Blackcurse


Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə9/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
2 5215525430601193042

Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari;

  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarining takomillashuvi tarbiyaning asosi;

  • Zamonaviy tarbiyashunoslik muammolari.

    Tayanch iboralari: Tarbiya fanini, ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari, Ma’naviy-ma’rifiy, Zamonaviy tarbiyashunoslik, muammolari.


    Ta’limning milliy yo‘naltirilganligi –ta’limning milliy tarix, xalq ma’naviyati, an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarix va madaniyatini hurmatlashga yo‘naltirilgan yangi tarbiya tizimini taqozo qilmoqda. Ushbu Davlat buyurtmasini mukammal bajarmoq uchun uzluksiz ta’lim tizimi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari nuqtai nazaridan isloh qilinishi lozim. Zero, bu O‘zbekiston uchun muhim strategik, siyosiy zaruratdir.

    Milliy tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho‘rolar davrida ijtimoiy ongda “zamonaviylik-milliylik” tushunchalari orasida “sivilizatsiya-ekzotika” shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. SHu tufayli milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon – milliy tarbiyaning tobora zaiflashuviga yo‘l qo‘yildi, mafkuraviy maqsadlar ostida milliy qadriyatlarni o‘zaro aloqada yuksaltirish emas, balki birxillashtirish harakati rag‘batlantirildi. Ayniqsa, tarbiyani sotsialistik baynalmilallashtirish siyosati va amaliyotning asoratlari millatlarning ma’naviy hayoti, qiyofasida milliy g‘ururni tiklash, ajdodlar merosini o‘rganish kabi ehtiyojlarida namoyon bo‘lmoqda. SHuning uchun ham milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan millatlarning o‘z milliy-ma’naviy qadriyatlarini tiklashga bo‘lgan ehtiyoji tabiiy, qonuniydir. Bu esa milliy tarbiya mohiyatini ilmiy talqin qilishni umuminsoniy ma’rifiy zarurat maqomiga ko‘taradi.

    Har bir mamlakatning o‘z tarbiyaviy tizimi uning mustaqillik, milliy taraqqiyot yo‘lining pedagogik in’ikosidir. MDH mamlakatlari ham jahonning sobiq mustamlaka mamlakatlari bosib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotning uch yo‘liga duch keldilar. Dunyoviy tajriba bu yo‘llarni quyidagicha ta’riflaydi: milliy fundamentalizm – o‘tmishdagidek yashash; milliy modernizm - milliy zamonaviylashuv; milliy reformizm -boshqacha (masalan, ovrupocha, amerikacha yoki boshќalarga o‘xshab) shakl va mazmun kasb etish. Istiќlol yillarining boshida O‘zbek xalqining tarixda millat sifatida hayotini muvaffaqiyatli davom ettirishini, o‘zligini mukammal saqlab qolib, jahon sivilizatsiyasida namoyish qilishi talablariga qaysi yo‘l javob bera oladi? Buning uchun O‘zbekiston maktablaridagi sobiq kommunistik tarbiya tizimi o‘rnini qanday tarbiya tizimi egallashi kerak? “Jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutgan, millatni millat qiladigan narsalar butunlay toptalgan vaziyatda”(I.A.Karimov) bu yo‘l - milliy-madaniy taraqqiyotning modernistik tarzi milliy zamoniylashuvdir. Milliy davlatchilik, mustaqillikni mustahkamlashning pedagogik kafolatini ham aynan shu yo‘l – milliy-istiqloliy tarbiya g‘oyasi ta’minlashga qodir. Zero, milliy tarbiya jadidchilarning yangi usulda ta’lim va tarbiyani Ovrupo sivilizatsiyasiga moslashtirish emas, balki Ovrupo sivilizatsiyasini o‘rganib, uni milliy madaniyatga xizmat ettirish g‘oyasining yangi sharoitda, O‘zbekiston istiqloli talablari bilan boyitilib, kun tartibiga qo‘yilishidir.

    Milliy-zamoniylashuv yo‘lidan borish BMTning teng huquqli a’zosi – O‘zbekistonning “Inson huquqlari Deklaratsiyasi”da “Har bir kishining ona tilidan foydalanish, ona tilida ta’lim olish, milliy madaniyatni saqlab qolish va rivojlantirish huquqi ta’minlanadi”, - deb ta’kidlangan 4-moddasini amalda tatbiq etishga kirishganligidan ham dalolat beradi. YUNESKO amaliy tamoyillarida “o‘z madaniyatiga ega bo‘lmagan xalq yo‘q; har bir madaniyat hurmat qilinishi va saqlab qolinishi kerak bo‘lgan qadr-qiymatga ega; o‘z madaniyatini rati yuzaga kelsa, o‘sha jamiyatda maktabga, tarbiyaga e’tibor keskin kuchayib, tarbiyani, jamiyatni takomillashtirishning bosh vositasi deb tan olina boshlanadi. Tarix bu kabi misollarga boy. Ana shu nuqtai-nazardan mustaqil O‘zbekiston maktablari qarshisida turgan vazifa dolzarb va murakkabdir. CHunki endilikda ular ”sovet bolalari”ni emas, balki o‘zbek xalqining eng go‘zal fazilatlaridan bo‘lgan milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy odob, sof vijdonlikni, milliy istiqlol mafkurasini o‘z yo‘l ko‘rsatkichi qilib olib, yagona Vatan – O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi sharafiga xizmat qila oluvchi o‘g‘il-qizlarning yangi avlodini tarbiyalab etishtirishi kerak. Bu milliy-istiqloliy buyurtma oila, bolalar bog‘chalari, maktab, mahalla, turar joylarda, maktabdan tashqari muassasalarda hamkorlikda olib boriluvchi milliy tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin.

    “Milliy tarbiya” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi; O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsad, vazifa va tamoyillarining tarkibiy qismi; turli millatlar bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining xususiy, ma’naviy manbai; - o‘quvchilarni axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, go‘zallik, iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili; millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash va buning natijasida O‘zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishining insonparvarona yo‘li va vositasi; ijtimoiy va maktab tarbiyalari uyg‘unligining pedagogik sharti; insoniyatni umumbashariy uyg‘unlikka olib borishning pedagogik yo‘li; ijtimoiy- ma’naviy jabhada milliy xavfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi; etnopsixologik nuqtai-nazardan; o‘quvchilarda milliy (avto va getero) stereotiplarni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, rivojlantirish jarayoni ekanligi shundan dalolat beradi.

    Mustaqil O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy tarbiya tizimi – bu o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy xarakteri, axloq qoidalariga va milliy istiqlolning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, yangi – barkamol avlodlarni shakllantirishning pedagogik jarayonidir. Milliy tarbiya O‘zbekistonda ilmiy-pedagogik atama sifatida yaќinda qo‘llanaboshlanganligiga ќaramasdan u o‘zbek xalqi bilan azaldan birga, mavjud edi. CHunki o‘zbek xalqining tarixi - o‘zbekchilikka asoslangan tarbiyaning tarixi hamdir.



    Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin