Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix24.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#133587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
iqtisodiy xavfsizlikni taminlash xxr milliy xavfsizlik tizimini

1.1.1-
 
rasm.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi tizimi 
Manba: Tadqiqot natijalari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 
Shubhasiz, har qanday mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashning 
asosiy tashkil etuvchisi inson resurslari hisoblanadi. Bunda uning nafaqat 
miqdoriy, balki sifat ifodasi ham muhim rol o`ynaydi. Tashkiliy tuzilmalarning 
asosiy elementi – bu insonlar, ularning maqsadlari, faoliyati va munosabatlari 
ekan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan o`z vazifalarining hal etilishi ham 
ko`p jihatdan tashkiliy tuzilmalarga kiritilgan insonlarning faoliyatiga, kadrlarni 
boshqarish rasional tizimining barpo etilganligiga, ya`ni ularning maqsadga 
muvofiq tanlanganligiga, joy-joyiga qo`yilganligiga, moslashuv jarayonining 
maqsadga muvofiq o`tkazilishiga, mehnat faoliyatining rag`batlantirilishiga, sifat 
jihatdan rivojlanishiga va kasbiy jihatdan o`sishiga bog`liq bo`ladi
21

Davlat iqtisodiy xavfsizligi uchun uning texnik-ishlab chiqarish elementi 
muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga qayd etish lozimki, mamlakatimizda ishlab 
chiqarish vositalari importi hajmining salmoqli tarzda o`sishi natijasida ushbu 
21
Числов А. И. Защита и реализация экономических интересов России как основные направления 
обеспечения ее экономической безопасности / А. И. Числов, Е. А. Цишковский // Юридическая наука и 
правоохранительная практика. – 2006. – № 1. – С.15. 
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi 
Inson resurslari 
xavfsizligi 
Texnik ishlab chiqarish 
xavfsizligi 
Texnologik 
xavfsizlik 
Oziq-ovqat xavfsizligi 
Energetika xavfsizligi 
Boshqaruv 
xavfsizligi 
Axborot xavfsizligi 
Moliyaviy xavfsizlik 
Tashqi iqtisodiy 
xavfsizlik 


vositalar bo`yicha mamlakatimiz xorijiy mamlakatlarga tobora ko`proq tobe` 
bo`lib qolmoqda. 
Iqtisodiy xavfsizlikning texnologik tashkil etuvchisi mamlakat ilmiy-texnika 
salohiyatining shunday holatini ifodalaydiki, u eng qisqa muddat ichida fuqarolik 
va mudofaa ishlab chiqarishining yetakchi tarmoqlarida yuksak rivojlanishni 
ta`minlaydigan texnologik qarorlarni ishlab chiqishni kafolatlaydi. Ayniqsa, ishlab 
chiqarishga jalb etilayotgan resurslarning salmog`i kam bo`lgan holatda 
kishilarning ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlarini qondira oladigan novatsiyalar 
alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot 
texnologiyalarini rivojlantirishga yuqori darajada e`tibor qaratadilar. Axborot 
tarmoqlarining rivojlanishi o`z navbatida bilimlar ishlab chiqaruvchilari, ularni 
tarqatuvchilari va foydalanuvchilari sonining o`sishini ko`zda tutadi. Shuningdek, 
axborotlar olishni bir necha marta yengillashtirar ekan, ular hayotga yanada global 
xarakter baxsh etadi. 
Iqtisodiy xavfsizlik tizimining muhim elementi oziq-ovqat xavfsizligi 
hisoblanadi. U iqtisodiyotning qishloq xo`jalik sektori mamlakat aholisini oziq-
ovqat, sanoatni zaruriy qishloq xo`jalik xomashyosi bilan ta`minlashini ko`zda 
tutadi. 
Iqtisodiy xavfsizlik tizimida energetika xavfsizligining roli katta. U milliy 
iqtisodiyot va mudofaa majmuasi ehtiyojlari uchun energiya tashuvchilarini 
barqaror yetkazib berishni ko`zda tutadi. Bu ayniqsa, yoqilg`i-energetika resurslari 
taqchil bo`lgan mamlakatlar, xususan, Yaponiya, XXR va qator Yevropa 
mamlakatlari uchun alohida ahamiyatga ega. Ayni vaqtda yoqilg`i-energetika 
resurslariga boy mamlakatlarda bu omil iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari 
rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Xususan, Fors ko`rfazi arab 
mamlakatlari, Rossiya kabi mamlakatlar iqtisodiyoti ko`p jihatdan jahon yoqilg`i 
bozoridagi kon`yunkturaviy o`zgarishlarga bog`liq bo`lib qolgan. Bu esa iqtisodiy 
xavfsizlikni ta`minlashna salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlikning barcha tarkibiy komponentlarida 


milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash va turli tahdidlarga qarshi 
harakat uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda davlat kafolati talab etiladi. 
Demak, globallashuv jarayonlari chuqurlashib, raqobat kurashi murosasiz 
tus olayotgan vaziyatda iqtisodiy xavfsizlikka daxl qiluvchi, mamlakatning milliy 
manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan tahdidlarni aniqlash muhim 
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar deganda shunday hodisalar va jarayonlar 
tushuniladiki, ular mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shaxs, 
jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklaydi, milliy qadriyatlar va milliy 
hayot tarziga xavf tug`diradi. 
Iqtisodiy xavfsizlik amaliyotida bu tahdidlar ikki turga bo`linadi: ichki va 
tashqi. 
Ichki tahdidlar – bu o`z-o`zini asray olish va takomillashtira olish 
qobiliyatining mavjud emasligi, rivojlanishda innovasiya unsurlarining zaifligi
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarali emasligi, jamiyat 
evolyusiyasining og`riqsiz yo`llarini izlab topish uchun qarama-qarshiliklar va 
ijtimoiy tangliklarni bartaraf etishda manfaatlar mutanosibligini topish 
qobiliyatining mavjud emasligidir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin