Blackcurse


-Mavzu: Axloqiy fazilatlarni shakllantirish metodlari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə35/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
2 5215525430601193042

9-Mavzu: Axloqiy fazilatlarni shakllantirish metodlari.

Reja:

  1. O‘z o‘zini anglash va o‘z o‘zini tarbiyalash metodlari

  2. Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs kamolotining poydevori

  3. Tarixiy, ma’naviy-madaniy me’rosga sodiqlik, tarixiy xotira maskanlari

  4. Zamonaviy tarbiyada media


Tayanch iboralari: O‘z o‘zini anglash, o‘z o‘zini tarbiyalash, shaxs kamoloti, Tarixiy, ma’naviy-madaniy me’ros, sodiqlik, tarixiy xotira, Zamonaviy tarbiya, media.


O‘Qituvchilarni milliy tarrbiyaviy jarayonga rahbarlikka tayyorlash
1. Mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisining milliy tarbiyachi sifatidagi namunaviy andoza-modeli
Mustaqil O‘zbekistoning ma’naviy sog‘lom yosh avlodlari, millatning bo‘lajak vatanparvarlari, milliy g‘urur, odob, vijdoniylik sohiblarini tarbiyalashning eng mushkul yoki pirovard natijada o‘qituvchining zimmasiga tushadi. SHu tufayli u nafaqat keng va chuqur bilimli o‘quvchilarni, balki, eng avvalo ana shu bilimni egallashni o‘zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga mas’uldir. Bu respublikamizning milliy istiqloli, mafkurasi maktab oldiga qo‘yib turgan dolzarb buyurtma bo‘lib turibdi va shunday bo‘lib qoladi. SHuning uchun O‘zbekiston o‘qituvchisi nafaqat matematika, adabiyot va h.k.larni keng va chuqur bilishi, balki tarbiyaviy jarayonning mohir tashkilotchisi, o‘quvchilarning ustozi bo‘lishi, milliy istiqlol talablaridan kelib chiqib o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini shakllantira bilishini talab qilmoqda.

O‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda samaradorlikka erishish qator ziddiyatlarning ijobiy hal qilinishiga bog‘liq. Bular quyidagilardan iborat:

-mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqib o‘qituvchiga qo‘yilayotgan tarbiyaviy talablarning tobora oshayotganligi, bundan keyin yanada oshishi va respublika pedagogika institutlari va universitetlarida o‘qituvchi tayyorlashda bu talablarni qondirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilmaganligi orasidagi ziddiyat;


  • pedagogika fanining milliy mafkuraviy, ma’naviy ahamiyati kuchayayotganligi (nafaqat yoshlar, balki kattalarni ham mafkuraviy, ma’naviy tarbiyalash haqidagi fan sifatida) va umumpedagogik bilimlar mazmunida, uslub, vositalarda milliy istiqloliy yo‘naltirilganlik darajasi orasidagi ziddiyat;

  • pedagogika institutlari, universitetlari o‘qituvchilaridan milliy tarbiyaning nazariy, uslubiy bilimlarini chuqur bilishlari talab qilinayotganligi va bu bilimlarning real darajasi orasidagi ziddiyat;

  • O‘zbekiston xalqi, davlati, Prezidentining milliy g‘urur, vijdoniylik, millatlararo muloqot madaniyati, O‘zbekiston Vatanparvarligi, milliy mafkuraviy onglilikni tarbiyalash haqidagi talablarning tobora dolzarblashayotganligi orasidagi ziddiyat.

17-chizma. Bo‘lajak o‘qituvchilar olayotgan bilimlar guruhi va nisbati (Respublika O‘qituvchilar uyi namoyishgohidan olindi.(18| U-1993).


Ushbu ziddiyatlarning sababi bir tomondan, tarbiya jarayonining murakkab, uzoq davom etishi va ziddiyatliligi, ikkinchidan, milliy tarbiya nazariyasi va uslublarining pedagogika institutlari va universitetlarida hali mustaqil kurs sifatida o‘rganilmayotganligi bo‘lsa, uchinchidan, pedagogika institutlari va universitetlari o‘quv soatlari hajmida pedagogika va psixologiyaga soatlarning kam ajratilganligi bo‘lib chiqdi (17-chizma). Bu holat amaliyotda o‘zini namoyon qilmoqda. Tajribali maktab direktorlaridan biri S.Sodiqovaning fikricha, “pedagogika instituti va universitetini bitirib kelgan yosh o‘qituvchilar dastlab o‘quvchilar bilan munosabatda o‘zlarini “domla” kabi tutadilar. Agarda pedagogika bilim yurtlari bitiruvchilarining maktab o‘quv-tarbiyaviy ishlariga to‘la kirishib ketishlari uchun 1-2 oy kerak bo‘lsa, pedagogika institutlari bitiruvchilariga 6 oy, pedagogika institutlari kechki bo‘limlari va universitet bitiruvchilari uchun kamida bir yil kerak bo‘ladi”. (1993-yil dekabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatdan). Bu fikrni universitetlar, pedagogika institutlari bitiruvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovlar ham tasdiqladi

18-jadval. Davlat imtihon arafasida talabalar tomonidan pedagogika institutlari va universitetlarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajalarining baholanishi.

Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyati; O‘zbek filologiyasi; Tarix; Jismoniy tarbiya; Mehnat ta’limi va uslubiyati kulliyotlari so‘ralganlarning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin