Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


-MAVZU: Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi REJA



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə71/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

26-MAVZU: Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi

REJA.

1.O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi.


2.Tadbirkorlik faoliyatida soliq munosabatlari



Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarur.
O‘z ehtiyoji uchun obyektlar qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish huquqini berish darkor. Shuningdek, kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO‘LOVLAR
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni 9-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari qatorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Soliq kodeksida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushunchalari mazmuni quyidagicha yoritib o‘tilgan.
Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Boshqa majburiy to‘lovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 12-modda
Demak, soliq – bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin