XVI BOB. TIJORAT ВANKLAR1NING OPERATSIYALARI Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglami jalb qilish va ushbu mablaglami tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklaming vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini jalb qilish bilan bogliq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklaming passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi. Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslami shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablaglar va o‘z mablaglaridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablaglar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85-90 foizdan iborat boladi. Majburiyatlami muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: barqaror va beqaror mablaglarga, ular uchun tolanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: arzon va qimmat mablaglarga ajratish mumkin. Jalb qilingan mablaglaming manbasi: Depozitlar:
chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
muddatli depozitlar;
jamg‘arma depozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablaglar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklaming moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va tolovga layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Talddlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli mablaglaming ulushi о‘sib borish tendentsiyasiga ega bo lib, ushbu ko'rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7-8 foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2018 yil 1 yanvar holatiga 30-35 foizni tashkil etgan. Depozitsiz таЫадЧаг:
banklararo kredit resurslari;
hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablaglar;
Banklaming depozit bolmagan mablaglari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bolib, odatda ushbu kreditlami berish va olish jarayoni о‘zinin g tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo^icha asosiy operatsiyalar banklaming vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablaglar vakillik hisobvaraqlari orqali otkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablaglar hisoblanadi. Xalqaro bank amaliyotida banklaming depozit bolmagan resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog'ozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslami shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma sertiflkatlami muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlari muhim o‘rin tutadi. Banklaming qimmatli qog‘ozlami muomalaga chiqarish orqali resurslami shakllantirish bilan bogliq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog‘ozlami muomalaga chiqarish bo^icha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bolgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog'ozlari, depozit va jamg'arma sertifikaHari bilan bogliq operatsiyalari kiradi.