Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə69/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

Lizingning kamchiliklari:
yuqori darajadagi foiz to`lovlarini belgilanishi;
mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo`lgan paytida topish mumkin bo`ladi deb kafolat berib bo`lmaydi;
belgilangan foiz stavkalari qatьiy bo`lganligi uchun bank krediti foiz-lari ko`tarilganda asosiy vositani lizinga bergan tomon daromadi kama-yishi yoki zarar ko`rishi mumkin.

24-MAVZU: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda banklar


REJA.

1.Banklarning tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi roli.


2.Tadbirkor va bank munosabatlari.




Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar Assotsiatsiyasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirishda bank-moliya tizimining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlab, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Bunda Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda.
Mamlakatimizdagi tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining umumiy hajmi keyingi uch yilda 2,3 baravarga o‘sdi. Misol uchun, 2013-yilda oldingi yilga nisbatan 30,1 foiz ko‘p kreditlar ajratildi, berilgan investitsion kreditlar hajmi 1,3 barobarga oshdi.
Bugungi kunda banklar kapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etmoqda, bu bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan uch barobar ko‘pdir. Likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo‘lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan ikki barobar ko‘p miqdorni tashkil etmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin egallashida tijorat banklarining ham hissasi salmoqli bo‘lmoqda. 2016-yilda bank muassasalari tomonidan kichik biznes subyektlariga qariyb 16 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan, bunda mikrokreditlarning ulushi 3 trillion 300 milliard so‘mni tashkil etgan. Ayni paytda yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2016-yilda 2 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgan.
– Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo tajribasida nodir bo‘lgan amaliyot – tijorat banklari xodimlarining yurtdoshlarimiz xonadonlariga kelib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan bevosita muloqotlar o‘tkazishi yo‘lga qo‘yildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muxtor Shonazarov. – Uchrashuvlar mobaynida yurtdoshlarimizga chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil qilish singari yo‘nalishlarda kredit ajratish tizimi soddalashtirilgani, imtiyozlar joriy etilgani ma’lum qilindi. Bank xodimlari tomonidan ushbu faoliyat turlarining namunaviy biznes-rejalari taqdim etildi. Natijada joriy yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan mazkur yo‘nalishda qariyb 1 trillion 500 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 218 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.
“Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy ko‘rgazmada mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Hunarmand” uyushmasi singari kichik biznes subyektlari, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bank tizimi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, tadbirkor ayollar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bank xizmatlari haqida ma’lumot va tavsiyalar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari mamlakatimizdagi 340 mingdan ziyod xonadonga kelib, aholi o‘rtasida kredit olish shartlari, kerakli hujjatlar, tadbirkorlikni boshlash yuzasidan tushuntirishlar olib bordi, – deydi bank boshqarma boshlig‘i Ismoil Turopov. – Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga biznes loyihalari taqdim etish bilan birga qisqa fursatda kreditlarni rasmiylashtirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar va suhbatlar asnosida 32 ming 700 dan ortiq yurtdoshimiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bo‘lsa, ularning 20 mingga yaqiniga imtiyozli shartlar asosida 117 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, kichik biznes subyektlarini sifatli, qulay, ishonchli resurslar bilan ta’minlashda tijorat banklari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining mamlakatimizda quyonchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi bilan 57 quyonchilik agrofirmasi tashkil etilib, Italiyadan go‘shtga boqiladigan 1 ming 500 zotdor quyon keltirildi. Bugungi kunga kelib ularning soni 15 mingdan oshdi.
Ko‘rgazmada bank-moliya sektorining an’anaviy ishtirokchilari bilan bir qatorda yangi moliya muassasalari ham qatnashmoqda. Ulardan biri, 2016-yilning noyabr oyidan Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos rejaga ega.
– Biz odamlarga nafaqat qoramol yoki parranda xarid qilishda moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, balki ularni parvarishlash uchun zarur barcha infratuzilmani yaratib bermoqchimiz, – deydi “Madad Invest Bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki departament direktori Alisher Akbarov. – Bunda biz lizing beruvchi, qurilish korxonalari bilan hamkorlikda fuqaroga shaxsiy biznesini to‘liq shakllantirib beramiz. Rejamizda aholi yashash punktlariga yaqin joylarda zarur xomashyo bazalarini hamda yetishtirilayotgan mahsulotlarni xorijga eksport qilishga xizmat qiladigan xarid shoxobchalarini barpo qilish ham o‘rin olgan.
Tadbir davomida tijorat banklari tomonidan chekka va aholi zich joylashgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqarish mikrofirmalari, dehqon-fermerlar, yosh tadbirkorlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari aniqlandi. Ularga imtiyozli kredit ajratish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
– «Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yaxshi loyiha» tanlovi g‘olibi bo‘ldik, – deydi «Effekt konsalting» MChJ menejeri, Toshkent davlat agrar universiteti to‘rtinchi kurs talabasi Nurislom Sadayev. – Dasturiy ta’minot, konsalting xizmatlari sohasida uch yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonamizga ko‘rsatilgan bunday rag‘bat bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab etadi.
Ko‘rgazmada tijorat banklari, vazirlik va idoralar mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sohaga tatbiq qilinayotgan imtiyoz va preferensiyalar, tadbirkorlikning yangi turlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin