IY.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaning pedagogik-psixologik asoslari bilan qurollantirish
Milliy istiqlol O‘zbekiston maktablarida ta’lim va tarbiyani takomillashtirish va buning uchun avvalo bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ydi. Ushbu ijtimoiy buyurtmani bajarish universitet va pedagogika institutlarida o‘quv- tarbiyaviy jarayonni oqilona tashkil qilishni, bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning samarali shakl, uslub va vositalarini izlab topishni; talabalarni milliy istiqlolning pedagogik ehtiyojlarini to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatishni; milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati haqidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirishni; milliy tarbiyachilik ko‘nikma, malakalarni maxsus shakllantirishni taqozo qildi. Boshqa tomondan, bu muammo respublikamiz pedagog-olimlarining maqolalarida, munozaralarida dolzarb mavzuga1 aylana bordi. Pedagogik jamoatchilik fanimizning 90-yillari boshidagi holatiga “pedagogika ilmidagi chuqur inqiroz” deb tashhis qo‘ydilar. Bu inqirozning tub ildizlari eng avvalo; -pedagogikaning milliy zamindan, ko‘hna SHarqning ming yillik teran an’analaridan uzilib, mutlaqo o‘zga milliy asoslarga tayangan holda talqin qilinganida; -pedagogik qonuniyatlar masalasining behad kuchsiz ishlanganida; -bu borada hamon umumiy munozaralardan chetga o‘tilmayotganligida; O‘zbekiston uzoq vaqt boshqa milliy pedagogikalar tarixini o‘rganish urf bo‘lganligida va boshqalarda ekanligi chuqur asoslab berildi1.
Mazkur kamchiliklar o‘qituvchi-tarbiyachi tayyorlashning nazariy, g‘oyaviy jihatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, boshqa tomondan, pedagogik amaliyotida yosh o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishdagi no‘noqliklarida qayta-qayta qayd etmoqda edilar. Bu esa haqiqatan ham o‘qituvchi-tarbiyachi tayyorlash tizimini milliy istiqloliy talablar asosida isloh qilishni dolzarb mavzuga aylantirgan edi. SHu tariqa mustaqillik, milliy istiqlolning O‘zbekiston o‘qituvchisiga qo‘yayotgan milliy tarbiyaviy talablari va o‘qituvchilarimizning milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlik darajalari orasida nomuvofiqlik mavjud edi.
Mazkur kamchiliklarning bartaraf qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaning nazariy, uslubiy asoslari bilan qurollantirish; talabalarni nazariy xulosalar chiqarish; pedagogik vaziyatlarni mustaqil tahlil qilish; pedagogik sabab va oqibatlar orasidagi bog‘lanishlarni kuzatish; pedagogik ta’sir mantiqini egallash; pedagogik diagnostika, texnologiya, prognostika uslublarini qo‘llash; o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga o‘rgatish kabi pedagogik-psixologik vazifalarni hal qilish lozimdir.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik-psixologik tayyorlash jarayoni pedagogika institutlari va universitetlarida “O‘qituvchilik kasbiga kirish” kursini o‘rganishdan boshlanadi. Mazkur kurs talabalarni ilk mashg‘ulotlardan boshlab o‘qituvchi-tarbiyachilik kasbi haqida, unga milliy mustaqillik sharoitida qo‘yilayotgan talablar, milliy istiqlolni mustahkamlashda maktabning, yosh avlodlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida bilimlar beradi. Bu orqali talabalarda pedagogik, psixologik, ma’naviy, g‘oyaviy, mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirishning ilk bosqichidir. “O‘qituvchilik kasbiga kirish” kursining mazmuni asosan, 1) o‘qituvchilik kasbi va mustaqil O‘zbekistonning o‘qituvchiga qo‘yayotgan talablari; 2) bo‘lajak o‘qituvchilar mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan o‘quv muassasalari: gimnaziya, umumta’lim maktabi, litsey, kollej, maktab-internatlar tavsifi; 3) pedagogik ta’lim tizimi, mustaqil ishlash o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati va shakllari; 4) kutubxonada ishlash, adabiyotlarni tahlil qilish, ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari to‘g‘risidagi va boshqa bilimlardan iborat. Mazkur kursning bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash katta ahamiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchilarga tavsiyalar berildi. Jumladan: -talabalarni SHarqda o‘qituvchi-ustozlarning jamiyatda egallagan yuksak mavqei bilan tanishtirish: –SHarq madaniyati, ma’naviyat, ilmning shuhratida ularning tutgan o‘rnini ko‘rsatish:-Al- Forobiy, Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa allomalarimizning shakllanishida o‘qituvchi-ustozlarning tutgan o‘rinlari ustoz-shogirdlik ananalari xaqida bilimlar berish: -Pedagogika va pedagoglarning mamlakatimizdagi milliy davlatchilik, tiklanishdagi roli: -mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talabalar, o‘qituvchidan talab qilinuvchi shaxsiy va kasbiy sifatlar tizimi haqida batafsil to‘xtalish: -milliy tarbiyaviy tushunchalar berish va h.k.
Seminar mashg‘ulotlarida odob-axloqdagi milliylik, insonlarga xos ijobiy va salbiy sifatlarning pedagogik tabiatini asoslab, hayotiy pedagogik vaziyatlar hosil qilib, talabalarning o‘z kasblariga qiziqishlari oshirildi, ularni maktab va o‘quvchilar bilan uchrashuvga tayyorlab borildi.
“Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limining “Pedagogikaning predmeti va ilmiy-tadqiqot usullari” mavzusini o‘rganishda talabalarga pedagogikaning fan sifatidagi ob’ekti -inson, predmeti -tarbiya ekanligiga alohida urg‘u berildi. Insonning turfa xususiyatlaridan biri - uning u yoki bu millat vakili ekanligi; sovet pedagogikasidagi jiddiy nazariy kamchilik ham bartaraf qilindi - pedagogikaning ob’ekti masalasiga oydinlik kiritildi. Pedagogikaning predmetini sharhlashda ham ob’ekt - inson va tarbiyaning milliy xususiyati nazariy mantiqiy asoslandi. Bu g‘oya pedagogikaning ilmiy-tadqiqot uslublari: shaxs va uning kamoloti; pedagogik jarayonning qonuniyatlari; uzluksiz ta’lim tizimi kabi mavzularda ham rivojlantirildi. Jumladan, o‘quvchini o‘rganishda u o‘sgan mahalliy, milliy muhitga e’tibor berish; milliy qadriyatlarga munosabati va ularni egallaganlik darajasini qayd qilish; o‘quvchida boshqa sifatlar bilan bir qatorda milliy g‘urur, vijdoniylik, vatanparvarlik, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilikning shakllanganligini o‘rganishning ahamiyatiga urg‘u berib o‘tildi.
“Pedagogik g‘oyalarning tarixiy rivojlanish bosqichlari” bo‘limida “O‘zbekistonda maktab, maorif va pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixi” maxsus mavzu qilib belgilangan edi. Universitetlarda to shu paytgacha ushbu mavzu o‘zbek mutafakkirlarining fikrlarini sharhlash bilan cheklanib kelingan edi. Bu mavzuni o‘tishda har bir davrda tarbiyaning milliy, diniy xususiyatiga, maqsad va vazifaga ega texnologik jarayon bo‘lganligiga e’tibor kuchaytirildi. Masalan, “Rossiyada pedagogik g‘oyalarning rivojlanishi” mavzusida K.D.Ushinskiy va uning tarbiyaning xalqchilligi haqidagi prinsipi atroflicha ochib berildi. “CHet el pedagogikasining ta’lim va tarbiya sohasidagi asosiy yo‘nalishlari va tizimiga qisqacha obzor” mavzusini o‘rganish samaradorligini oshirish uchun qiyosiy-pedagogik yondashuv usuliga e’tibor ko‘chaytirildi. Ushbu masala bizning “Xalq ta’limi”(1993yil 8-9son)da e’lon qilingan “Milliy tarbiya yo‘riqnomasi: Ѓarb va SHarq tarbiyaviy tajribalari namunalarining tahlili” maqolamizda atroflicha yoritilgan.
“Didaktika”bo‘limida “O‘zbekiston maktablarida ta’limning mazmuni” maxsus mavzu qilib kiritildi. Bu orqali nafaqat tarbiya, balki ta’lim uning mazmuni ham o‘z mamlakati, Davlat manfaatlari bilan belgilanishi va ayniqsa gumanitar soha bo‘yicha o‘quv predmetlari milliy tarbiyaviy imkoniyatlari misollar yordamida namoyish qilindi.
“Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uslubiyati” bo‘limining boy milliy tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Xususan, tarbiyaviy jarayon, uning tamoyillari, o‘qituvchining tarbiyaviy ishlari tizimini o‘rganish kabi masalalarni tahlil qilishda ularning juda boy imkoniyatlariga ega ekanligi namoyon qilindi. Talabalarga tarbiya natijasiga bu jarayonning “qachon”, “qaerda”, “kimlar bilan”, “nima maqsadda” olib borilishi bevosita ta’sir qilishi va yuqoridagi savollarga javoblar asosida belgilanishi asoslandi.
“Birligi” kabilarning milliylikka nisbatan sun’iyligi ko‘rsatildi. “Tarbiyaning hayot bilan birligi” bola shaxsiga hurmat va talab birligi”, “Tarbiyaning uzviyligi, izchilligi”, va boshqalarning hozirgi zamonda, O‘zbekiston sharoitida qanday amalga oshirish yo‘llari izohlandi. “Tarbiya va o‘qituvchining pedagogik mahorati”, “Tarbiyaning umumiy uslublari va pedagogik ta’sir”, “O‘quvchilar jamoasini shakllantirish va uning o‘quvchi shaxsiga ta’siri” mavzularida milliy pedagogika uslublari, vositalari bayoniga keng o‘rin ajratildi.
O‘quvchilarda milliy dunyoqarashni shakllantirish va axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishda dunyoqarash, dunyoni idrok qilishning milliy tarzlari mavjudligi; odob mavhum shaklda mavjud bo‘la olmasligi, ya’ni u turli ijtimoiy guruh axloqi, jumladan milliy shaklda namoyon bo‘lishi; milliy axloq-odob ikki yo‘l - kundalik turmush, milliy madaniyat orqali va maktabda maxsus uyushtiriladigan milliy odob tarbiyasi orqali o‘zlashtirilishi va bunga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi omillar tizimi ochib berildi. “Mehnat tarbiyasi, kasbga yo‘naltirish” mavzusida talabalar e’tibori xalqimizda har bir insonning mohiyati uning mehnatga munosabati bilan baholanganligiga; milliy hunarmandchilikda ustoz-shogirdlik, oilaviy kasbiy sulolalar an’analariga; milliy kasb-kor, hunarlar va ularga o‘rgatishning tarixiy va zamonaviy xususiyatlariga jalb qilindi.
“Estetik tarbiya”, “Jismoniy tarbiya” mavzularini ochib berish xalq amaliy san’ati turlari; raqqoslik, qo‘shiqchilik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, zardo‘zlik, me’morchilik, she’riyat bilan chambarchas bog‘landi. Turli-tuman milliy o‘yin-musobaqalar - kurash, quloqcho‘zma, tungi va kunduzgi, fasliy o‘yinlar haqida ma’lumotlar berib, o‘zbek bolalarining jismoniy barkamol kishilar bo‘lib etishishlarida bu o‘yinlarning tutgan o‘rni ko‘rgazmali namunalar, fiziologik dalillar orqali talabalar pedagogik tafakkuriga singdirildi.
“YOshlar tashkilotlarining tarbiyaviy ishlari. O‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini boshqarish” mavzusiga alohida e’tibor berildi. CHunki nafaqat O‘zbekistonda, balki barcha sobiq ittifoqdosh respublikalarda pilner, komsomol tashkilotlari o‘rnida qolgan bo‘shliqni to‘ldirish pedagogik muammoga aylangan edi. Respublikamiz maktablarida to‘plangan ilg‘or tajriba (Jumladan, CHirchiq shahri maktablarining amalga oshirayotgan “Vatan” harakati va boshqalar) namunalaridan foydalangan holda O‘zbekiston o‘quvchilar va o‘smirlar uyushmasining maqsad va vazifalari milliy tarbiyaviy nuqtai-nazar bilan boyitildi.
“Hozirgi zamon o‘qituvchisi” mavzusini bayon qilish mustaqil O‘zbekiston davlatining o‘qituvchilariga qo‘yayotgan istiqloliy talablari, undan kutilayotgan shaxsiy va kasbiy fazilatlar tizimi bayon qilindi. Bunda mazkur ishimizning oldingi moddasidagi “andaza”ga tayanildi. “Sifdan va maktabdan tashqari ishlar”, “Maktab, oila va jamoatchilikning tarbiya sohasidagi faoliyati” mavzularini o‘rganish respublika “Mahalla” jamg‘armasining tarbiyaviy vazifalari, 2000 yilgacha mo‘ljallangan “Meros” tadbirlar Dasturiga bog‘lab amalga oshirildi. SHuningdek, ota-onaning bola tarbiyasi uchun konstitutsiyaviy javobgarliklari va buning respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan hozirgi pallada g‘oyat muhimligi alohida ta’kidlandi, ijobiy va salbiy, hayotiy misollar keltirilib, qiziqarli bo‘lishiga erishildi.
“O‘quvchilarni ekologik va iqtisodiy tarbiyalash muammolari” mavzusini o‘rganishda ushbu yo‘nalishlarni hosil qilgan sabablar, Vatan tabiatini asrash, o‘quvchilarning o‘z uylari, hovlilari, qishloq, mahallalaridagi notozalikka salbiy munosabatni shakllantirishdan boshlanishi uqtirildi. Iqtisodiy tarbiyaning milliy tarixi, an’analari mavjudligi va zamonaviy O‘zbekiston sharoitida ko‘zda tutilgan maqsadi, vazifalari, xususiyatlari asoslandi.
Xullas, kursni o‘rgatishda uni milliy istiqloliy tarbiya mazmuni bilan to‘ldirish, boyitish bir necha usullarda amalga oshirildi: 1) universitet “Pedagogika” kursi dasturiga tarbiyaning ob’ektiv milliy xususiyati; milliy tarbiya - tarbiyaning mustaqil yo‘nalishi sifatidagi mohiyati maxsus o‘rganildi; 2) ma’ruzalar mazmunini bayon qilishda milliy tarbiyaning maqsad, vazifalari kiritildi; 3) ma’ruzalar oxirida talabalarning “tarbiya jarayonida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarning milliy xususiyatlari qanday hisobga olinmoqda?”, “Ta’lim jarayonining milliy tarbiyaviy imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkin?”, “Adabiyot darslarining milliy g‘ururni shakllantirishdagi imkoniyatlari nimalardan iborat?”, “O‘quvchilarning milliy mafkuraviy ongliligi qanday ob’ektiv sharoitlar va sub’ektiv omillar ta’sirida shakllanadi?” kabi savollar atrofida mushohadalari tashkil qilindi; 4) seminar mashg‘ulotlari uchun respublika oynoma va ro‘znomalarida chop qilingan milliy maktab, milliy tarbiya masalalari haqidagi maqolalar, risolalardan foydalanish tavsiya qilindi.
Amaliy-tadqiqot guruhlarida “Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uslubiyati” bo‘limiga - “Milliy tarbiya masalalari” mustaqil mavzu sifatida kiritildi. Bu - bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samarasini oshiruvchi turtki bo‘ldi va milliy tarbiyaning mohiyatini maxsus bayon qilishga yo‘l ochdi. Mavzu tarbiyaning kishi ongiga, hohishiga bog‘liq bo‘lmagan, ob’ektiv milliy tavsifga egaligiga; milliy madaniyat - milliy tarbiyaning asosi ekanligi; AQSH etnopsixologiyasi maktablaridagi “Milliy shaxs” nazariyasi; tarbiyaning milliyligini baynalilmiy asoslashda jadidchilar, A.Avloniy, M.Mid, F.Benedikt, D.Ushinskiy, Al-Husri, Jalol Ali Ahmad va boshqalarning qarashlari; O‘zbekistonda milliy tarbiyaning zamonaviyligi, tamoyillari, tizimi; qishloq va shahar bolalarining milliy shakllanishi; milliy tarbiyaning shakl, uslublari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Pedagogika institutlari uchun “Pedagogika tarixi” kursi bo‘yicha ilk o‘quv qo‘llanmalar oliy pedagogik ta’limni ilmiy asosga qurishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol tariqasida “O‘zbekistonning ilm-ma’rifat tarixidan” o‘quv qo‘llanmasi1 keltirish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi uch qismdan iborat bo‘lib, u nafaqat xalq pedagogikasi, balki mamlakatimizning atoqli allomalarining milliy tarbiyaviy qarashlarini ham o‘z ichiga olgan. Buni yaqqolroq ko‘rsatish uchun bir necha mavzular va ularning bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatamiz:
18—jadval. O‘zbekistonning ilm-ma’rifat tarixidan” o‘quv qo‘llanmasining milliy tarbiyaviy mazmuni. Ayrim mavzular).
Mavzular
|
Milliy tarbiyaviy vazifalarning aks ettirilishi
|
Amir Temur
va temuriylar
davrida
ma’rifatparvarlik
pedagogik
taraqqiyot
|
Amir Temurning bolaligi. Sohibqiron shakllangan oila, muhit, ustozi SHayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiydan olgan ta’lim-tarbiya mazmuni. Amir Temur amal qilgan hikmatlar: “Ish va so‘z bir bo‘lsin”, “Insonparvarlik va mardlikni Olloh ham, xalq ham ulug‘laydi” va boshqalar.
Amir Temurning maktab, madrasa, madaniyat, fan va san’at uchun qilgan sa’y-harakatlari.
Amir Temurni sohibqiron darajasiga ko‘targan fazilatlari: Vatanparvarligi, jasurligi, tadbirkorligi, adolatparvarligi, qat’iyligi, ehtiyotkorligi va shijoati.
Fazilatlar sharhi.
Temur tuzuklari - podshohlarning axloq va odobi me’yorlarining bayoni.
Amir Temur yo‘l-yo‘riqlari; 1) iymonli bo‘lish, 2) har bir tabaqaga alohida xususiyatlarini inobatga olib yondoshish; 3)maslahat, kengash bilan ish yuritish; 4) qonun-qoidaning ustuvorligi; 5) odamlarga ta’lim-tarbiya berish, mardlikka yo‘llash; 6) adolat; 7) ilm ahlini rag‘batlantirish; 8) boshlagan ishni oxiriga etkazish; sinab do‘st tutish, buzuqlikka qarshi kurash; 9) kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish; 10) yaxshilikni rag‘batlantirish; 11) vatanparvar kishilarni doimo hurmat qilish.
Amir Temur ma’rifatparvarligi.
Temuriylar axloqi.
|
Bobur
Gumanist,
Ma’rifatparvar
|
Boburning bolaligi, hayoti, shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qilgan omillar. “Boburnoma”. Bobur she’riyatida Vatan yodi mavzusi. Bobur qadrlagan fazilatlar: o‘z manfaatini millat manfaatidan ustun qo‘ymaslik, halol, sofdillik, nafs ovorasi bo‘lmaslik, xalqparvarlik, to‘g‘rilik, mehribonlik, ilmparvarlik, pokizalik, vafodorlik.
“Boburnoma”da ona tabiatni e’zozlash, vatanning gullab-yashnashi uchun bog‘u-rog‘lar barpo etish, ko‘p millatli fuqaro orasida ahillik o‘rnatish.
Boburning bolalar tarbiyasi murakkabligi va bunda tarbiyachi va atrofdagi kishilarda o‘rnashib qolgan odatning ahamiyati kattaligi haqidagi fikrlari.
Boburning umumfuqaroviy vatanparvarlikka da’vati. “Boburnoma”da Vatan, millat tarixi, tabiatning bayoni.
|
Ogahiy
Ta’lim-tarbiya
haqida
|
Ogahiyning bolaligi. Xiva xonligi davrida milliy nizolar, to‘qnashuvlar: o‘zbek, turkman, qoraqalpoq xalqlarining o‘zaro gij-gijlanishi va buning halokatli oqibatlari.
Ogahiyning yaxshilik; olijanoblik, mehmondo‘stlik, poklik, to‘g‘rilik, himmat, shijoat, mardlik, g‘ayrat, saxovat, iffat, hayo, vafo, muruvvat, qanoat va yomonlik: dilozorlik, nodonlik, johillik, munofiqlik, yolg‘onchilik, xiyonat, hasad, g‘iybat, tanballik, tekinxo‘rlik, xasislik va boshqalarga ta’rif berilishi.
|
O‘zbek ma’rifatparvar
ayollari
ilm- ma’rifat
va
tarbiya
haqida
XYII-XIX
asrlar
|
Zebbuniso xislatlari: arab tilini yod bilganlik, mantiq, hikmat tarixini puxta o‘zlashtirganlik, hattotlik, olim va sozandaligi.
Zebbunisoning rostlik, haqqoniylik, yaxshilik, adolatparvarlikni targ‘ib qilishi.
Nodirabegimning iste’dodli qalam sohibasi, faylasuf, pedagog sifatidagi xislatlari. Uning yaxshilik, muruvvat timsoli sifatida fuqaroga marhamatlari, ilm toliblari uchun dilini ravshan qiluvchi salobatli madrasalar bino qildirishi. Maqbul asarlar, diniy kitoblar va aniq risolalarni ko‘plab ko‘chaytirishi. Kutubxona barpo qildirishi.
Nodiraning SHarq, o‘zbek ayolining ma’naviy sarbaland bo‘lishi, hayotini, kasbni, borliqni muhabbat bilan sevish kerakligi haqidagi fikrlari.
Anbar Otinning XX asr boshlarida Mirzo Xayrulloxon Qo‘qonda ochgan yangi usul maktabiga va ona tilini o‘rganishga da’vati.
|
Turkistonda
jadidizm
va
jadidlar
maktabi
|
Jadidchilik harakatining mohiyati. Buxoro va Xiva jadidchilarining ma’rifiy qarashlari. Ahmad Donish, Muqimiy, Furqat, Ayniy, A.Qodiriy, H,Niyoziy, A.Fitrat, M.Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, A.Avloniy, A.SHakuriy va boshqalar. Jadidchilarning ma’rifiy maslaklari: 1) savodsizlikni tugatish uchun kurash, xalq tafakkurini yuksaltirish. SHuning uchun yangi maktablar ochish va jadid adabiyotini keng ko‘lamda tarqatish; 2) madrasalarni isloh qilib, yangi uslubga o‘tish; 3) aholi orasida axloqsizlik va bid’atga chek qo‘yishga, raqobatchilik, mensimaslik, haqoratlash, ko‘pol munosabatga chek qo‘yish va h.k.
XX asr boshlarida o‘rta asr an’analariga asoslangan eski musulmon maktablarini yangi usul ehtiyojiga javob bermasligi va maktablarda diniy darslar bilan dunyoviy bilimlarning o‘qitila boshlanishi va h.k.
|
Bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlashning samaradorligini oshiruvchi vositalardan biri -pedagogika va psixologiya fanlari orasidagi o‘zaro nazariy va amaliy birlikning ta’minlanishidir. Buni quyidagi ayrim mavzular va ular orasidagi bog‘lanishlar orqali ham ko‘rish mumkin:
Psixologiya fanining “Kirish” mavzusida bu fanning ob’ekti - inson, predmeti - inson psixikasining namoyon bo‘lishi va taraqqiyoti qonunlari ekanligi; Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida o‘z ifodasini topishi. Harakatlar yig‘indisi esa xulq-atvor deyilishi va boshqalar uqtiriladi. Bu esa, pedagogikaning ob’ekti – inson, predmeti - insonni maqsadga muvofiq ravishda tarbiyalash qonuniyatlari ekanligini biluvchi talabalarga tarbiya jabhasini, xususan milliy tarbiya jarayonini pedagogik-psixologik asossiz chuqur anglab bo‘lmasligi ayon bo‘la boradi.
“Ong haqida tushuncha. Psixika va ongning rivojlanishi” mavzusi bo‘lajak o‘qituvchilarga ong va uni shakllantirish usullari, mazmuni, milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish, mafkuraviy ongni tarbiyalash uslublarining psixologik asoslari bilan qurollantiradi. Demak, ushbu psixologik mavzuni o‘zlashtirmasdan turib, milliy g‘ururni, o‘zlikni, milliy ongni tarbiyalashga kirishish mumkin emas. Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrda tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda o‘quvchining nafaqat aqli, tafakkuri, balki hissiy dunyosiga ham katta o‘rin ajratilishi kerak. Bu sobiq sovet pedagogikasida 60-yillarda yo‘l qo‘yilgan va davom etib kelgan xatolardan biri - tafakkurning texnokratlashuvini to‘xtatadi.
Respublikamizda davlat boshchiligida amalga oshirilayotgan ma’naviy yangilanish dasturining ilmiy ta’minotiga xizmat qiladi. Umumiy psixologiyaning “Hissiyot” mavzusi orqali ma’naviy hissiyotlar, axloqiy me’yorlardan “yaxshi va yomon”, “adolatli-adolatsiz”lik; ma’naviy burch; uyalish va vijdon; vatanparvarlik; hislarini tarbiyalashda unumli foydalanish mumkin. CHunki, ma’naviyatning mazmuni; axloqiy me’yorlarning shakllanish qonuniyatlari; ma’naviy bilimlarni shaxs burchi, odatiga aylantirish uslublari, vositalari, shakllari; o‘quvchilarni do‘stlik haqidagi bilim, tasavvurlar bilan qurollantirish; milliy g‘ururni shakllantirish; O‘zbekiston vatanparvarligini tarbiyalash; vijdon tarbiyasi; ta’limning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga yo‘naltirishni taqozo qiladi.
“Ko‘nikma va malaka, odatlar”ning tuzilishlari, mexanizmlarini psixologik o‘rganish o‘quvchilarda psixologik qonuniyatlardan kelib chiqib milliy odob, vijdoniylik. O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik haqidagi bilimlar asosida ko‘nikma, malaka va odatlarni tarbiyalash uchun psixologik asosdir. Ko‘nikmalar - maqsadga erishishda yordam beruvchi aqliy hamda jismoniy harakatlar, usullar va yo‘l-yo‘riqlardir. Malakalar - biror ish, harakatning mustahkamlashgan va avtomatlashgan yo‘l va usullari, odatda murakkab ongli faoliyatni boshqarishda qo‘llaniladi. Ko‘nikmalar amaliy faoliyatga - bilimlarni amalda qo‘llay bilishga oiddir. Bilimlarga asoslanmagan hech qanday ko‘nikma bo‘lishi mumkin emas1. Ana shundan kelib chiqqan holda “milliy (ijtimoiy) tarbiya-bolalarning ota-ona, buva-buvi, aka, opalariga taqlidi natijasida olinadi”, degan pedagogik xulosaga kelish mumkinligini bayon qildi. Lekin, bunday holda ham ko‘nikmalar har holda berilgan nusxani mustaqil kuzatish yo‘li bilan olingan bilimga asoslanadi. Ammo bunday bilimlarning aniq bo‘lmasligi tufayli ko‘r-ko‘rona taqlid qilish yo‘li bilan orttirilgan ko‘nikmalar etarli darajada uqib olinmagan va takomillashmagan bo‘ladi1. SHuning uchun har bir ijobiy ko‘nikma, malaka nafaqat taqlid, balki maxsus pedagogik uslublar orqali singdirilib, mustahkamlanishi kerakligi asoslandi.
O‘quvchilarni milliy-madaniy urf-odatlar ruhida tarbiyalash kerakligi haqida ko‘p gapirilsa ham, odatning psixologik tabiatining o‘qituvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilmasa, unga o‘z faoliyatida amal qilinmasa milliy tarbiyaning samarasi qoniqarilmaydi. SHuning uchun ham o‘qituvchilar quyidagi psixologik qoidalarga amal qilishi lozim; o‘quvchida faoliyat turlari-o‘quv, mehnat, muloqot badiiy, sport, ko‘pchilik orasida o‘zini tutish, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik va boshqalar uchun malakalar tizimi shakllantirilishi kerak. Malakalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi u yoki bu faoliyatni (milliy odob me’yorlarini, millatlararo muloqot madaniyatini va h.k.) shunchalik yaxshiroq bajaradi; -qaysi malaka faoliyatda qancha ko‘p mashq qildirilsa va turmushda qancha ko‘p takrorlansa, u shunchalik mustahkam va avtomatlashgan bo‘la boradi. Agar hosil qilingan malakalar uzoq vaqt davomida qo‘llanilmasa, ular so‘na boshlaydi;- bolalikda shakllantirilgan milliy tarbiyaviy fazilatlarga oid malakalar puxta esda saqlanadi va eng barqaror malakalar bo‘lib qoladi; -malakaning shakllanish tezligi, samarasi dastavval uning murakkablik darajasiga bog‘liq bo‘ladi; -malakalarni shakllantirishda samarali natijalarga erishishning eng muhim sharti - o‘quvchining xosil qilinayotgan malakalarni o‘z ichiga olgan faoliyatga nisbatan qay darajada ongli munosabatda bo‘lishidir; -malakalar paydo qilish muddati o‘quvchining individual(shaxsiy) xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi; -malakalar hosil qilish tezligi va ularning mustahkamligi o‘qitish va tarbiya uslublariga bog‘liqdir.
“Temperament va xarakter” mavzusini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan muhim ijtimoiy-psixologik bilimlar bilan boyitadi. Xarakterning psixologik ta’rifi(shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, olamga, odamlarga, mehnatga, buyumlarga, o‘z-o‘ziga munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlar)ning o‘ziyoq xarakterning tug‘ma emasligini, uni maqsadga muvofiq shakllantirish mumkinligini. Demak, bu jarayonni boshqarish mumkin va kerakligini ko‘rsatib turadi. Talabalarga xarakterning ayrim ma’naviy xislatlari - milliy g‘urur, milliy odob, millatlararo muloqot, madaniyati, vijdoniylik. O‘zbekiston vatanparvarligini xarakterning ma’naviy xislatlari tarkibiga kiritish mumkinligi. Etnopsixologik ma’lumotlar esa bu ishda juda asqotish uqtirildi. Biroq milliy tarbiya jarayoni tashkilotchilari uchun tarixiy, psixologik ma’lumotlarni oshirishning o‘zi kamlik qiladi. CHunki, bu ma’lumotlar tarixiy, milliy tarbiyamizdan qanday mazmun, vosita, uslublarni qo‘llash kerak? Hozirgi-XXI asr bo‘sag‘asida yashayotgan zamonaviy O‘zbekiston o‘quvchilarini milliy tarbiyaviy ob’ekt sifatida qanday talqin qilmoq kerak? kabi savollarga aniq javob bera olmaydi. Bu esa milliy tarbiya uslubiyatini ishlab chiqish va talabalarda ularni qo‘llashning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni talab etadi. YUqoridagi ehtiyojlarni qondirish talabalarda milliy tarbiyaviy uslubiy mahoratni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga “Pedagogik vazifalar” turkumi kiritildi. Ushbu turkum milliy tarbiyani tashkil qilishda uchrayotgan va uchrashi mumkin bo‘lgan pedagogik vaziyatlardan iborat bo‘lib, ularni echish talabalarga vazifa qilib berildi. Talabalarning “tarbiyaviy vazifani”ni qanday hal qilishlari, pedagogik topshiriqlari, tadbirkorliklari baholab borildi.
Pedagogika institutlari va universitetlari talabalarning kelajakda qanday o‘qituvchi bo‘lib chiqishlari uchun bor javobgarlik pedagogika kafedralari zimmasiga yuklangan. Demak, O‘zbekistonda yoshlarning, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajalari - o‘qituvchi, sinf rahbariga va ularni shu faoliyatga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan pedagogika kafedralariga bog‘liq. SHu boisdan ham bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash borasida qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solindi. CHunonchi, kafedrada metodologik seminar tashkil etilib, unda milliy tarbiyaning dolzarb nazariy, uslubiy masalalari muhokama qilindi; pedagogika kursini o‘rganish milliy tarbiya g‘oyasi bilan uzviy ravishda bog‘liq holda amalga oshirildi. Dastlab gumanitar qulliyotlarning 171 talabasiga “O‘quvchilarni milliy tarbiyalash” mavzusida referat ishlari tarqatildi. Referat ishlari pedagogikadan test-imtihondan oldin yig‘ib olindi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, talabalarning 41 foizi milliy tarbiya asoslarini to‘g‘ri tushunganliklarini hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, pedagogik merosini tiklash va foydalanishning lozimligini bildiradilar. Referat ishida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham manba tanlashda to‘g‘ri yo‘l tutilganligini ko‘rsatadi. Ammo, bo‘lajak o‘qituvchilarning atigi 17 foizigina milliy tarbiyaning qonuniyatlari, nazariy masalalari, maktabda milliy tarbiyani joriy qilishning samarasini, mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisining bu jarayondagi rolini, maktab jamoasining bu ishdagi pedagogik yakdilligiga erishish zarurligiga ishora qilishdi. Talabalarning 80 foizdan ortiqrog‘i umumiy fikrlar va o‘zlari pedagogik amaliyot o‘tkazgan maktablarida tarbiyaviy soat, uchrashuvlar o‘tkazganliklarini qayd qilish bilan cheklanishdi. Ularning ishlarida o‘zlari o‘tkazgan milliy tarbiyaviy tadbirlarning zururiyati asoslanmagan, ularni o‘tkazishdagi yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilmagan edi. Qolaversa, dars jarayonida o‘qituvchilar milliy tarbiya vazifalarini qanday amalga oshirilayotganliklari masalasi yoritilmagan edi. Sinf rahbarlarining bu sohadagi faoliyati faqat ayrim tadbirlar o‘tkazish bilan chegaralanib qolinayotganligi yoritilgan edi.
Pedagogika kursini keyingi bosqichda o‘qitishda milliy tarbiyaning nazariy va uslubiy asoslarini talabalarga turkumli o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, birinchi bosqichda ushbu kursning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida milliy tarbiya g‘oyasining umumiy tavsifi berildi. YA’ni, milliy tarbiyaning maqsad va vazifalari, pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi; Mustaqil O‘zbekiston o‘qituvchisining shaxsiy va kasbiy sifatlari tizimi; SHarq pedagogik tafakkurida, tasavvufda “Komil inson siymosi va uning dialektikasi; O‘zbekistonda sovet davrida amalga oshirilgan kommunistik tarbiyaning pedagogik asoratlari; O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini pedagogik talqini; chet el pedagogik g‘oyalari, tajribalari namunalari tahlil qilindi.
Ikkinchi bosqichda milliy tarbiyaning amalga oshirishning amaliy, uslubiy jihatlari bayon qilindi. Xususan, “Pedagogika” kursining “Didaktika” qismida o‘qitish va tarbiyalashning birligi, milliy tarbiyaning muhim tamoyili ekanligi; O‘zbekiston maktablarida ta’lim mazmuni; “Ta’lim haqida” Qonun; O‘zbekiston maktablari uchun darsliklarni milliylashtirish davlat siyosatiga aylanganligini misollar1 yordamida ko‘rsatila bordi.
“Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uslubiyati” bo‘limi tarbiya jarayoni tamoyillari, tarbiyaviy ishlar kabi qator nazariy va uslubiy masalalarni ob’ektiv va mafkuraviy voqelik -milliylik orqali o‘rganildi. Ayniqsa, sobiq sovet pedagogika o‘quv dasturida kommunistik maqsad, mazmun, g‘oya olib tashlangandan keyin hosil bo‘lgan g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bartaraf qilinishi lozim edi. Bu talablarga ko‘rgazmali asosda namoyish qilindi va ularda yangi-milliy istiqloliy pedagogik tafakkurning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
“Pedagogika” kursi bo‘yicha III bosqichda o‘qilgan ma’ruzalar, seminarlarda bayon qilingan fikrlar “Milliy tarbiya”ga doir maxsus mavzu orqali mustahkamlandi. Bunga universitetlar, pedagogika institutlariga berilgan ilmiy-pedagogik mustaqillikdan foydalanish hisobiga erishildi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogikaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy jamoalar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishlari, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, o‘qituvchilik kasbiga ijodiy yondashuvni shakllantirish maqsadida maxsus kurslardan unumli foydalanildi. Ana shuni e’tiborga olgan holda “Bo‘lajak o‘qituvchilar milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash” tizimining markaziy unsuri sifatida “Milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti” mavzusida maxsus kurs dasturi va referatlar mavzulari majmui ishlab chiqildi.
Maxsus kurs 16 soat ma’ruza va 4 soat seminar soatlardan iborat bo‘lib, IV kurslarda o‘qildi. Nazorat guruhlari va tajriba-tadqiqot guruhlari o‘tkazilgan anketa so‘rovlari javoblarida uning samaradorligi namoyon bo‘ldi (21-jadval).
21-jadval. “Milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” maxsus kursining mavzulari uni o‘zlashtirish samaradorligining ko‘rsatkichlari; a-nazorat guruhlari; b -tajriba-tadqiqot guruhlarida (%hisobida).
Mavzular
|
YUqori daraja
|
YAxshi daraja
|
O‘rta daraja
|
Past daraja
|
A
|
b
|
a
|
b
|
a
|
b
|
A
|
b
|
1. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan kelib chiquvchi pedagogik vazifalarning milliy tarbiyaviy mohiyati
|
4
|
27
|
11
|
34
|
17
|
29
|
68
|
10
|
2. Milliy tarbiyaning maqsad, vazifa va tamoyillari
|
2
|
16
|
5
|
27
|
14
|
36
|
79
|
21
|
3. O‘zbekistonda milliy tarbiya g‘oyasining rivojlanishi
|
6
|
17
|
16
|
26
|
21
|
40
|
58
|
17
|
4. Jahon tarbiyaviy tajriba namunalarida milliylikka bo‘lgan munosabat va buning natijalari
|
-
|
19
|
1
|
29
|
3
|
34
|
96
|
18
|
5. Oilaning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini takomillashtirish
|
2
|
21
|
5
|
24
|
12
|
30
|
81
|
25
|
6. Umumta’lim maktabining milliy tarbiyaviy imkoniyatlari va ularni takomillashtirish
|
8
|
22
|
12
|
33
|
19
|
32
|
61
|
13
|
7. Qishloq, mahalla, turar joylarda milliy tarbiyaviy an’analar, marosimlar tavsifi va ularning imkoniyatlarini muvofiqlashtirish
|
10
|
26
|
14
|
20
|
16
|
30
|
60
|
24
|
8. Maktabda milliy tarbiyaviy samaradorligini o‘rganish
|
2
|
15
|
5
|
27
|
11
|
31
|
82
|
27
|
Bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy-pedagogik tayyorgarliklari ularning kelajakda maktabdagi milliy tarbiyaviy faoliyatlari uchun katta ahmiyatga ega. Bu esa pedagogika institutlari va universitetlarida tarbiyaviy ishlar tizimini o‘rganish, uni takomillashtirish milliy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni taqozo qildi.
Mustaqillik sharofati bilan maktablarda bo‘lgani kabi oliygohlar tarbiyaviy ishlari tizimida ham milliylik sari burilish boshlandi. Talabalarda milliy mafkuraviy dunyoqarash, vijdoniylik, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati va O‘zbekiston vatanparvarligi kabi milliy tarbiyaning markaziy sifatlarining shakllanishiga O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning risolalari va nutqlarini muhokama qilish; “Murabbiy soati” orqali; guruh murabbiylari tarbiyaviy ishlarini takomillashtirish; Navro‘z, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Bahor” – talabalar badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘rik-tanlov faoliyatida milliy zamonaviylikni rag‘batlantirish orqali ta’sir ko‘rsatildi. Bu borada bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy tayyorlash (M.Ochilov) uslub, shakllaridan unumli foydalanildi.
Pedagogika kafedralari o‘zlarining an’analarini milliy istiqloliy ruh, mohiyat bilan boyitishga kirishdilar. YOtoqxonalarda turli mavzularda va shakllardagi tarbiyaviy ishlar tizimi belgilandi. Bu ishda tajribali dotsentlar, murabbiylarning faol qatnashuvlari tadbirlarning tarbiyaviy qimmatini oshirdi.
Mamlakatimizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazlarining tashkil qilinishi - milliy tarbiyani yangi – istiqloliy omilini hosil qildik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1995 yil 14 fevral, 36-son buyrug‘i asosida oliy o‘quv yurtlarida “Ma’naviyat va ma’rifat” Markazlari nizomi, tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Markazlarning milliy tarbiya omili sifatidagi imkoniyatlari ishga tushirila boshlandi.
Universitetlar, pedagogika institutlari tarbiyaviy ishlar keyinchalik “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘yicha prorektorlarining, dekan muovinlarining, murabbiylarining ish rejalarini qo‘shimcha - milliy tarbiyaviy mazmundagi tadbirlar bilan boyitilishi; bo‘lajak o‘qituvchilar – universitet talabalarida O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy g‘urur, millatlaraor muloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik fazilatlarini maxsus shakllantirish; talabalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tizimga aylantirish, nazorat va rag‘bat choralarini ishlab chiqish; universitet pedagogika ta’limining milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini kuchaytirish; ijtimoiy fanlar orasida o‘zaro bog‘lanishga erishishining uslub, yo‘llarini takomillashtirish; sotsiaologik so‘rovlar o‘tkazish; talabalarning bo‘sh vaqtini o‘rganish; ota-onalar bilan hamkorlikning yangi shakllarini yaratish borasida amaliy tavsiyalar bilan qatnashildi.
Xullas, shakllantiruvchi amaliy tadqiqot davrida yuqorida bayon qilingan turfa choralar natijasi o‘laroq ijobiy natijalarga erishildi. Buni tadqiqotning suhbat, so‘rov, kuzatish, pedagogik vazifalar, amaliy malakalarni kuzatish va boshqa usullaridan foydalangan holda qayd qilindi. Talabalarning milliy tarbiyaviy faoliyat uchun talab qilinuvchi bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash IV bob 1 moddada tavsiflangan andoza-model asosida amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: |