Yuqoridagi jadvalda bankning aksiyadorlari keltirilgan ko'rish mumkinki 59.3 % bilan O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi asosiy aksiyadori bo'lib turibdi.
Bank tizimining daromadlilik ko‘rsatkichi. 3-jadval
Kreditlar bo‘yicha olingan sof foizli daromadlarning jami kredit qo‘yilmalariga nisbati
5.8
5.4
Sof foizli daromadlarning jami majburiyatlarga nisbati
5.5
4.9
Sof foizli marjaning jami aktivlarga nisbati
4.5
4.1
Yuqoridagi jadvalda O‘zbekiston Respulikasi bank tizmining daromadligi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2020-2021yillar oralig‘ida foizli daromadlar mos ravishda 5 283 mlrd. so'm va 6 898 mlrd. so'mni tashil etdi. Foizli xarjatlar esa mos ravishda 3 231 mlrd. so'm va 4 380 mlrd. so'mni tashkil etdi, shunda foizli marja 2 051 mlrd. so'm va 2 518 mlrd .so'mni tashkil etgan. Bu davr oralig'ida foizsiz daromadlar mos ravishda 2 566 mlrd. so'm va 3 665 mlrd. so'mni tashkil etib, foizsiz xarjatlar mos ravishda 393 mlrd. so'm va 467 mlrd. so'mni tashkil etgan va operatsion xarajatlar mos ravishda 1 139 mlrd. so'm va 1 238 mlrd. so'mni tashkil etgan, natijada foizsiz daromad mos ravishda 1 139 mlrd. so'm va 1 960 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shunda soliq to'langunga qadar sof foyda mos ravishda 1 211 mlrd. so'm va 1 455 mlrd. so'mni tashkil etdi.
5.Bank tomonidan xavfsiz omonatlar xizmatlari bilan tanishish .Bank uz navbatida mijozlarning ya'ni yuridik va jismoniy shaxslarning bush mablaglaring bank omonatlariga jalb kilgan xolda bank resurslarini tashkil kilgan xolda bu resurslardan yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berib boradi. .Bank kreditlashda tavakkalchilikni chegaralash bo'yicha O'zbekistonRespublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni, Adliya vazirligida 2015 yil 13 avgustda 2709-son bilan ro'yxatga olingan “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizom”i va 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan ro'yxatga olingan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi Nizom” talablariga muvofiq belgilangan me'yor ko'rsatkichlariga qat'iy rioya etilishi zarur. Bank tomonidan ajratiladigan kreditlarning turlari quyidagilardan iborat: a) tijorat kreditlari(shu jumladan: modulli(onlayn)); b) overdraftlar va kredit kartalar; v) faktoring operatsiyalari; g) avtokreditlar; d) moliyaviy lizing xizmatlari; u) mikroqarzlar; y) iste'mol kreditlari; j)sinditsiyalashtirilgan kreditlar; z) va boshqa kredit riski bilan bog'liq amaliyotlar. Ajratiladigan kreditlar foydalanish muddati bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi: a)qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha beriladigan kreditlar); b)uzoq muddatli kreditlar (bir yildan ortiq muddatga beriladigan kreditlar). Kreditlar ajratilishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi: a)alohida kredit hisobvarag'i bo'yicha “kredit yo'nalishini ochmasdan” kreditlash; b)alohida kredit hisobvarag'i bo'yicha “kredit yo'nalishini ochish bilan” kreditlash; v)revolьver kreditlash; g)overdraft, kredit karta asosida kreditlash; d)akkreditiv bo'yicha kreditlash; ye) onlayn kreditlash; yo) va boshqa turlarda kreditlash. Ajratiladigan kreditlarning maqsadlar bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi: a)asosiy vositalar sotib olish uchun beriladigan kreditlar; b)aylanma mablag'larni to'ldirish uchun beriladigan kreditlar; v)qishloq xo'jalik korxonalarini kelgusi yil hosilini bo'naklash uchun berilgan kreditlar; g)qurilishni moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlar; d)investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlar; ye)jismoniy shaxslarga beriladigan iste'mol kreditlari; yo)ipoteka kreditlari; j)aholi bandligini ta'minlash uchun ajratiladigan kreditlar; z)tadbirkorlik sub'ektlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlar; i)boshqa maqsadlarga ajratilgan kreditlar.