modellardan
foydalaniladi.
1) Buxgalteriya balansi moddalarini fiksatsiyalash metodi –
bashoratlash davrida balansning shunday moddalariga nisbatan
qo‘llaniladiki, ular ma’lum davriylikda o‘zgarishsiz qoladi. Masalan
Ustav kapitali, Qo‘shilgan kapital, Uzoq muddatli moliyaviy
qo‘yilmalar, Uzoq muddatli majburiyatlar va h.k.
2) Buxgalteriya balansi moddalari orasidagi mutanosiblik metodi.
Misol uchun, boshqaruv va tijorat xarajatlarini, to‘lovga qabul
qilingan majburiyatlar va h.k.larning sotish hajmiga bog‘liqligi. Ayrim
ko‘rsatkichlar mahsulotlarni sotish hajmiga emas, balki ishlab
chiqarilgan, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, kreditorlik
majburiyatlarining ortishi, majburiyatlar bo‘yicha zaxiralarning tashkil
etilishi kabi.
120
3) Regressiv tahlil metodi. Ko‘rsatkichlar orasidagi barqaror
munosabatlar mavjudligi sharoitida statistik mutanosiblikka asoslangan
usul hisoblanadi.
4) Ekspert baholash metodi. Murakkab vazifalarni hal etishda
foydalaniladigan usul.
5) Doimiy o‘sish metodi. Alohida koeffitsiyentlarning doimiy o‘sish
sur’atlarini belgilash usuli. Masalan uzoq muddatli qarzlar, ma’muriy va
savdo xarajatlari, belgilangan xarajatlarning boshqa turlarining o‘sishi.
Ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari o‘rtacha qiymatlarni emas, balki
murakkab o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari darajasida qo‘llanishi kerak.
6) Elementar rejalashtirish metodi. Har bir obyekt uchun
rejalashtirilgan sxema, rejalar mavjudligi, moliyaviy hisobot maqomini
tashkil etuvchi shu kabi obyektlar guruhi nazarda tutiladi.
Ushbu metoddan amortizatsiya xarajatlarini bashoratlashda, uzoq
muddatli qarzlarni qoplashda foydalanish mumkin.
Moliyaviy tahlilning modelli tarkibi quyidagi bo‘limlardan tashkil
topadi.
- dastlabki ma’lumotlar bazasi;
- hisob-kitoblar;
- oraliq jadvallar;
- natijalar;
- grafiklar.
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda har qadamda xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbariyatining xatti-harakatlarini tanlash zaruriyati
bilan yuzma-yuz kelishi mumkin va bu tabiiy hol hisoblanadi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt muayyan choralarni ko‘rishni
xohlamasa, o‘z-o‘zidan holat yanada yomonlashib boraverishi mumkin.
Asosiy jihatlar taqsimlanmagan foydani qayerga yo‘naltirish
lozimligiga, uzoq muddatli aktivlarning qaysi turlarini olib kelish
lozimligiga, moliyaviy qo‘yilmalarni qayerlarga joylashtirishga, xususiy
kapitalni o‘stirishga qaratilmog‘i lozim.
Bashoratlashdagi eng muhim masalalardan biri bu inflyatsiya
darajasi bo‘yicha aniq ma’lumotlarga tayanilishi bilan izohlanadi.
|