Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə34/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
2 5215525430601193042

BO‘Z QISSASI

Badiiy o‘qish

1-o‘quvchi:

Mustaqillik qudratidan kashfi imkon ayladik,

Qomusi istiqlolni tilga qalqon ayladik,

O‘zbekiston xalqini do‘stu qadrdon ayladik,

Bo‘zlik ajdodlar ruhin guliston ayladik

2-o‘quvchi:

Ona Bo‘z tarixining satrini doston ayladik,

Tinglagan har Bo‘zlik ko‘nglini osmon ayladik.

3-o‘quvchi:

Ishladilar kecha-kunduz, kasbi-chorvadorlik,

G‘allakor erlar ochildi, yashnadi bog‘dorlik,

Mehnatidan keldi noni- ko‘rmadilar xorlik,

O‘tdi yuz yil, yana ming yil-qildilar dildorlik,

O‘quvchilar: naqorat

3-o‘quvchi:

Nikolayning mirshabi “Ko‘ch”! deya shitob ayladi,

To‘ra ellik boshimiz xalqiga xitob ayladi;

Ey birodarlar, yuring! Oqposhsho xunob ayladi,

Millatimizning ko‘zin yoshini selob ayladi!

O‘quvchilar: naqorat

4-o‘quvchi:

“Mardikor ber!”deb Nikolay ayladi farmonini,

Bo‘zlik va to‘rt yigit qo‘ydi garovga jonini,

Dodini aytib, xudodan so‘radi darmonini,

Bir yil o‘tmay qaytdilar, tashlamay chakmonini.

O‘quvchilar: naqorat

5-o‘quvchi:

Ochdi maktabni-Bo‘zning ko‘zini Haydar Umar,

O‘rtatib biyron ona so‘zini Haydar Umar,

O‘qitib o‘g‘il-qizini-Bo‘zni Haydar Umar,

Qildi rahmatga munosib o‘zini Haydar Umar.

O‘quvchilar: naqorat

6-o‘quvchi:

O‘ttiz uchinchi yili bo‘ldi yomon ocharchilik,

Har uchinchi bo‘zlikdan oldi jon ocharchilik,

Haydadi Qarshiyu, Xishrav, Jom tomon ocharchilik,

Qanchani qirdi vabo, kasbi qiron ocharchilik.

O‘quvchilar: naqorat

7-o‘quvchi:

Ketdiyu jangi jahonga qaytmadi sakson yigit,

Etmishi keldiyu, ammo qaytmadi sakson yigit,

Kuydirib oqsoch kellinni qaytmadi sakson yigit,

Qotilining kimligini aytolmadi sakson yigit.

O‘quvchilar: naqorat

8-o‘quvchi:

Bu shahid sakson yigitning har biriga ming duo,

Sog‘-omon qaytganlarning har biriga ming duo,

Sajdagoh me’morlarining har biriga ming duo,

Ul Rajab, Omon, Juma bobolariga ming duo.

O‘quvchilar: naqorat

9-o‘quvchi:

O‘zbekiston xalqining toshdan bo‘lsin boshi,

Har kuni tomosha, to‘y, bo‘lsin kabobu oshi,

Rahbari sohib adolat, elsevar yurtboshi,

SHul sabab aylar duo har kun qariyu yoshi.

O‘quvchilar: naqorat

Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi o‘zbek oilalarida mohiyatan yangi, sifat o‘zgarishni sodir qilmoqda, Bu sobiq “sotsialistik oila”dan “milliy oila”ga ko‘tarilishni, ya’ni ma’nan, madaniy axloqiy, g‘oyaviy boyishni anglatadi, oilaninig ichki va tashqi munosabatlari ham milliylik va zamonaviylik bilan tobora boyitila borilishi lozim. CHunki milliy mustaqillik oila manfaatlarini millat, Davlat va maktab manfaatlari bilan uyg‘unlashuviga zamin yaratdi. Ana shu tarbiyaviy birlik ehtiyoji maktab, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchi va uning oilasini pedagogik o‘rganish va takomillashtirish orqali ta’minlanadi.

Oilani milliy pedagogik o‘rganish sinf rahbariga o‘quvchi o‘sayotgan oilaning turmush tarzi; milliy tarbiyaviy imkoniyatlari; oila tarkibi;oilaning milliy, istiqloliy qadriyatlarga munosabati va boshqalar haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi. Oilani milliy pedagogik o‘rganish bola maktabga qabul qilingan kundan boshlanishi kerak. Bu keyinchalik har bir o‘quvchining milliy tarbiyasiga yakka yondashuv dasturini yaratish imkonini beradi. Oilani milliy pedagogik o‘rganish usullari quyidagilardan iborat:

-o‘quvchilarning milliy odobi va o‘qishini kuzatish;

-oilalarga tashrif buyurganda ota-ona, ona-bola, ota-bola, aka-uka, va h.k. munosabatlarni kuzatish;

-oilaviy marosimlarda qatnashish;

-ota-onani maktabga taklif qilib, yakka suhbatlashish;

-oilada milliy madaniyat, o‘tirish-turish, jihozlar, ma’rifatga, ma’naviy qadriyatlarga munosabatni kuzatish;

-televidenie, radio, gazeta, jurnallardan qanday mavzularni yoqtirishlarini aniqlovchi anketa-so‘rovlarni tashkil qilish;

-o‘quvchilarga o‘z oilalari, ajdodlari haqida insho yozdirish;

ota-onalar yig‘ilishlari qo‘mitasi ishiga milliy tarbiyaviy vazifalarni kiritish va h.k.

YUqoridagi uslublarning faol qo‘llanilishi, ota-onalar bilan o‘tkazilgan tarbiyaviy xuquq va majburiyatlar haqidagi suhbatlar, ularni zamonaviy bolalar tarbiyasi muammolariga jalb etish, milliy tarbiyani mahalla, qishloq oqsoqollari kengashlari faoliyati yo‘nalishiga aylantirish va boshqa choralar ota-onalarning tarbiyachilar sifatidagi faolliklarining oshishiga olib keldi. Sinf rahbarlari tarbiyaviy ishlar tashkilotchilarining sistemali olib borgan ishlari milliy tarbiyani amalga oshirishda oila, mahalla imkoniyatlarini to‘laroq ishga solishni ta’minladi. Buning natijasi o‘laroq tajriba maktablarida faol ota-onalarning salmog‘i osha bordi(15-jadval)

15-jadval



Umumiy o‘rta ta’lim maktablari

1991-92 o‘.y

1992-93 o‘.y

1993-94 o‘.y.

1994-95 o‘.y

Pastadarg‘om tuman 33-son maktab

7.3

10.5

19.7

30.4

Qo‘shrabot tuman 13- son maktab

5.7

11.4

17.3

25.9

Samarqand shahar 64-son maktab

10.1

18.4

27.6

39.1

Katta qo‘rg‘on shahar 2-son maktab

14.2

20.5

29.7

42.2

Pastadarg‘om tuman 26-son maktab

19.3

37.0

44.9

6.1

Samarqand tuman 95-son maktab

9.3

14.9

26.8

38.7

Xullas, umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim mazmunini milliy tarbiyaviy maqsadlarga sistemali yo‘naltirish tamoyillaridan unumli foydalanish; o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatinig milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish va maqsadli qo‘llash; maktab, oila, mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorligining hayotiy uslub, vositalarini joriy qilish o‘quvchilarda milliy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishga kompleks, sistemali yondashuvni ta’minladi. Bu esa o‘quvchilarda milliy odob, O‘zbekiston vatanparvarligi, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, milliy mafkuraviy onglilik darajalarining uzviy ko‘tarilishiga - milliy tarbiyalanganlikning umumiy darajasining o‘sishiga olib keldi (16-chizma)

16-chizma. O‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajalaridagi o‘zgarishlar.




Savol va topshiriqlar:


  1. Insonparvarlik tarbiyasi va tarbiya texnologiyalari qonuniyatlari

  2. Yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish;

  3. Sharq mamlakatlarida shaxs tarbiyasi masalalari

  4. G‘arb mamlakatlarida shaxs tarbiyasi masalalari




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin