etadigan xilida kasallik simptomlari kundan-kunga avj olib, betuxtov davom etadi va bemorning axvoli borgan sari ogirlashib boradi. Ovkat xazm kilish buziladi, bemor ozib ketadi, gipovitaminoz, kamkonlik va disbakterioz alomatlari kuzatiladi. Surunkali dizenteriyaning bu xili keksayib kolgan va umman kasalmand, zaif kishilarda uchraydi.

III. Bakteriya tashuvchilik. Bakteriya tashuvchilarda intoksikatsiya alomatlari va ichak funksiyalari buzilishiga xos belgilar bulmaydi. Ammo bakteriya tashib yuruvchi kishi zamonaviy usullar bilan xar tomonlama tekshirilsa, uning organizmida infeksion jarayon belgilari borligi aniklanadi. Demak, bakteriya tashuvchilarda kasallik subklinik xolatda, zimdan kechadi.

Dizenteriya asoratlari: Utkir dizenteriyadan sung bemorlarning 5-15% da residiv uchraydi. Residivda ba’zan dizenteriyaning xamma simptomlari kurinadi, boshka xollarda esa uning ayrim belgilarigina paydo buladi. Ba’zi xollarda tugri ichak chikib kolishi, orka teshik devori darz ketishi, bavosilning zurayishi va kamdan-kam ichak yorilishi, natijada peritonit rivojlanishi mumkin.

Diagnostikasi:Epidemilogik ma’lumotlar va klinik simptomlar bilan bir katorda dizenteriyaning diagnostikasida laborator natijalar xam muxim rol uynaydi. Bakteriologik usul juda muxim, birok bemorlarning fakat 22-80% dangina dizenteriya mikroblarini ajratib olish mumkin buladi. Bemor axlatini ekib undirishda tartib koidalariga aloxida e’tibor bermok kerak. Bemorga antibiotiklar tayinlanmasdan oldin uning axlati Ploskirov ozik muxitiga ekiladi.

Egri gemagglyutinatsiya reaksiyasi xam kasallikning 5-kunlaridan boshlab musbat natija bera boshlaydi. Uning diagnostik titri 1:160 va undan yukori.Uning titri 2 xafta davomida kupayib boradi-da, 4 va 5-xaftalardan keyin kamaya boshlaydi. Immunoflyuressent usuldan xam foydalaniladi. Bemor axlatini mikroskop ostida tekshirilganda leykotsitlar, eritrotsitlar va epitelial xujayralar topiladi.

Rektoromanoskopiya juda katta axamiyatga ega bulgan tekshiruv usulidir. Rektoskop yordamida yugon ichakning pastki 30 sm li kismi shillik pardasida yuz bergan patomorfologik uzgarishlarni kuz bilan kurish mumkin buladi. Rektoskopda kuyidagicha manzaralar kuzga tashlanadi:


  1. kataral proktosigmoidit;

  2. kataral gemorragik proktosigmoidit;

  3. eroziv proktosigmoidit;

  4. yarali proktosigmoidit.

Dizenteriya diagnostikasida Severkalov allergik reaksiyasidan xam foydalaniladi.

Epidemiologik ma’lumot, klinik simptomlar, laboratoriya tekshirish natijalari va rektoskopiya manzaralarini chukur taxlil kilish yuli dizenteriyani kuyida kayd kilingan kasalliklardan ajratib, aniklab olish mumkin buladi.



Davolash: Dizenteriyaning engil xiliga uy sharoitida xam davo kilish mumkin. Bunda albatta, uydagi imkoniyatlar, uning sanitariya xolati, oila a’zolarining gigiena koidalariga rioya kilishini e’tiborga olish kerak. Ozik-ovkat maxsulotlariga alokador joyda ishlaydigan bemorlar albatta kasalxonaga junatiladi.

Bemor urnidan turmay yotishi kerak, xojatga borish uchun turishga ruxsat etiladi. Kuprok uxlash foydali. Dizenteriyaning dastlabki davrida bemorga 4-rakamli parxez tayinlanadi. Ich ketishi tuxtagach 2 yoki 15-parxezlar taomlariga utish ruxsat beriladi. Parxezning xilidan kat’iy nazar bemorga etarli mikdorda uglevodlar, yog, oksil moddalari va vitaminlar berish kerak. Bemorga ovkat tanlashda xamma vakt uning yugon ichagidagi patomorfologik uzgarishlarni nazarda tutmok zarur.



Kasallik kuzgatuvchi mikrobga karshi ta’sir utkazish: Oxirgi yillarda olib borilgan kuzatishlar va tekshiruvlar natijasiga kura shigellalar nevigramon va kanamitsin, polimiksin-M-sulfat, furozolidonga etarli darajada sezuvchan ekanligi aniklangan. Shu tufayli dizenteriyaga davo kilishda ana shu preparatlarni kullash maksadga muvofikdir. Nevigramon kuniga bemorning 1 kg ogirligiga 60 mg xisobidan 5-7 kun beriladi. Polimiksin-M-sulfat kuniga 100 mgG’kg xisobidan 5-7 kun beriladi. Furazolidon 0,05 g dan kuniga 3 maxaldan 1 xafta beriladi.

Patogenetik davo: Dizenteriya ogir utib, intoksikatsiya belgilari yakkol kuringanda dezintoksikatsion dorilar ishlatiladi: osh tuzining fiziologik eritmasi, Ringer-Lok eritmasi, «Trisol», «Disol», «Atsesol», «Laktosol» eritmalari 1-2 litr mikdorida yuboriladi. Bulardan tashkari kolloid eritmalari bir kecha-kunduzda 400-800 ml mikdorda venadan yuborilib turiladi. Bemor axvoli juda ogir bulganda ba’zan kiska muddat davomida kortikosteroid gormonlar ishlatiladi.

Bemor organizmining ximoya kuchlarini oshirish maksadida surunkali dizenteriyada Chernoxvostov tavsiya etgan va spirtda tayyorlangan vaksina ishlatiladi, vaksina bemorning terisi ostiga yuboriladi.

Ogiz orkali beriladigan dizenteriya immunogeni xam organizm ximoya kuchlarini oshiradi. Kayta-kayta residiv bilan utadigan dizenteriyaga davo kilishda protein, plazma, albumin yaxshi natija beradi. Zardob poliglobulini xam muvaffakiyat bilan kullaniladi. Bu preparatlarda gammaglobulindan tashkari betaglobulin xam bor. Zardob poliglobulini mushak orasiga yoki venaga 3 ml dan kun oralab yuboriladi. Bemorga albatta polivitamin berish kerak. Polivitamin boshka jixatlardan tashkari antibiotiklar bilan davolanganda yuz beradigan ichak disbakterioziga karshi choradir.

Tukimalarda modda almashinuvini yaxshilash uchun bir kecha-kunduzda 0,2-0,4 dan 4 maxal pentoksil, 1-2 g dan 4 maxal metiluratsil ichirib turiladi. Dizenteriyada ishlatiladigan pirogenal, prodigiozon organizm ximoya kuvvatini oshiradi, regeneratsiya jarayonini va fagatsitozni kuchaytiradi. Yod bilan polivinilalkogolning birlashmasi - yodinol xam organizm rezistentligini kuchaytiradi. Yodinol ichiriladi yoki 1% li eritmasi xukna kilib yuboriladi. Poliyodin 1 kunda 1 tabletkadan beriladi. U dizenteriyaningsubklinik formasida kuprok ishlatiladi. Ichak disbakteriozini yukotish uchun bemorga kolibakterin, bifidumbakterin, bifikol yoki laktobakterin beriladi. Bu dorilar antibakterial preparatlar bilan davolash tugagandan sung 1-2 kun utgach beriladi. Ular dizenteriya surunkali shaklga utishini, kasallik residivi va bakteriya tashuvchilik shakllanashini oldini oladi.



Profilaktikasi: Avvalo dizenteriya diagnozini imkoni boricha barvakt aniklab, bemorni kasalxonaga junatish yoki kasallikning undan boshkalarga yukmaslik choralarini kurish zarur. Dizenteriyaning bilinar-bilinmas belgilari bilan utadigan va ayniksa subklinik turini aniklashga aloxida e’tibor kilinadi. Ichi ketgan bemorlarning xammasi nazorat ostida bulishi kerak. Bemor yotgan uy dezinfeksiya kilinadi. Bemorning kasalxonadan uyiga ketishiga kasallik simptomlari barxam topib, axlati tekshirib kurilganda dizenteriya mikroblari yukligi anik bulgandan keyingina ruxsat beriladi. Uyiga kaytgan bemor poliklinika vrachi nazoratida buladi.

Axoli orasida sanitariya-gigiena koidalariga rioya kilish zarurligini tushuntirish va umuman axolining sanitariya-gigiena xakida tegishli bilimlarga ega bulishi juda muxim.
Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin