Savobning ma’nosi.
O‘qituvchi: “Ota-bobolarimiz ham bir vaqtlar xuddi sizlardek yosh bolalar bo‘lganlar. O‘sha paytlarda o‘zbek shahar-qishloqlarida bir odat bo‘lgan: ayrim uy, hovlilarning ko‘cha eshigi oldida bo‘sh ko‘za, paqirni ko‘rish mumkin edi. Bu nimani anglatgan? Bu – “Biz xonadonda qariyalar (yoki bemorlar) yashaymiz. Suvimiz tugadi. Suvni keltirishga quvvatimiz etmayapti” degan ma’noni anglatar edi. Bu erdan o‘tib ketayotgan o‘smirlar (hozirgi bobolarimiz) qanchalik shoshilmasinlar, qanchalik o‘yinni sevmasinlar, “bechora kampir, bemor kishi suvsiz qolishibdi”, deb ko‘za, paqirni olib, quduq yoki hovuzdan suvga to‘ldirib, o‘sha muhtoj kishi yashaydigan eshik tagiga keltirib qo‘yib, eshikning xalqasini bir-ikki qoqib ketishar ekanlar. Ota-bobolarimiz bu ishni “savob, xayrli ish”deb bilganlar.
Bobolarimiz odamlarga yordam berishga doimo tayyor bo‘lganlar, ariqlarda, yo‘llarda axlatlarni, toshlarni chetga olib tashlaganlar, kattalarga, ayollarga qo‘lidan kelguncha yordam berishga harakat qilganlar”.
“Bobolar odati” suhbatida o‘rtaga tashlangan savollar:
Nima uchun ayrim hovlilar eshigida bo‘sh ko‘za, paqir turgan?
O‘sha paytlar yosh bola bo‘lgan bobolarimiz nima uchun bo‘sh ko‘za, paqirni ko‘rib, o‘tib ketavermaganlar? Axir kasal kishilar suvni kim keltirganligini bilmaganlarku?!
Siz bobolaringizga o‘xshab savob ish, yaxshilik qilgan kishilarni ko‘rganmisiz? O‘zingiz-chi? Misollar keltiringlarchi.
Imkoniyati bo‘la turib savob ish qilmaganlarnichi? Misollar bormi?
Sinf jamoasining bu masalaga munosabati qanday? Biz qanday bolalar, kishilar bo‘lmog‘imiz kerak? Nima uchun?
1992-1993 o‘quv yilida
SHuningdek, “Meros” davlat dasturidan maktab tarbiyaviy ishlar tizimida So‘fi Olloyorning 300 yilligi
Nodiraning 200 yilligi
Miriyning 150 yilligi
Hurshidning 100 yilligi
Ѓayratning 90 yilligi
Masson va Belyaev o‘quvlari
Beruniyning “Hindiston” asarining 960 yilligi
Abdurahmon Jomiy vafotining 500 yilligiga bag‘ishlangan xotira
1993- 1994 o‘quv yilida
Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi
Zavqiyning 140 yilligi
Ergash Jumanbulbulning 125 yilligi
Ѓozi Olim YUnusovning 90 yilligi
Elbekning 90 yilligi
SH.Abdurahmonovning 70 yillik to‘yi
“SHohnoma” ning 1000 yilligi
1994-1995 o‘quv yilida
Ulug‘bekning 600 yillik xalqaro to‘yi
Feruzning 150 yilligi
So‘fizodaning 125 yilligi
Avaz O‘tarning 110 yilligi
Abdulla Qodiriyning 100 yilligi
Botuning 90 yilligi
Borovkovning 90 yilligi
Ayub Ѓulomovning va Fattoh Abdullaevning 80 yillik to‘yi
“Qutadg‘u bilig”ning 925 yilligi
“Hazoyin ul maoniy” kulliyoti tuzilganligining 500 yilligi
1995-1996 o‘quv yilida
Dostları ilə paylaş: |