M U N D A R I J A
№
|
BMI bosqichlarining nomi
|
Bosqichni bajarish muddati
|
Eslatma
|
|
Chizma materiallar ro'yxati
|
|
|
|
Kirish qismi
|
|
|
1.
|
BMI mavzusini asoslash
|
|
|
2.
|
Texnologik hisob uchun dastlabki ma’lumotlarni qabul qilish
|
|
|
3.
|
Avtomobillar texnik servisi va ta’mirlash bo'yicha ishlab chiqarish dasturini hisoblash
|
|
|
4.
|
Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan rejaviy yechimlar
|
|
|
5
|
Ustaxonada avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologik jarayonini tashkil qilish
|
|
|
6
|
Bitiruv malakaviy ishida mehnat va atrof muhit muxofazasi
|
|
|
7
|
Bitiruv malakaviy ishining iqtisodiy samaradorligini aniqlash
|
|
|
8
|
Xulosa va takliflar
|
|
|
9
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
|
|
|
10
|
BMI ni dastlabki himoyasi
|
|
|
11
|
BMI ni asosiy himoyasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bitiruvchi___________________________ __________
(imzo)
Bitiruv malakaviy ishi rahbari______________________ __________
(imzo)
CHizmalar ro`yxati
-Bosh reja (SM-servis markaz) - 1 varaq
-ishlab chiqarish binosi rejasi - 1 varaq
-shinomontaj ustaxonasi rejasi - 1 varaq
-texnologik xarita - 1 varaq
-iqtisodiy samaradorlik - 1 varaq
KIRISH
Iqtisodiyotning barcha sohalari rivojlanishi hamda aholining turmush darajasi o‘sishi transport sohasi rivojini talab etadi. Respublikamizda moddiy-tovar resurslarining almashinuvi va aholi harakatchanligi ko‘rsatkichlarining jadal o‘sib borishi transport xizmatlariga bo‘lgan talabni kun sayin ortishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, yangi qurilayotgan har bir ob’ekt, yangi turar joy mavzelari, ishlab chiqarish korxonalari, savdo, maishiy xizmat va ijtimoiy ob’ektlar transport tizimiga qo‘shimcha yuklamalarni hosil qiladi.
Natijada, yaxshi tashkil etilmagan transport xizmatlari sababli katta oqimlarga texnik parametrlari bo‘yicha javob bera olmaydigan yo‘l infratuzilma ob’ektlarida tirbandliklar, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqtini ortib borishi, ortiqcha yoqilg‘i sarfi va ekologiyaga zararni ortishi (tirbandliklarda turgan transportlar xisobiga) hamda yo‘l transport hodisalari sonini ko‘payishi kuzatilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda 3 mln. ga yaqin avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, u yiliga o‘rtacha 6–7 foizga ortib bormoqda. Bu esa, jamoat transportida xizmatlar sifatini oshirish, katta shaharlarda transport muammolarini yechish, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda xorijiy tajriba asosida tubdan qayta ko‘rib chiqish va kengaytirish, yo‘nalishsiz taksi faoliyatini boshqarish, velotransport tizimi infratuzilmasini qurish kabi tadbirlar ahamiyatini oshirmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 30 noyabr kuni “Toshkent shahri va hududlarda jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimli dolzarb bo‘lgan bir qator masalalar belgilab olindi. Jumladan, transport xizmatlariga bo‘lgan joriy va yaqin 10 yillik ehtiyojlarni hisobga olgan holda, transport tizimini strategik rivojlantirish bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, yirik va o‘rta shaharlarning transport bosh rejalarini ishlab chiqishdir. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 93-bandida «.... yirik chorrahalar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, avtobuslar intervallarini qisqartirish....» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur vazifani amalga oshirish, jumladan, transport oqimini tadqiq etish, modellashtirish dasturlariga kompleks yondashuv asosida jamoat transporti tizimi va transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shular qatorida «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 600 ming tonnaga oshirish», «Xorazm viloyatida «Damas» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish», «Jizzax viloyatida 760 ming tonna portlandsement yoki 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish», «O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi tarmog‘ini qurishni nihoyasiga yetkazish», «Sho‘rtan va Alan konlarini obodonlashtirish va kompressor stansiyasini barpo etish» bo‘yicha va boshqa muhim loyihalarni nihoyasiga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |