Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar oʻrtasida vujudga keluvchi obektiv majburiy toʼlovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega boʼlib, milliy daromadning bir qismi boʼlgan pul mablagʻlarini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning oʻz funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida oʻzi bajaradigan funktsiyalarga ega boʻlib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi.
Funktsiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda koʻp qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari toʻgʻrisida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari oʻrtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga koʻra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki fiskal funktsiyasiz nazorat funktsiyasining mavjud boʻlishi mumkin emas.

Fikrimcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib korsatish maqsadga muvofiqdir: