Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə38/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
2 5215525430601193042

Ko‘nikma va malakalar

Konstruktiv

Milliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish malakalari; har bir bola shaxsining pedagogik tashhisini, bolaning pedagogik tarixi, hozirgi va istiqbolini ko‘ra bilish; milliy tarbiyada umumpedagogik usullarni qo‘llay bilish; bir millatli va ko‘p millatli o‘quvchilar jamoasida har bir o‘quvchini milliy tarbiyalashning xususiy dasturini tuzib, amalga oshira bilish malakalari; tarbiyalanuvchilarga yakka, guruhiy va tabaqalashgan holda yondashuv, ularning yosh psixologik, jinsiy, mahalliy xususiyatlarini hisobga ola bilish malakalari; va boshqalar.



Tashkilotchilik

Sinfning faol o‘quvchilarini, jamoasini milliy tarbiyaviy maqsadlarda jipslashtirib, boshqara olish; sinf ahlining jamoa bilan yakka faoliyat turlarini tashkil qila olish; o‘quvchilarning ijtimoiy-milliy faolliklarini rag‘batlantirish, rivojlantirish; o‘quvchilarga milliy tarbiyaviy maqsadlarda topshiriqlar berish va ularning boshqarilishini nazorat qilish, yordam berish; mahalla, qishloq, oila, homiy tashkilotlar bilan milliy tarbiyaviy hamkorlikni tashkil qilish va h.k.



Kommunikativ

O‘quvchilar, o‘qituvchilar, ot-onalar, mahalla, qishloq oq-soqollari bilan aloqa o‘rnata olish; o‘quvchilar orasida, shaxslararo, referent guruhlararo, millatlararo munosabatlarni boshqara olish; har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topib, o‘ziga moyillik uyg‘ota olish; jamoaga, o‘quvchiga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirning qanday natija berishini oldindan ko‘ra olish; dunyoga, o‘ziga va mazkur vaziyatga o‘quvchisining ko‘zlari bilan qaray olish; tevarak atrofni, munosabatlarni, milliy madaniyatni o‘quvchi darajasida(o‘zini o‘quvchisining o‘rniga qo‘yib) tasavvur, idrok qila olish (empatiya) va h.k.



Gnostik

O‘quvchining milliy tarbiya ob’ekti sifatida pedagogik o‘rganish; milliy tarbiyaviy faoliyatda pedagogik-psixologik bilimlardan, ilg‘or tajriba namunalaridan, adabiyotlardan foydalanish; izlanuvchanlik; milliy tarbiyaviy vosita, tashkiliy shakl, uslub, yo‘l-yo‘riqlarni muqobil tanlash; o‘zining kasbiy va shaxsiy sifatlarini tahlil qilib takomillashtirish; milliy istiqlol talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini isloh qilishga tayyorlik, isloh qila olish va h.k.


Amaliy

YAxshi rasm solish, raqsga tusha olish, musiqa asbobini chala olish, qo‘shiq kuylay olish, u yoki bu buyumlarni yasab, tuzata olish va h.k.; milliy tarbiyaviy tadbir, bayramlarni rejalashtirib, tashkil qilib, boshqarib o‘tkaza olish; ta’limning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini, texnik vositalarini tayyorlash va qo‘llash va h.k.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin